Skvorsova Larisa Aleksandrovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yil davriga bog‘liq holda futbolchilarni morfofunksional fenotipi va D vitaminning o‘zaro aloqadorligi»,14.00.38 – Sport tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib1027.
Ilmiy rahbar: Xegay Lyubov` Nikolaevna tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, PhD.10/30.12.2019.Tib.69.01.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Roza Talanovna tibbiyot fanlari doktori, professor; Sobirova Guzal` Naimovna tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yilning turli fasllarida futbolchilar morfofunksional fenotipi va ulardagi D vitaminining o‘zaro bog‘liqligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
futbolchilar organizmida 25(ON)D miqdorining baxor va kuz fasllarida ortishi, yoz va qish fasllarida esa kamayishi natijasida tebranishlar ko‘rsatkichlari aniqlangan;
baxor va kuz fasllarda vitamin D va testesteron miqdorining oshishi sababli futbolchilarda morfofunksional fenotipining ular organizmidagi o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;
25(ON)D tanqisligi va futbolchilarning jismoniy tayyorligi, ulardagi testosteron miqdori va morfofenotip ko‘rsatkichlariga bog‘liqligi isbotlangan;
futbolchilarda kuzatiladigan vitamin D tanqisligi va etishmovchiligi profilaktikasiga asoslangan optimal korreksiya qilish algoritmi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yil davriga bog‘liq holda futbolchilarni morfofunksional fenotipi va D vitaminning o‘zaro aloqadorligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
D vitamini tanqisligi va etishmovchiligini korreksiya qilish hamda futbolchilarda iqlimiy xususiyatlarga ko‘ra ushbu vitamin tanqisligiga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda D gipovitaminozning fasllar bo‘yicha tajovuzkor asoratlarining yuzaga kelishini oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida tibbiyot xodimlari uchun ishlab chiqilgan “Yosh futbolchilarda D vitamini konsentratsiyasining mavsumiy tebranishlarini korreksiyasi usuli” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 iyuldagi 8n-3/254-son ma’lumotnomasi). Natijada sportchilarda D gipovitaminozni samarali muvofiqlashtirish hisobiga ularning jismoniy chidamliligini sezilarli darajada oshirishga imkon bergan;
futbolchilarni jismoniy chidamligini oshirishda D gipovitaminozni yil fasllariga bog‘liq holda samarali korreksiyalash asosida olingan ilmiy natijalar sport amaliyotiga, jumladan, “Bunyodkor” futbol klubi (“Bunyodkor” futbol klubi ma’muriyatining 2021 yil 25 maydagi ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq qilish to‘g‘risidagi bayonnomasi) va Respublika oliy sport mahorati maktabi (futbol sport turi bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining 2021 yil 5 fevraldagi ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq qilish to‘g‘risidagi bayonnomasi) amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 20 dekabrdagi №08-09/20114-son ma’lumotnomasi). Natijada sport shifokorlari, sport nutrisiologlari va dietologlari hamda murabbiylari uchun sportchilardagi ortiqcha jismoniy zo‘riqish vaqtida 25(ON)D etishmasligi bilan bog‘liq sportchilar sog‘lig‘idagi og‘ishlar chastotasini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish