G‘aybullaev Saidaxmadxon Samatxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Faxrul-islom Pazdaviyning «Usul» asarida hanafiy usul qoidalari tahlili», 24.00.03 – Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot. (islomshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Isl40.
Ilmiy rahbar: Maxsudov Davron Rustamovi, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.IsI/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Mavjuda Rajabova Abdullaevna, yuridik fanlar doktori, professor, Mirzaev Nasriddin Muxritdinovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: «Usul al-Pazdaviy» asarida yoritilgan hanafiylikka xos usuliy qoidalarning ilmiy-amaliy ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abu Zayd Dabusiy va Faxrul-islom Pazdaviyning asarlarida hanafiylik fiqhi va moturidiylik qarashlari bilan mustahkamlangani bois mazkur davrdan boshlab moturidiya kalom nazariyalari hanafiylik mazhabining aqidaviy ta’limoti sifatida qabul qilingani va «hanafiy-moturidiy» (الحنفي والماتوريدي) bir-biridan ajralmas tushunchaga aylangani aniqlangan;
«Usul» asarida shar’iy matnlar iborasini to‘rt turda (Qur’on va hadisdagi so‘zlarning lug‘aviy manosi; so‘zlardagi haqiqat va majoz; ibora bayon etilishi; so‘zlar dalolatiga ko‘ra) tasniflab, har bir turning huquqiy tizimdagi darajasini tahlil etish amaliyoti ishlab chiqilgani va tartibga solingani sabab asar keyingi davr usul al-fiqh adabiyotlariga uslubiy andoza vazifasini o‘tagani asoslangan;
Pazdaviy sunnatni tushunishdagi bahslarga echim berish maqsadida «sunnat» (سنة)ni umumiy tarzda «sunnat al-huda» (سنة الهدي) va «sunnat az-zavaid» (سنة الزوائد) kabi ikki turga bo‘lib yoritgani, ushbu ikkinchi tur odatlar zaruriy-diniy amal sifatida talqin etilmasligi ochib berilgan;
«Usul» asarida «Taoruz va tarjih» (التعارض والترجيح – «o‘zaro ixtilofli deb hisoblangan hadislarni to‘g‘ri tushunish»)ga oid qoida va mezonlarni ishlab chiqilgani natijasida hadislarni bir butunlikda tushunish amaliyoti shakllangani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Faxrul-islom Ali Pazdaviyning «Usul» asarida hanafiy usul qoidalarini tahlil etilishining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
Abu Zayd Dabusiy va Faxrul-islom Pazdaviyning asarlarida hanafiylik fiqhi va moturidiylik qarashlari bilan mustahkamlangani bois mazkur davrdan boshlab moturidiya kalom nazariyalari hanafiylik mazhabining aqidaviy ta’limoti sifatida qabul qilingani va «hanafiy-moturidiy» (الحنفي والماتوريدي) bir-biridan ajralmas tushunchaga aylangani haqidagi xulosalardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining buyurtmasi asosida tayyorlangan «O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi» nomli kitob mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022 yil 26 avgustdagi 02/415-son ma’lumotnomasi). Natijada movarounnahrlik olimlarning islom huquqi nazariyalari shakllanishidagi o‘rni va xizmatlari haqidagi ma’lumotlar ilmiy jamoatchilikka etib borishiga xizmat qilgan;
«Usul» asarida shar’iy matnlar iborasini to‘rt tur (Qur’on va hadisdagi so‘zlarning lug‘aviy ma’nosi; so‘zlardagi haqiqat va majoz; ibora bayon etilishi; so‘zlar dalolatiga ko‘ra) tasniflab, har bir turning huquqiy tizimdagi darajasini tahlil etish amaliyoti ishlab chiqilgan va tartibga solingani sabab asar keyingi davr usul al-fiqh adabiyotlariga uslubiy andoza qabul qilingani xususidagi ilmiy xulosalar Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining buyurtmasi asosida tayyorlangan «Sunani Termiziy»ning va «Nafs riyozati» asarlarining izohli tarjimasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022 yil 26 avgustdagi 01-07/138-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida kitobxonlar alloma asarlari mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirilgan;
Pazdaviy sunnatni tushunishdagi bahslarga echim berish maqsadida «sunnat» (سنة)ni umumiy tarzda «sunnat al-huda» (سنة الهدي) va «sunnat az-zavaid» (سنة الزوائد) kabi ikki turga bo‘lib yoritganiga oid ilmiy xulosalar Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning buyurtmasi asosida tayyorlangan “Islom ensiklopediyasi” kitobi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2022 yil 26 avgustdagi 02-03/6697-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, shar’iatning asosiy manbalaridan bo‘lgan sunnatni tushunish va uni to‘g‘ri talqin qilish, islom tushunchalari mohiyati kengroq ochib berilib, aholida diniy madaniyat yuksalishiga xizmat qilgan;
«Usul» asarida «Taoruz va tarjih» (التعارض والترجيح – «o‘zaro ixtilofli deb hisoblangan hadislarni to‘g‘ri tushunish»)ga oid qoida va mezonlarni ishlab chiqilgani natijasida hadislarni bir butunlikda tushunish amaliyoti shakllangani haqidagi ilmiy xulosalar Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining buyurtmasi asosida tayyorlangan «Abul Usr Pazdaviy» va «Alouddin Kosoniy» kitoblari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022 yil 26 avgustdagi 01/161-sonli ma’lumotnomasi). Natijada aholining hadislarni tushunish va ulardan hukm olishda ma’lum mantiqiy-izchil tizim mavjudligi haqidagi bilimlari oshishiga erishilgan.