G‘aybullaev Odil Baxtiyarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Investision salohiyatni boshqarishni takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)”, 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt889.
Ilmiy rahbar: Allayarov Shamsiddin Amanullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tursunov Bobir Ortiqmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Samarqand iqtisodiyoti va serviz instituti”
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: investision salohiyatni boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
samarqand viloyati investision salohiyatidan foydalanishda omillar ta’sirini aniqlashning uch bosqichli yondashuvi asosida hududdagi investisiyalarni amalga oshirishning maqbul me’yori (MI=0,65) aniqlanib, jalb etilayotgan investisiyalarning mazkur me’yorga muvofiqligini baholash orqali yo‘nalishlarini qayta shakllantirish taklifi asoslangan;
samarqand viloyati bo‘yicha ajratib olingan investision salohiyatning uchta o‘sish qutblari va nuqtalari (Markaziy-G‘arbiy – 6 ta, Markaziy-Sharqiy – 16 ta, Janubiy – 9 ta) dagi yetakchi faoliyat turlarini belgilab olish orqali hududdagi investisiyalar samaradorligini oshirish asoslangan;
hududdagi potensial va istiqbolli investorlarning «investision mavqei»ni oshirishning risk-menejment strategiyasi turli omillar ta’sirida iqtisodiy o‘sish qutblari va nuqtalari tarkibidagi o‘zgarishlarni hisobga oluvchi innovatsion-investision siyosatni shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
hududiy investisiya dasturlarini ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari holati va tarkibini jalb etilayotgan investisiya hajmi va tarkibiga mosligining maqbul darajasini ta’minlash orqali takomillashtirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Investision salohiyatni shakllantirish va samarali boshqarish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
samarqand viloyati investision salohiyatidan foydalanishda omillar ta’sirini aniqlashning uch bosqichli yondashuvi asosida hududdagi investisiyalarni amalga oshirishning maqbul me’yori (MI=0,65) aniqlanib, jalb etilayotgan investisiyalarning mazkur me’yorga muvofiqligini baholash orqali yo‘nalishlarini qayta shakllantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan “Hududlarda investisiya faoliyatini rivojlantirish dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Moliya vazirligining 2021 yil 10 dekabrdagi № 06/04-02-32/2672-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotda qo‘llash natijasida boy tabiiy-iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalanish, eksport salohiyatini oshirish va yangi ish joylarini tashkil qilishda asosida 2021 yilning 1-yarmida Samarqand viloyatiga jalb etilgan xorijiy investisiyalar hajmining 15,8 foizga oshishi ta’minlangan;
samarqand viloyati bo‘yicha ajratib olingan investision salohiyatning uchta o‘sish qutblari va nuqtalari (Markaziy-G‘arbiy – 6 ta, Markaziy-Sharqiy – 16 ta, Janubiy – 9 ta) dagi yetakchi faoliyat turlarini belgilab olish orqali hududdagi investisiyalar samaradorligini oshirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan “Hududlarda investisiya faoliyatini rivojlantirish dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Moliya vazirligining 2021 yil 10 dekabrdagi № 06/04-02-32/2672-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotda qo‘llash natijasida iqtisodiyotda o‘sish qutbi va nuqtalarining investision jozibadorligi taqqoslash uchun asos sifatida tanlangan sohaning investision jozibadorligidan 2,3 marta yuqori ekanligi tasdiqlangan;
hududdagi potensial va istiqbolli investorlarning «investision mavqei»ni oshirishning risk-menejment strategiyasi turli omillar ta’sirida iqtisodiy o‘sish qutblari va nuqtalari tarkibidagi o‘zgarishlarni hisobga oluvchi innovatsion-investision siyosatni shakllantirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan “Hududlarda investisiya faoliyatini rivojlantirish dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Moliya vazirligining 2021 yil 10 dekabrdagi № 06/04-02-32/2672-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotda qo‘llash natijasida 2021 yilning 1-yarmida faoliyat yuritayotgan xorijiy investisiya ishtirokidagi korxonalarning direksiya bilan hamkorlikdagi shartnomani uzaytirish haqida qo‘shimcha arizalari soni 21 foizga oshgan;
hududiy investisiya dasturlarini ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari holati va tarkibini jalb etilayotgan investisiya hajmi va tarkibiga mosligining maqbul darajasini ta’minlash orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan “Hududlarda investisiya faoliyatini rivojlantirish dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Moliya vazirligining 2021 yil 10 dekabrdagi № 06/04-02-32/2672-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotda qo‘llash natijasida potensial va istiqbolli investorlarning yangi ish o‘rinlari yaratishdagi ishtiroki 15,8 foizga, o‘zlashtirilgan investisiyalardagi ishtiroki 16,2 foizga oshgan.