Magrupov Abdulla Maxmudovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’lim tizimida strategik va funksional menejmentni integratsiyalash mexanizmlarini takomillashtirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Ped8 .
Ilmiy maslahatchi: Inoyatov Ulug‘bek Ilyasovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Qurbanov Shavkat Ergashevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Yuldashev Maqsud Abdullaevich, pedagogika fanlari doktori; Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markaziy instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim tizimida strategik va funksional menejmentni integratsiyalash mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rahbarlar kasbiy faoliyatining statistik natijalarini faktorli tahlil yo‘li bilan boshqaruv kompetensiyasining samarali rivojlanishiga ko‘maklashadigan motivatsiyali, hissiy, kommunikativ va innovatsion komponentlar asosida strategik va funksional menejmentning integratsiyalash mexanizmlari takomillashtirilgan;
ta’lim muassasasini boshqarishda parametrlar va indikatorlarni o‘zaro nisbatlash yo‘li orqali funksional menejment bilan integratsiyalangan strategik boshqaruv modeli taomillashtirilgan;
oliy ta’limni boshqarish strategik jihatining asosiy xarakteristikalari asosida innovatsion menejment tuzilmasi va mazmuni takomillashtirilgan;
ta’lim muassasasi holatini monitoring qilish va uning ko‘rsatkichlarini tizimli boshqarish asosida innovatsion menejmentning peremetrlari va indikatorlari aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim tizimiga strategik va funksional menejmentni integratsiyalash mexanizmlarini bosqichma-bosqich realizatsiyalash asosida ta’lim muassasasini innovatsion boshqarishni joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Oliy ta’lim tizimida strategik va funksional menejmentni integratsiyalash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida:
rahbarlar kasbiy faoliyatining statistik natijalarini faktorli tahlil va rahbarlar kasbiy faoliyatining statistik natijalari yo‘li bilan boshqaruv kompetensiyasining samarali rivojlanishiga ko‘maklashadigan motivatsiyali, hissiy, kommunikativ va innovatsion komponentlar asosida strategik va funksional menejmentning integratsiyalash mexazimlarini takomillashtiriga oid takliflardan O‘zbekision Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 20 iyuldagi 89-03-1397-son ma’lumotnomasi);
ta’lim muassasasini boshqarishda parametrlar va indikatorlarni o‘zaro nisbatlash yo‘li bilan funksional menejment bilan integratsiyalangan strategik boshqaruvning takomillashtirilgan modelidan ITD-1-164-raqamli “Kadrlar tayyorlash sifati va ularning ishga joylashtirilishini ta’minlash bo‘yicha sohalararo amaliy integratsiya mazmunini ishlab chiqish va joriy qilish” amaliy loyihasi doirasida innovatsion menejment mazmuni va tuzilmasini takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 20 iyuldagi 89-03-1397-son ma’lumotnomasi);
oliy ta’limni boshqarish strategik aspektining asosiy xarakteristikalari asosida takomillashtirilgan innovatsion menejment tuzilmasida foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2013 yil 5 noyabrdagi 356-son “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘qitish sifati monitoringini tashkil qilish to‘g‘risida”gi buyrug‘i, Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 24 iyuldagi 01-02/1-3-297-son ma’lumotnomasi);
ta’lim muassasasining holatini monitoring qilish va uning ko‘rsatkichlarini tizimli boshqarish asosida innovatsion menejment peremetrlari va indikatorlari Xalq ta’limi vazirligining 2013 yil 5 noyabrdagi 356-son “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘qitish sifati monitoringini tashkil qilish to‘g‘risida”gi buyrug‘i bilan tasdiqlangan ta’limni boshqarish sifatining o‘lchagichlari tarzida qo‘llangan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 24 iyuldagi 01-02/1-3-297-son ma’lumotnomasi).