Rasulova Nilufar Abduvossievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingliz-o‘zbek tillaridagi tibbiyot terminlarining o‘quv lug‘atini tuzish tamoyillari (anatomik terminlar asosida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil.652.      
Ilmiy rahbar: Umarxo‘jaev Muxtor Ishonxo‘jaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Dilora Abduhamidovna, filologiya fanlari doktori, professor; Saidxonov Ma’murjon Muhammadjonovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillari tibbiy terminlarining lingvistik maqomini aniqlash orqali kasbiy tibbiy terminologik lug‘at tuzish tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tibbiy terminlarning asosiy o‘ziga xos xususiyatlaridan ularning denotat va designat munosabatlarda yuqori motivlashganligi, ularda mazmun-mohiyat aniq namoyon bo‘lishi, ularning verbal ko‘rinishi bilan nomlanayotgan narsa-hodisa o‘rtasida bog‘liqlikning mavjudligi, ya’ni u nomlanuvchi narsa yoki hodisani to‘liq yoki qisman, tashqi tomonini namoyon etishi isbotlangan.
tibbiy terminlarning yasalishida affikslar vositasida tibbiy belgilar, kasalliklar hamda nuqsonlarni ifodalovchi ko‘plab terminlarga salbiy bo‘yoq berilishi, bu turdagi qo‘shimchalar «affixal negation (affiksal negatsiya)»deb atalib, salbiy ma’no beruvchi beshta prefiks (a-, dis-, in-, non-, un-) va bitta suffiks (-less) mavjudligi, shuningdek, anti-, contra-, counter-, de-, dys-, ex-, extra-, mal- kabi prefikslar o‘zlari birikib keladigan terminlarga qisman salbiy bo‘yoq berishi asoslangan;
AQSh, Buyuk Britaniya hamda O‘zbekistonda chop etilgan tibbiy terminologik lug‘atlar bir biridan so‘zlik soni va sifati bilan farqlanishi, qator lug‘atlar bir-birlarini takrorlashi bilan birga yangi paydo bo‘lgan terminlar bilan boyitilib borganligi, lekin deyarli barcha lug‘atlarda lug‘atning adresati aniq belgilanmaganligi, ba’zi lug‘atlarda terminlar izohi to‘liq emas, ikki, ko‘p tilli lug‘atlardagi ekvivalentlar oddiy holatda berilib, termin maxsus izohlanmaganligi, ko‘plab terminologik lug‘atlarda lingvo-leksikografik belgilar qo‘llanmaganligi dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi tibbiyot terminlari o‘rtasidagi monoleksem va polileksem, sinonimik, omonimik (omofon va omograf), antonimik, polisemantik kabi xususiyatlari, terminlarning variantlanishi va ularning paradigmatik shakllari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz-o‘zbek tillaridagi tibbiyot terminlarining o‘quv lug‘atini tuzish tamoyillari (anatomik terminlar asosida) tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tibbiyot oliygohi talabalarining chet tilida kasbiy kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish uchun ishlab chiqilgan lingvotexnologiya nutq faoliyatining turlari bo‘yicha malakalarni faollashtirish asosida bo‘lajak shifokorlarning chet tilda kasbiy kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish soha bo‘yicha ijodiy faoliyatni o‘stirish zarurligi, nofilologik institut talabalari uchun har bir bosqichga alohida kasbiy tibbiy terminlar o‘quv lug‘atini tuzish yuzasidan  ilmiy natijalari, shuningdek, muayyan ilmiy-nazariy xulosalaridan 2017-2019 yillarga mo‘ljallangan I-204-4-5 «Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish» nomli innovatsion tadqiqot loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2022 yil 28 fevraldagi 354/30.02.01-son ma`lumotnomasi). Natijada, ingliz-o‘zbek tillarida kasbiy tibbiy terminlar o‘quv lug‘atini tuzishdagi muammolar aniqlanib, ularni tadqiq etishga oid nazariy va amaliy echim usullari ishlab chiqilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida anatomiya terminlari etimologiyasi aniqlanganligi, lotin tilining ingliz va o‘zbek tillari tibbiy terminlar shakllanishidagi ahamiyati ochib berilganligi, lug‘atga terminlar tanlashning lingvodidaktik tamoyili ishlab chiqilganligi, ingliz va o‘zbek tillaridagi terminlarning unifikatsiya qilinishi hamda izohlash tamoyillari tavsifiga doir xulosalaridan F1-FA-G002 «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2022 yil 25 martdagi 112/1-son ma`lumotnomasi). Natijada, ingliz va o‘zbek tillaridagi anatomiya terminlarining etimologiyasi aniqlangan, xususan, ingliz va o‘zbek tillaridagi tibbiyot terminlarining unifikatsiya qilinishi hamda izohlash tamoyillari bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
xalqlar o‘rtasida olamning lisoniy manzarasini ifodalashda umumiylik mavjudligiga asoslangan holda, bir til doirasida shakllangan qaysidir tushuncha ikkinchi til vositalari orqali voqelantirishi mumkinligidan kelib chiqib, har qanday ma`noni ikkinchi tilga o‘girish mumkinligi, umumfalsafiy asoslar va turli xalqlar va tillar o‘rtasidagi mushtaraklik g‘oyalariga tayangan holda inglizcha­o‘zbekcha o‘quv lug‘atini tuzish jarayonida tarjima usullaridan foydalanish zarurligi, ingliz va o‘zbek tillaridagi xalqaro tibbiyot terminlari tizimidan o‘rin olgan baynalmilal terminlarning ko‘pchiligi grek­lotin tillari asosida shakllangan bo‘lib, ingliz va o‘zbek tillarida bir xil ma’noda qo‘llanilishiga oid ilmiy natijalardan FA-F-1-005 «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi  va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» fundamental ilmiy loyihasining nazariy qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2022 yil 25 martdagi 112/1-son ma`lumotnomasi). Natijada, bir til doirasida shakllangan qaysidir tushuncha ikkinchi til vositalari orqali voqelantirishi mumkinligi aniqlanib, har qanday ma`noni ikkinchi tilga o‘girish, ularni tadqiq etishga oid nazariy va amaliy echim usullari ishlab chiqilgan;
bo‘lajak shifokorlarda chet tilidagi kasbiy kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish mazmunining ishlab chiqilganligi xalqaro miqyosda axborot va tajriba almasha oladigan malakali tibbiyot mutaxassislari tayyorlashning lingvodidaktik asosi bo‘lib xizmat qilishi, tibbiyot oliy o‘quv yurti talabalarining chet tilida kasbiy kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish uchun ishlab chiqilgan lingvotexnologiya nutq faoliyatining turlari bo‘yicha malakalarni faollashtirish asosida bo‘lajak shifokorlarning chet tilda kasbiy kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish bilan bog‘liq yangiligiga oid ilmiy-nazariy taxlillar, ilmiy-xulosalar va taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» teleradiokanali DUK «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharririyatining «Bedorlik», «Ma’naviyat va ma’rifat» eshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokanali davlat muassasasining 2021 yil 9 dekabrdagi 04-25-1846-son ma`lumotnomasi). Natijada, tinglovchilar uchun tibbiyot oliy o‘quv yurti talabalarining chet tilida kasbiy kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish yuzasidan ishlab chiqilgan lingvotexnologiya nutq faoliyatining turlari bo‘yicha malakalarni faollashtirish asosida bo‘lajak shifokorlarning chet tilda kasbiy kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish bilan bog‘liq yangiligiga oid ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish