Ergashov Ilhomjon Ikromovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini investisiyalashning iqtisodiy samaradorligi», 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1625.
Ilmiy rahbar: Umarov Ilhomjon Yuldashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qo‘qon universiteti, PhD.03/27.02.2020.I.106.03.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Baxriddin Juraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yuldashev Doniyor Tairovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini investisiyalashning iqtisodiy samaradorligiga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
investision faoliyatni rivojlantirish orqali kichik tadbirkorlik faoliyatining rentabellik va davriy risk darajalarini ifodalovchi indikatorlarni potensial investorlarga taqdim etib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish asosida investisiya mablag‘laridan foydalanish samaradorligi oshirish taklifi asoslangan;
Respublika hududlapi kecimida kichik biznec sub’ektlari investision calohiyatidan foydalanish peytingining turli darajasi (Rhs =1,20; Rmhs =1,14-1,20; Rmls =1,07-1,13; Rls =1,00-1,06)da jalb etilgan investisiyalar samaradorligining oshirishning tegishli imkoniyat chegaralari (LPIE) aniqlangan;
kichik biznes sub’ektlarining investisiya imkoniyatlarini baholash, ulardan foydalanish va qo‘llab-quvvatlashni samarali yo‘llarini asoslash, monitoring qilish orqali masofaviy (on-line) tarzda hududiy hamda amaliy ko‘maklashish xizmatlar paketini yo‘lga qo‘yish taklifi asoslangan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga kiritilayotgan investisiyalar samaradorligini oshirishning ko‘p variantlilik asosida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini investisiyalashning iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Investision faoliyatni rivojlantirish orqali kichik tadbirkorlik faoliyatining rentabellik va davriy risk darajalarini ifodalovchi indikatorlarni potensial investorlarga taqdim etib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish asosida investisiya mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish takliflaridan “O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish” vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 aprelda “Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4300-son Qarori ijrosii tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi 2022 yil 14 yanvardagi 32-32/177-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatda kichik korxonalar faoliyatini rivojlantirish maqsadida barcha manbalar hisobidan ularning asosiy kapitalga yo‘naltirilayotgan investisiyalar hajmi qariyb 10 foizga ortishi aniqlangan;
Respublika hududlapi kecimida kichik biznec sub’ektlari investision calohiyatidan foydalanish peytingining turli darajasi (Rhs =1,20; Rmhs =1,14-1,20; Rmls =1,07-1,13; Rls =1,00-1,06)da jalb etilgan investisiyalar samaradorligining oshirishning tegishli imkoniyat chegaralari (LPIE) aniqlangan mezonlaridan O‘zbekiston Respublikasi innovatsiya vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi 2022 yil 14 yanvardagi 32-32/177-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining raqobatbardoshligini yanada oshirishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi;
kichik biznes sub’ektlarining investisiya imkoniyatlarini baholash, ulardan foydalanish va qo‘llab-quvvatlashni samarali yo‘llarini asoslash, monitoring qilish orqali masofaviy (on-line) tarzda hududiy hamda amaliy ko‘maklashish xizmatlar paketini yo‘lga qo‘yish taklifi O‘zbekiston Respublikasi innovatsiya vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi 2022 yil 14 yanvardagi 32-32/177-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimizda 2026 yilga borib kichik biznes va xususiy tadbirkorlar uchun ajratiladigan kreditlar xajmini moliyaviy rag‘batlantirishda subsidiya fondlarini shakllantirish orqali 15-20 foizga oshirish imkoniyati aniqlangan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga kiritilayotgan investisiyalar samaradorligini oshirishni ko‘p variantlilik asosida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi innovatsiya vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi 2022 yil 14 yanvardagi 32-32/177-son ma’lumotnomasi). Natijada 2026 yilda milliy iqtisodiyot tarmoqlarida xo‘jalik faoliyati yurituvchi kichik korxonalar soni 2022 yilga nisbatan 1,4 marta, shu jumladan kichik korxonalarning asosiy kapitaliga jalb qilingan investisiyalarni oshirish hisobiga 2,2 marta ortishi prognoz qilingan.