Tohirov Jaxongir Abduvohid o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ali Qushchining “Sharh Tajrid al-kalom” asari – temuriylar davridagi kalom ilmiga oid muhim manba”, 24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tar594.
Ilmiy rahbar: Babadjanov Baxtiyor Miraimovich, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.IsI/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Axadjon Axmedjanovich, tarix fanlari doktori, professor; Fayziev Xurshid Turgunovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ali Qushchining temuriylar davri kalom ilmi rivojiga qo‘shgan hissasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
islom ilmlarining (العلوم الإسلامية) yoyilish va rivojlanish zamoni sanalgan IX-XII asrlarda diniy e’tiqodni to‘g‘ri talqin etish maqsadida kalom ilmida “matnlar” (المتون) turkumidagi kichik risolalar (المؤلفات العقائدية) yozilgani, temuriylar davriga (XIV-XV) kelib esa, ularni kengroq anglashga ehtiyoj ortgani sababli “sharhlar” (الشروح) yozish tendensiyasining jadallashgani 29 ta asar asosida ochib berilgan;
Ali Qushchi 15 yoshida Kirmonda birinchi asari – “Sharh Tajrid al-kalom”ni (شرح تجريد الكلام) yoza boshlagani, 25 yoshidan esa, “Zij” ga sharh (زيج شرح ) bitgani misolida o‘rta asrlarning ilmiy an’anasiga muvofiq qomusiy olimlarning, avvalo, diniy ilmlarni o‘zlashtirib, keyin aniq va tabiiy fanlarni rivojlantirgani asoslangan;
olim o‘z sharhida bahsli bo‘lgan masala – amalning (العمل) imon (الإيمان) shartiga kirmasligini (الإرجاء) imonning joyi qalbda ekani (3 ta oyat, 2 ta hadisga ko‘ra), amal esa, tana a’zolari bilan bajarilishi dalili asosida isbotlab bergani aniqlangan.
alloma Ali Qushchi Tusiyning aniq fanlarga oid ilmiy qarashlaridan foydalangani, ammo uning mo‘’tazilaga (المعتزلة) va shialikka (الشيعة) oid aqidalarini esa, o‘z sharhida ash’ariya (الأشعرية) va moturidiya (الماتريدية) nuqtai nazaridan izohlagani aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Ali Qushchining “Sharh Tajrid al-kalom” asari – temuriylar davridagi kalom ilmiga oid muhim manba” mavzuida olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
islom ilmlarining (العلوم الإسلامية) yoyilish va rivojlanish zamoni sanalgan IX-XII asrlarda diniy e’tiqodni to‘g‘ri talqin etish maqsadida kalom ilmida “matnlar” (المتون) turkumidagi kichik risolalar (المؤلفات العقائدية) yozilgani, temuriylar davriga (XIV-XV asrga) kelib esa, ularni kengroq anglashga ehtiyoj ortgani sababli “sharhlar” (الشروح) yozish tendensiyasining jadallashgani 29 ta sharh asar asosida ochib berilgani xususidagi ilmiy xulosalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyurtmasi asosida tayyorlangan “Kalom” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-son buyrug‘i). Natijada, talabalarning temuriylar davridagi kalom ilmiga oid tarixiy manbalar mazmun-mohiyatini va o‘ziga xos xususiyatlarini to‘g‘ri anglashlariga, ilmiy asoslangan ko‘nikmalarning shakllanishiga xizmat qilgan;
Ali Qushchi 15 yoshida Kirmonda birinchi “Sharh Tajrid al-kalom” (شرح تجريد الكلام) asarini yoza boshlagani, 25 yoshidan esa, “Zij” ga sharh (زيج شرح ) bitgani misolida o‘rta asrlarning ilmiy an’anasiga muvofiq qomusiy olimlarning, avvalo, diniy ilmlarni o‘zlashtirib, keyin, aniq va tabiiy fanlarni rivojlantirgani asoslangani xususidagi ilmiy xulosalar O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi buyurtmasi asosidagi “Allomalar hayoti va faoliyati” loyihasida foydalanilgan (O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2022 yil 3 fevraldagi 52/22-son ma’lumotnomasi). Natijada, jahon ilm-fani tarixida o‘chmas iz qoldirgan Ali Qushchi kabi olim va mutafakkirlar merosining tarixiy va zamonaviy sivilizatsiya taraqqiyotidagi o‘rni hamda ahamiyatini yoritishga xizmat qilgan;
olim o‘z sharhida bahsli bo‘lgan masala – “amal”ning (العمل) imon (الإيمان) shartiga kirmasligini (الإرجاء) imonning joyi qalbda ekani (3 ta oyat, 2 ta hadisga ko‘ra), amal esa, tana a’zolari bilan bajarilishi dalili asosida isbotlab bergani aniqlangani xususidagi ilmiy xulosalar Din ishlari bo‘yicha qo‘mita buyurtmasi asosida tayyorlangan “Moturidiya ta’limoti tarixi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston  Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2022 yil 26 avgustdagi 02-03/6699-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarda islom dini ta’limoti, moturidiya aqida maktabi borasida to‘g‘ri ilmiy fikr shakllanishida va destruktiv g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashda katta ahamiyat kasb etgan;
alloma Ali Qushchi Tusiyning aniq fanlarga oid ilmiy qarashlaridan foydalangani, ammo uning mo‘’tazilaga (المعتزلة) va shialikka (الشيعة) oid aqidalarini esa, o‘z sharhida ash’ariya (الأشعرية) va moturidiya (الماتريدية) nuqtai nazaridan izohlagani aniqlangani xususidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Buyuk yurt allomalari” turkum dasturlari doirasida Ali Qushchining ilmiy merosiga oid tizimli ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 2022 yil 2 fevraldagi 06-31-230-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarixiy bilimlarning oshishi va milliy g‘urur tuyg‘usining shakllanishi uchun olim ijodiga oid ilmiy ma’lumotlarni keng jamoatchilikka etkazishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish