Taumuratova Gozzal Naurizbaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Janubiy Orolbo‘yi aholisining qandli diabet bilan kasallanishini prognoz qilishning ekologik tamoyillari», 03.00.10–Ekologiya (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/B38.

Ilmiy rahbar: Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, biologiya fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.B.38.01.

Rasmiy opponentlar: Razakov Rustam Majitovich, geografiya fanlari doktori, professor; Matchanov Azat Taubaldievich, biologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Orolbo‘yi aholisining qandli diabet bilan kasallanishini prognoz qilishning ekologik tamoyillarini  ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotining ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:

Janubiy Orolbo‘yi ekologik holatini aholini I tip qandli diabet bilan kasallanishga ta’siri baholangan;

aholisi orasida yashash hududining ekologik holatini hisobga olgan xolda I tip qandli diabetning epidemiologik ko‘rsatgichlari (tarqalganligi, kasallanish darajasi) aniqlangan;

Orolbo‘yi aholisi orasida QD rivojlanishining inisiatsiyasiga antropogen ifloslanish yuqori darajalarining ta’siri ochib berilgan;

ilk bor Janubiy Orolbo‘yi sharoitida aholining qandli diabet bilan kasallanishini prognozlashning ekologik tamoyillari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Janubiy Orolbo‘yi aholisining qandli diabet bilan kasallanishini prognoz qilishning ekologik tamoyillari bo‘yicha olingan natijalar asosida:

qandli diabetni keltirib chiqaruvchi ekologik omillarning xavflilik darajasi bo‘yicha ma’lumotlar endokrinologiya dispanseriga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 18 iyuldagi 288-son ma’lumotnomasi). Natijada ekologik jihatdan noqulay hududlardagi I tip qandli diabet bilan kasallangan bolalar va o‘smirlarni reabilitatsiya qilish imkonini bergan;

Janubiy Orolbo‘yi mintaqasida qandli diabet kasalligi uchun xavfli bo‘lgan antropogen xavfli xududlar bo‘yicha ma’lumotlar tabiatni muhofaza qilish faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2016 yil 17 avgustdagi MA-01/13-1353-son ma’lumotnomasi). Natijada atrof-muhit parametrlarining ma’lumotlar relyasiya bazasini yaratish va biosfera ob’ektlarini ekologik monitoring qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish