Nosirova Nargiza Jamoliddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyatini oshirish”, 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti t(iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt1078.
Ilmiy rahbar: Shamshieva Nargizaxon Nosirxo‘ja qizi, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Murodova Nodira Qullievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli (davlat, ixtisoslashgan va tijorat) shakllardagi vositachi eksport tashkilotlari faoliyatini tashkil etish orqali kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarida ishlab chiqarilgan tovarlar eksporti samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksportiga yordam beruvchi vositachi eksport tashkilotlari faoliyati yangi bozorlarni o‘zlashtirish orqali savdo hajmlarini oshirishga yo‘naltirilgan strategik xaritani ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining vositachi eksport tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligi samaradorligini baholash uslubiyoti bevosita va bilvosita eksportni amalga oshirish xarajatlari o‘zgarishini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
eksport kvotalari va valyuta kursining o‘zgarishini e’tiborga olgan holda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari mahsulot va xizmatlari eksport salohiyatini oshirishning 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turli (davlat, ixtisoslashgan va tijorat) shakllardagi vositachi eksport tashkilotlari faoliyatini tashkil etish orqali kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarida ishlab chiqarilgan tovarlar eksporti samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tarkibidagi korxonalarning eksport faoliyatiga joriy etilgan (Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 14 oktyabrdagi 11/03-15-7292-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida Savdo-sanoat palatasi tarkibidagi korxonalarning eksport salohiyati 4,3 foizga oshgan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksportiga yordam beruvchi vositachi eksport tashkilotlari faoliyatini yangi bozorlarni o‘zlashtirish orqali savdo hajmlarini oshirishga yo‘naltirilgan strategik xaritani ishlab chiqish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tarkibidagi korxonalarning eksport faoliyatiga joriy etilgan (Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 14 oktyabrdagi 11/03-15-7292-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida Savdo-sanoat palatasi tarkibidagi korxonalarning eksport salohiyati 3,7 foizga oshgan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining vositachi eksport tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligi samaradorligini baholash uslubiyoti bevosita va bilvosita eksportni amalga oshirish xarajatlari o‘zgarishini hisobga olish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tarkibidagi korxonalarning eksport faoliyatiga joriy etilgan (Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 14 oktyabrdagi 11/03-15-7292-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiyotni amaliyotga joriy etilishi natijasida Savdo-sanoat palatasi tarkibidagi korxonalarning samaradorlik ko‘rsatkichi 2,2 foizga oshgan;
eksport kvotalari va valyuta kursining o‘zgarishini e’tiborga olgan holda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari mahsulot va xizmatlari eksport salohiyatini oshirishning 2025 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tarkibidagi korxonalarning eksport faoliyatiga joriy etilgan (Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 14 oktyabrdagi 11/03-15-7292-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan 2025 yilgacha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksport faoliyatini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan.