Sobirova Mukaddas Batirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Rizobakteriyalarning mahalliy shtammlari asosida biopreparatlarning artishok (CYNARA SCOLYMUS L.) ikkilamchi metabolitlarini oshiruvchi biotexnologik potensiali», 03.00.12 – Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/V654.
Ilmiy rahbar: Murodova Sayyora Sobirovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.72.02.
Rasmiy opponentlar: Norboeva Umida Toshtemirovna, biologiya fanlari doktori, dotsent; Tadjiev Anvar Yuldashevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Jizzax viloyati sharoitida Artishok o‘simligini etishtirishda mahalliy rizobakteriyalar shtammlari asosida olingan biopreparat va “Elisitor”dan foydalanish strategiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Cynara scolymus L. o‘simligini etishtirishda mahalliy rizobakteriyalar asosidagi biopreparatlarning stimulyatorlik xususiyatlari aniqlangan;
mahalliy biopreparat “Zamin-M”ning Cynara scolymus L.ning terapevtik metabolitlari-flavonoidlariga ta’sir etish potensiali aniqlangan;
mahalliy biopreparatning avtolizati asosida ajratib olingan yangi “Elisitor” biologik mahsulotini ishlab chiqarishning laboratoriya reglamenti yaratilgan;
yangi ajratib olingan “Elisitor” tarkibidagi biologik faol uchuvchan organik birikmalar komponentlari aniqlangan;
ilk bor “Elisitor”ni kichik sanoat miqyosida olish texnologiyasining loyihasi ishlab chiqilgan, avtomatlashtirilgan sharoitda keng ko‘lamda ishlab chiqarishning optimal texnologik sharoitlari hisoblab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tikanli artishok (Cynara scolymus L.) turining Jizzax viloyati sharoitida rizobakteriyalar assotsiasiyasi va uning avtolizati bilan etishtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy natijalar:
Tikanli artishok o‘simligini biomahsulotlar vositasida dala sharoitlaridagi unuvchanligi va maysalarning yashovchanligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Jizzax viloyat O‘rmon xo‘jaligi ekin maydonida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2021 yil 12-oktyabrdagi 04/21-4118-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy va horijiy farmatsevtika bozorida xom-ashyosiga talab yuqori bo‘lgan Cynara scolymus L. o‘simligining 0,5 ga maydonda tajriba sinov plantasiyasini tashkil etish imkonini bergan;
Cynara scolymus L. dorivor o‘simligini etishtirishda “Zamin-M” biopreparati va uning avtolizati “Elisitor” biomahsulotini qo‘llash orqali hosildorlikni oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Jizzax viloyat o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2021 yil 12-oktyabrdagi 04/21-4118-son ma’lumotnomasi). Natijada, Jizzax viloyati iqlim sharoitida Tikanli artishok hosildorligini 7-11%ga oshirish imkonini bergan;
Rizobakteriyalar assotsiasiya asosidagi “Elisitor”ni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan va ushbu preparat Jizzax viloyat O‘rmon xo‘jaligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo–sanoat palatasining 2021 yil 22 dekabrdagi 11/03-15-10939-son ma’lumotnomasi). Natijada, taklif qilinayotgan biomahsulotning horijiy analoglari “Organika-S” ga nisbatan 1,79 barobar, “Fitosporin-M” ga nisbatan 2,11 barobar arzon olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish