Mirsodiqov Abdulla Tursunalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qurilish sohasi logistik zanjirlarida xarajatlarni boshqarish jarayonlarini takomillashtirish”, 08.00.13 – Menejment, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1141.
Ilmiy maslahatchi: Mirzaev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Qorrieva Yokutxon Karimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdulxakimov Zuxrali Tursunalievich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qurilish sohasi logistik zanjirlarida xarajatlarni boshqarish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qurilish sohasi logistik zanjirlari tarkibi umumiy va ixtisoslashgan ishlab chiqarish jarayonlariga guruhlanib, umumiy jarayonlar bo‘yicha turdosh soha va tarmoqlar faoliyatidagi minimal xarajatlarga taqqoslash hamda ixtisoslashgan jarayonlardagi sarflarga tuzatish koeffisientlarini tatbiq etish orqali xarajatlarni pasaytirish asoslangan;
qurilish sohasi logistik zanjirlaridagi risklarni boshqarish jarayonida qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlarining “riskka nisbatan neytral”, “riskka nisbatan ehtiyotkor” va “riskka moyil” toifalarini ajratish orqali logistik zanjir ishtirokchilari o‘rtasida risklarni minimallashtirishning iqtisodiy-matematik modeli () asoslangan;
qurilish sohasi logistik zanjirlaridagi xarajatlarni optimallashtirishni moddiy, moliyaviy va axborot oqimlari harakatini boshqarishning alohida tuzilmalari konsentratsiyasidan iborat integrallashgan mexanizmdan foydalanish orqali ta’minlash asoslangan;
yirik qurilish korxonalarida bajarilgan qurilish ishlari, boshqaruv xarajatlari hajmi, logistika zanjiri xarajatlari va salmog‘ining o‘zaro ta’siri orqali ifodalanuvchi ko‘p omilli model` asosida 2024 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qurilish sohasi logistik zanjirlarida xarajatlarni boshqarish jarayonlarini takomillashtirish yo‘nalishida olingan ilmiy natijalar asosida:
qurilish sohasi logistik zanjirlari tarkibi umumiy va ixtisoslashgan ishlab chiqarish jarayonlariga guruhlash asosida umumiy jarayonlar bo‘yicha turdosh soha va tarmoqlar faoliyatidagi minimal xarajatlarga taqqoslash hamda ixtisoslashgan jarayonlardagi sarflarga tuzatish koeffisientlarini tatbiq etish orqali xarajatlarni pasaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan “Qurilish tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qurilish vazirligining 2022 yil 4 apreldagi 09-06/3191-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish sohasi logistik zanjirlaridagi moddiy oqimlarning jismoniy harakati xarajatlari qiymatini baholash aniqligi ortgan;
qurilish sohasi logistik zanjirlaridagi risklarni boshqarish jarayonida qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlarining “riskka nisbatan neytral”, “riskka nisbatan ehtiyotkor” va “riskka moyil” toifalarini ajratish orqali asoslangan logistik zanjir ishtirokchilari o‘rtasida risklarni minimallashtirishning iqtisodiy-matematik modelidan () foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan “Qurilish tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qurilish vazirligining 2022 yil 4 apreldagi 09–06/3191-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish sohasi logistik zanjirlari ishtirokchilari o‘rtasida risklarni taqsimlash orqali logistik zanjirlarda risk ko‘rsatkichlari va umumiy risk darajasining o‘zgarishini tavsiflovchi belgilangan parametrlarga erishilgan hamda qulay tashkiliy-iqtisodiy holatga o‘tish aniqligi 10-12 %ga ortgan;
qurilish sohasi logistik zanjirlaridagi xarajatlarni optimallashtirishni moddiy, moliyaviy va axborot oqimlari harakatini boshqarishning alohida tuzilmalari konsentratsiyasidan iborat integrallashgan mexanizmdan foydalanish orqali ta’minlash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan “Qurilish tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qurilish vazirligining 2022 yil 4 apreldagi 09–06/3191-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida yirik qurilish korxonalari logistik zanjirlarida xarajatlarni boshqarish samaradorligi 12,0-15,0 %ga ortgan;
yirik qurilish korxonalarida bajarilgan qurilish ishlari, boshqaruv xarajatlari hajmi, logistika zanjiri xarajatlari va salmog‘ining o‘zaro ta’siri orqali ifodalanuvchi ko‘p omilli model` asosida ishlab chiqilgan 2024 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlardan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan “Qurilish tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qurilish vazirligining 2022 yil 4 apreldagi 09–06/3191-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Yangi Avlod Qurilish Invest” MChJ, “Andijon ta’mir” va “Ravnaq qurilish” xususiy korxonalarida logistik zanjir xarajatlari hajmi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omil ko‘rsatkichlarini korrelyasion-regression tahlili asosida logistik zanjir xarajatlarini boshqarish strategiyalari ishlab chiqilgan.