Xojimatova Dilnoza Sultonmurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tarkibida ferrotsen hosilalari saqlovchi suyuq azotli o‘g‘itlar olish va ularni sinflash», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/K494.
Ilmiy rahbar: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/29.10.2021.K.60.05.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaev Vaxobjon Umarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Abdug‘aniev Baxtiyor Yormatovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: m-ferrotsenilbenzoy kislotasi, p-ferrotsenilfenol xosilalari asosida sintez qilingan biologik faol birikmalar asosida suyuq azotli o‘g‘it ishlab chiqish, kimyoviy tarkibi va fizik-kimyoviy hossalarini aniqlash, hamda ularga TIF TN asosida yangi kod raqamlari ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor m-ferrotsenilbenzoy kislotasi va p-ferrotsenilfenol hosilalari asosida ularning suvda eruvchan tuzlari sintez qilingan;
tarkibida m-ferrotsenilbenzoy kislotasi va p-ferrotsenilfenol hosilalari saqlovchi biologik faol moddalarni kimyoviy tarkibi, tuzilishi va ayrim fizikaviy xossalari aniqlangan;
tarkibida m-ferrotsenilbenzoy kislotasi va p-ferrotsenilfenolning suvda eruvchan hosilalari hamda KAS saqlovchi suyuq azotli o‘g‘itlar ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan tarkibida ferrotsen hosilalari saqlovchi suyuq azotli o‘g‘itlarni biologik faolligini g‘o‘za va bug‘doyning o‘sishi va rivojlanishi hamda hosildorligiga ijobiy ta’siri isbotlangan;
ferrotsen hosilalari saqlovchi suyuq azotli o‘g‘itlar uchun TIF TN bo‘yicha yangi kod raqamlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ferrotsen hosilalari asosida ishlab chiqilgan suyuq azotli mineral o‘g‘itlarni tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Ferrotsen hosilalari va karbamid-ammiakli o‘g‘itlar asosida ishlab chiqilgan suyuq azotli mineral o‘g‘itlar 2019-2021 yillar davomida Andijon viloyati fermer xo‘jaliklarining 130 gektar paxta, 164 gektar bug‘doy jami 294 gektar maydonlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 11 martdagi 07/35-04/1175-son ma’lumotnomasi, Andijon qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2021 yil, 9 fevral`dagi 01/11-90-sonli ma’lumotnomasi, “Jalaquduq kimyogari” MChJ ning 2022 yil 25 fevral`dagi №4-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mineral o‘g‘it bilan ishlov berilgan g‘o‘za maydonlaridan gektaridan qo‘shimcha 5,3 s, bug‘doydan 8 s hosil olish imkonini bergan;
ferrotsen hosilalari va karbamid-ammiakli o‘g‘itlar asosida ishlab chiqilgan suyuq azotli mineral o‘g‘itlar  uchun taklif etilgan 3102 30 100 1  kod raqami davlat bojxona amaliyotidagi tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasining navbatdagi tahririda ishlab chiqishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022yil 1 iyuldagi 16/05-22-0373-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida ferrotsen hosilalari saqlovchi suyuq azotli mineral o‘g‘itlarni kimyoviy tarkibi bo‘yicha sinflash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish