O‘g‘lonov Ildamjon Mamasolievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda o‘pkaning bakterial destruksiyasi o‘tkir asoratli shakllarini jarroxlik davolash usullarini takomillashtirish», 14.00.35 – Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib2012.
Ilmiy rahbar: Ollabergenov Odilbek Tojiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar milliy tibbiyot markazi, dsc.04/01.02.2022.tib.147.01.
Rasmiy opponentlar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sattarov Jamoliddin Baxranovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda o‘pka bakterial destruksiyasi o‘tkir asoratli shakllarini tashxislash va jarrohlik davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda o‘pkaning bakterial destruksiyasi o‘tkir asoratli shakllarida jarrohlik davolashning taktikasi, usullari va ketma-ketliklarini tanlashda samarali yondashuvni oqilona va izchil tashxislash imkonini beruvchi optimal tashxislash algoritmi ishlab chiqilgan;
bolalarda bakterial destruksiyaning o‘tkir asoratli o‘pka va o‘pka-plevral shakllarini davolashda dasturlashtirilgan sanatsion bronkoskopiyasining o‘rni isbotlangan;
bakterial destruksiyasi bo‘lgan bolalarda turg‘in bronxoplevral oqmalarni davolashda steril preslangan mikrog‘ovakli gubka kiritish natijasida germetiklik hosil qilish orqali lobar yoki segmentar bronxlarni dastlabki qisqa muddatli okklyuziya qilish usuli takomillashtirilgan;
bolalarda an’anaviy davolash usullariga muqobil ravishda bakterial destruksiyaning o‘tkir asoratli shakllarida cheklangan yiringli o‘pka va plevra bo‘shliqlarini minimal invaziv-bronkoskopik aralashuvlar va videotorakoskopik sanatsiyani erta amalga oshirishning samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bolalarda o‘pka bakterial destruksiyasi o‘tkir asoratli shakllarini jarrohlik davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bolalarda o‘pka bakterial destruksiyasi o‘tkir asoratli shakllarini jarrohlik davolash usullarini takomillashtirish natijasida «Bolalarda o‘pka bakterial destruksiyasi o‘tkir asoratli shakllarida endoskopik va minimal invaziv aralashuvlar» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 13 dekabrdagi 8n-z/547-son ma’lumotnomasi). Natijada minimal invaziv va endoskopik aralashuvlar ularni keng qo‘llash istiqbollarini belgilaydi, chunki ular yuqori aniqlik va minimal invazivlikka ega, og‘ir asoratlarning oldini olishga va kasallikning surunkali shaklga o‘tmasligiga yordam beradi va shu bilan an’anaviy davolanishga sarflanadigan mablag‘ni deyarli ikki marta kamaytirish imkonini bergan;
bolalarda o‘pka bakterial destruksiyasi o‘tkir asoratli shakllarini samarali davolash algoritmini ishlab chiqish natijasida «Bolalarda o‘pkaning bakterial destruksiyalarini tashxislash algoritmi va davolash usullarini tanlash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 13 dekabrdagi 8n-z/547-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar bemorlarda kasallikka erta tashxis qo‘yish va davolash usulini to‘g‘ri tanlash samaradorligini yaxshilash imkonini bergan;
bolalarda o‘pka bakterial destruksiyasi o‘tkir asoratli shakllarini jarrohlik davolash usullarini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Navoiy, Surxondaryo va Andijon viloyatlarning bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining klinik amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 08-20750-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi taklif etilayotgan kompleks yondashuvdan foydalanish o‘pka bakterial destruksiyasi bilan xastlangan bolalarni tashxislash va davolash sifatini oshirish, asoratlar sonini 3,5 barobar, davolash davomiyliligini 14,4% ga, davolash xarajatlarini 2 barobargacha kamaytirishga erishish natijasida bolalarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish