Xaydarova Siranush Eduardovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir serebral etishmovchilikda energiya-plastik ehtiyojlarni adekvat ta’minlash asoslari», 14.00.37 – Anesteziologiya va reanimatologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3-4.PhD/Tib300.
Ilmiy rahbar: Sabirov Djurabay Marifbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika bolalar milliy tibbiyot markazi huzuridagi DSc.04/01.02.2022.Tib.147.01
Rasmiy opponentlar: Satvaldieva El`mira Abdusamatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shestopalov Aleksandr Efimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot nomi: N.I Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gipermetabolizm-giperkatabolizm sindromi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari, parenteral va erta enteral ovqatlantirish yordamida metabolik buzilishlarni korreksiyalash asosida bosh miya jaroxatlari bo‘lgan bemorlarni intensiv davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichak etishmovchiligi sindromi bosqichiga qarab bosh miya jarohati bo‘lgan bemorlarda nutritiv qo‘llab-quvvatlashni tanlash mezonlari va amalga oshirish yo‘llari, parenteral va enteral yo‘l bilan yuboriladigan moddalarning hajmi va tarkibi nisbati asoslangan;
bosh miya jarohati bo‘lgan bemorlar intensiv terapiyasida organizmning asosiy gemodinamik ko‘rsatkichlarini yaxshilash va kislorod byudjeti buzilishlarini bartaraf etishga yo‘naltirilgan korreksiyalovchi eritmalar va ozuqaviy aralashmalarni erta enteral infuziya qilishning ijobiy ta’siri isbotlangan;
jarohatdan keyingi erta davrda qo‘shimcha ravishda glutaminni vena ichiga yuborish oqsil almashinuvi va azot balansini yaxshilashi va uglevod almashinuviga ijobiy ta’siri isbotlangan;
bosh miya jarohati bo‘lgan bemorlarni oziqlantirishga qo‘shimcha ravishda farmakonutrientlarni kiritish oshqozon-ichak traktining funksional etishmovchiligini erta bartaraf etish, erta enteral oziqlantirish imkoniyati natijasida organizmning keskin ortib boruvchi energiya-plastik ehtiyojlarini adekvat ta’minlash tamoyillari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘tkir serebral etishmovchilikda energiya-plastik extiyojlarni adekvat ta’minlash asoslarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘tkir serebral etishmovchilikda energiya-plastik extiyojlarni adekvat ta’minlash asoslarini optimallashtirishga qartilgan ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Yopiq bosh-miya jarohati bo‘lgan bemorlarning intensiv terapiyasida nutritiv qo‘llab-quvvatlash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 13 maydagi 8n–r/120–son ma’lumotnomasi). Natijada bosh miya jarohatlari bo‘lgan bemorlarda farmakonutrientlarni qo‘shimcha parenteral va enteral qo‘llash yo‘li orqali nutritiv qo‘llab-quvvatlashni optimallashtirish, standart ovqatlantirishga solishtirilganda, gipermetabolizm-giperkatabolizm sindromini tezroq yo‘qotishga, energiya tanqisligini bartaraf etish, oqsil almashinuvi, oshqozon-ichak trakti faoliyatini tiklanishiga yordam berish imkonini bergan;
o‘tkir serebral etishmovchilikda energiya-plastik extiyojlarni adekvat ta’minlash asoslarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining jarrohlik, neyroxirurgiya va reanimatsiya bo‘limlari, Samarqand davlat tibbiyot instituti shifoxonalarining klinik amaliyotiga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 8 apreldagi 8n-z/169–son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi bosh miya jaroxatlari bo‘lgan bemorlarda nutritiv qo‘llab-quvvatlashni o‘tkazish bo‘yicha taklif etilgan tavsiyalar metabolik kasalliklarni o‘z vaqtida korreksiyalash, shuningdek, organizm energiya-plastik ehtiyojlarini to‘liq ta’minlash imkon berishi bilan birgalikda bemorlarning xayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish