Gafurova Irodaxon Muxtarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turkistonda islom me’moriy obidalari (XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlari)”, 24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tar524.
Ilmiy rahbar: Yovqochev Shuxrat Akmalevich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.IsI/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Agzamxodjaev Saidakbar Saidovich, tarix fanlar doktori, professor; Tleubergenova Navbaxor Abdukarimovna tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkistonda islom me’moriy obidalari tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asr ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida Turkistondagi islom me’moriy obidalari (اسلام آبدلري)da amalga oshirilgan restavratsiya ishlari xronologiyasi natijasida Chor Rossiyasi hukumatining ushbu obidalarga nisbatan ayrim ijobiy munosabati Mirzo Ulug‘bek minorasini to‘g‘irlash, Bibixonim madrasasini restavratsiya qilish misolida ochib berilgan;
Turkiston bo‘yicha yetakchi olimlardan M.E. Masson, N.I.Veselovskiy, V.V.Bartol`d misolida islom tarixiy obidalarni ta’mirlash va saqlab qolish ishlarida Chor Rossiyasi hukumatidan muntazam ravishda murojaatlar bo‘lgani arxiv hujjatlari, shaxsiy fondlar ma’lumotlari asosida isbotlangan;
Turkistonda XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida mahalliy islomiy me’moriy obidalarni saqlab qolish maqsadida aholining ziyoli qatlami tomonidan maxsus vaqflar (وقف) ajratilgani, ulardagi naqshlar, yozuvlar kal`kalashtirish, qabrtoshlarni muhofazalash choralari ko‘rilgani dalillangan;
XIX asr ikkinchi yarmi - XX asr boshlariga oid islom me’moriy obidalarining nurab borishi misolida Turkiston o‘lkasida davlat va jamiyatning regressivlashuvi, mahalliy aholining o‘z me’moriy obidalariga bo‘lgan munosabati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX-XX asrlarda Turkistonda islom me’moriy obidalariiga oid tarixiy manbalarni tadqiq etish natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar asosida:
XIX asr ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida Turkistondagi islom me’moriy obidalarida amalga oshirilgan restavratsiya ishlari xronologiyasi natijasida Chor Rossiyasi hukumatining ushbu obidalarga nisbatan ayrim ijobiy munosabati Mirzo Ulug‘bek minorasini to‘g‘rilash, Bibixonim madrasasini restavratsiya qilish misolida ochib berilgani haqidagi xulosalar “Dinlar tarixi, ta’limoti, manbalari va an’analarini tadqiq etish asosida “Dunyo dinlari” elektron dasturi va mobil` ilovasini yaratish” elektron dasturi va mobil` ilovasini yaratish grant loyihasiga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2022 yil 16 avgustdagi 02-03/6696-son ma’lumotnomasi). Natijada Turkiston general-gubernatorligining islomiy obidalarga bo‘lgan munosabati real voqelik asosida ochib berilishiga xizmat qilgan;
Turkiston bo‘yicha yetakchi olimlardan M.E. Masson, N.I.Veselovskiy, V.V.Bartol`d misolida islom tarixiy obidalarni ta’mirlash va saqlab qolish ishlarida Chor Rossiyasi hukumatidan muntazam ravishda murojaatlar bo‘lgani arxiv hujjatlari, shaxsiy fondlar ma’lumotlari asosida isbotlangan xulosalardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” kitob-al`bomining “Islom” qismini takomillashtirishga xizmat qilgan. Dissertatsiya ishining komillikka undovchi g‘oyalari inson qadrini ulug‘lash, ma’rifatli ma’naviy makon barpo etishda hamda yoshlarni umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga substansional asosga ega ekanligi ilmiy-nazariy jihatdan isbotlangan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022 yil 10 avgustdagi 02/379/1-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy yangilik, nazariy xulosalar, metodologik tavsiyalar hamda amaliy takliflardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ilmiy-madaniy jamoatchilikni keng xabardor etish hamda kataloglar, al`bomlar, ilmiy-amaliy materiallar bazasini takomillashtirishda keng tatbiq etilgan;
Turkistonda XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida mahalliy islomiy me’moriy obidalarni saqlab qolish maqsadida aholining ziyoli qatlami tomonidan maxsus vaqflar ajratilgani, ulardagi naqshlar, yozuvlar kal`kalashtirish, qabrtoshlarni xonadonlarda muhofazalash choralari ko‘rilgani dalillangan asnosida tadqiqot jarayonida olingan ilmiy-nazariy xulosalardan Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi xodimlari tomonidan tayyorlanib nashr etilgan “Imom Termiziy”, “Hakim Termiziy”, “Xoja Alouddin Attor”, “So‘fi Ollohyor” nomli kitob-risolalarning mazmunini to‘ldirish hamda mazkur allomalar nomi bilan bog‘liq me’moriy obidalarni o‘rganishda dissertatsiya ishida keltirilgan ilmiy xulosalardan keng foydalanilgan (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022 yil 26 avgustdagi 01-07/136-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamoatchilikni Turkistondagi islom me’moriy obidalarining asrab-avaylash va saqlash ishlari bilan o‘quvchini tanishtirishga erishilgan;
XIX asr ikkinchi yarmi - XX asr boshlariga oid islom me’moriy obidalarining nurab borishi misolida Turkiston o‘lkasida davlat va jamiyatning regressivlashuvi, mahalliy aholining o‘z me’moriy obidalariga bo‘lgan munosabati aniqlanganligi natijalaridan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining “Muhim savol-javoblar” hamda “100 tarixiy yodgorliklar” nomli kitoblar mazmuniga singdirilgan (Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022 yil 25 avgustdagi 01/160-son ma’lumotnomasi). Natijada, XIX asr ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida Turkistondagi islom me’moriy obidalarida amalga oshirilgan restavratsiya ishlari, asrab-avaylash va saqlab qolish haqida o‘quvchida tasavvur shakllanishi va tarixiy bilimlarining oshishiga xizmat qilgan.