Usmonova Munisxon Yo‘ldosh qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Muomala layoqatidagi nuqsonlar oqibatida tuzilgan bitimni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Yu536.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Okyulov Omanbay, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmonkulova Nilufar Xodji-Akbarovna, yuridik fanlar doktori, dotsent; Qalandarova Malika Pirnazarovna, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sud`yalar oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi muomala layoqatidagi nuqsonlar oqibatida tuzilgan bitimlarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
keyinchalik muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqaro tomonidan tuzilgan bitimni, agar bitimni tuzish paytida fuqaro o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaganligi yoki ularni boshqara olmaganligi isbotlangan bo‘lsa, uning homiysi qilgan da’voga muvofiq sud haqiqiy emas deb topishi mumkinligi asoslantirilgan;
lisenziyaning bekor qilinishi notariusning o‘z kasbiy faoliyatini bajarish chog‘idagi harakatlari g‘ayrihuquqiy deb topilganligini anglatmasligi, bundan notarial harakatlarni sud tomonidan haqiqiy emas deb topish hollari mustasnoligi asoslab berilgan;
notarius tomonidan qonun hujjatlariga emas, balki qonunchilikka mos kelmaydigan notarial harakatni amalga oshirishni rad etishning shartligi asoslantirilgan;
notariuslar muomalaga layoqatli fuqarolarning qonun hujjatlari talablariga emas, balki qonunchilik talablariga muvofiq tuzilgan va ularning o‘zlari notariusga shaxsan taqdim etgan vasiyatnomalarini tasdiqlashi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muomala layoqatidagi nuqsonlar oqibatida tuzilgan bitimni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish mavzusi doirasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasi asosida:
keyinchalik muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqaro tomonidan tuzilgan bitimni, agar bitimni tuzish paytida fuqaro o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaganligi yoki ularni boshqara olmaganligi isbotlangan bo‘lsa, uning homiysi qilgan da’voga muvofiq sud haqiqiy emas deb topishi mumkinligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 121-moddasi 3-qismining yangi tahririni  ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tomonidan 2021 yil 14 oktyabrdagi 2/2-5-132-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi muomala layoqatida nuqsoni bor shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilgan;
lisenziyaning bekor qilinishi notariusning o‘z kasbiy faoliyatini bajarish chog‘idagi harakatlari g‘ayrihuquqiy deb topilganligini anglatmasligi, bundan notarial harakatlarni sud tomonidan haqiqiy emas deb topish hollari mustasnoligi haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 14 yanvardagi “Notariat tizimni tubdan isloh qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-602-son Qonunida inobatga olinib, O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 dekabrdagi “Notariat to‘g‘risida”gi O‘RQ-343-I-son Qonunining 154-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022 yil 8 fevraldagi 2-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi lisenziyasi bekor qilingan notarius tomonidan rasmiylashtirilgan bitim ishtirokchilarining huquqlarini kafolatlash imkonini beradi;
notarius tomonidan qonun hujjatlariga emas, balki qonunchilikka mos kelmaydigan notarial harakatni amalga oshirishni rad etishning shartligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 21 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-683-son Qonunida inobatga olinib, 1996 yil 26 dekabrdagi “Notariat to‘g‘risida”gi O‘RQ-343-I-son Qonunining 18-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022 yil 8 fevraldagi 2-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi qonunchilikka mos kelmaydigan bitimlar rasmiylashtirilishini oldini olishga xizmat qiladi;
notariuslar muomalaga layoqatli fuqarolarning qonun hujjatlari talablariga emas, balki qonunchilik talablariga muvofiq tuzilgan va ularning o‘zlari notariusga shaxsan taqdim etgan vasiyatnomalarini tasdiqlashi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 21 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-683-son Qonunida inobatga olinib, O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 dekabrdagi “Notariat to‘g‘risida”gi O‘RQ-343-I-son Qonunining 18-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022 yil 8 fevraldagi 2-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi aynan muomala layoqatiga ega bo‘lgan fuqarolar tomonidan taqdim etilgan vasiyatnomalar notariuslar tomonidan tasdiqlanishi lozimligini belgilab bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish