Hakimova Nodira Xayrilloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zarafshon daryosi quyi va o‘rta oqimi tuproqlarining agrofizikaviy xossalari va biologik faolligi», 03.00.13 – Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/B223.
Ilmiy rahbar: Qurvantaev Raxmontoy, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, RhD.03/30.12.2019.V.05.03.
Rasmiy opponentlar: Parpiev G‘ofurjon Toxirovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Qodirova Dilrabo Abdukarimovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zarafshon daryosi quyi va o‘rta oqimida tarqalgan sug‘oriladigan tuproqlar qoplamining hozirgi holati, agrofizik xossalarini antropogen omillar ta’sirida o‘zgarishini baholash, mikrobiologik faolligini tavsiflash hamda fizikaviy, kimyoviy xossalarini yaxshilashga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zarafshon daryosi quyi va o‘rta oqimida tarqalgan sug‘oriladigan tuproqlar agrofizikaviy xossalari va biologik faolligining antropogen omil ta’sirida o‘zgarishi aniqlangan;
sug‘oriladigan turli tip tuproqlarning hozirgi umumiy fizik, suv-fizik, fizik-mexanik va kimyoviy xossalari hamda sodir bo‘layotgan evolyusion jarayonlar o‘zgarishi mexanizmi ilmiy asoslangan;
dehqonchilik ta’sirida Zarafshon daryosi quyi va o‘rta oqimi sug‘oriladigan tuproqlarning kimyoviy, fizikaviy xossalari, meliorativ holati va mikrobiologik faolligi o‘zgarishi aniqlanib, unumdorlik darajasi baholangan;
Zarafshon daryosi quyi va o‘rta oqimida tarqalgan sug‘oriladigan tuproqlari agrofizikaviy, kimyoviy va boshqa xossalarini hisobga olgan holda unumdorligi sifat jihatdan tabiiy baholangan, unumdorlik darajasi va iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zarafshon daryosi quyi va o‘rta oqimi tuproqlarining agrofizikaviy xossalari va biologik faolligini sug‘orish ta’sirida o‘zgarishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Buxoro va Navoiy viloyatlari sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi erlaridan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish, tuproq unumdorligini saqlash, qayta tiklash va oshirish hamda qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish uchun majmuaviy agrotexnik, agrokimyoviy, agromeliorativ tadbirlar amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 14 oktyabrdagi 06/022-4195-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi, tuproq unumdorligini oshirish va baholash imkonini bergan;
Buxoro viloyatining “Azim Shofirkon yulduzi”, “Mirzo Jamshid”, “Baxtishod Amon Zamini” va Navoiy viloyatining “Yangi asr”, “Karimov Roziq” fermer xo‘jaliklarida tarqalgan tuproqlar uchun ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida 267,3 gektar maydonning 1:10000 masshtabli xaritalari tuzilgan hamda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 14 oktyabrdagi 06/022-4195-son ma’lumotnomasi). Natijada, er maydonlarini tabaqalashtirib sug‘orish, sho‘r yuvish, o‘g‘itlash va tuproqqa fizik etilganlik holatida ishlov berish va unumdorligini oshirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
Buxoro va Navoiy viloyatlarining “Azim Shofirkon yulduzi”, “Mirzo Jamshid”, “Baxtishod Amon Zamini” va Navoiy viloyatining “Yangi asr”, “Karimov Roziq” fermer xo‘jaliklari er maydonlari tuproqlarining xossalari, meliorativ va mikrobiologik holati yaxshilanishiga, unumdorligi oshishiga oid ishlab chiqilgan tavsiyalar amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2021 yil 14 oktyabrdagi 06/022-4195-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproq unumdorligini oshirish hamda qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish uchun chora-tadbirlarni belgilashda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan va agrofizikaviy, mikrobiologik, meliorativ holati yomon tuproqlarning unumdorlik darajasi ko‘tarilgan, g‘o‘zadan gektariga 3-5 sentner qo‘shimcha hosil olinib, rentabellik darajasi yuqori bo‘lish imkonini bergan.