Atamuxamedov Akbar Xamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi xaqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“O‘yin ommaviy bayramning ijodiy usuli sifatida”, 17.00.01 – Teatr san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/San73.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Ilmiy rahbar: Sayfullaev Baxtiyor Sayfullaevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.08/28.08.2020.San.121.01.
Rasmiy opponentlar: Shodiev Boltaboy Avazovich, san’atshunoslik fanlari doktori; Rizaev Amanulla Zufarovich, san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ommaviy tomoshani tashkil qilish metodi sifatida o‘yindan foydalanish qonuniyatlari va uni rivojlantirish istiqbollarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tmishda rivojlangan an’anaviy o‘zbek xalq tomosha san’atining o‘zagini tashkil qilgan qiziqchi-masxarabozlar, qo‘g‘irchoqbozlar san’ati, baxshichilik, askiya, «Beshqarsaq», «Cho‘pon o‘yin», «Xush-xush», «Lakka-lak» va boshqa turli xalq raqs va o‘yinlari elementlaridan hozirda ham ommaviy bayramlarni sahnalashtirishda asosiy o‘yin elementlari sifatida qo‘llanilayotgani aniqlangan;
ommaviy bayram tomoshalarining tarkibida mavjud bo‘lgan “o‘yin”ning shaxs tarbiyasidagi sog‘lomlashtiruvchi, rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi komponetlar bilan uzviyligi kabi pedagogik hamda shaxsning individual-sotsiol fenomeni bilan bog‘liq estetik-tarbiyaviy xususiyatlari aniqlangan;
ommaviy bayramlarni sahnalashtirish jarayonida o‘yin ijodiy usul sifatida tomoshalarning badiiy-ifodaviy ta’sirchanligini oshirishi  sababli kishilar ongida vatanparvarlik, bag‘rikenglik, milliy va umumbashariy fazilatlarning kuchayishiga xizmat qilishi dalillangan;
ommaviy bayram tomoshalarida o‘yin intellektual - ijodiy aqliy faoliyat mahsuli bo‘lganligi sababli insonlar o‘rtasida o‘zaro muloqot va ijtimoiy munosabatlarning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ommaviy tomoshani tashkil qilish metodi sifatida o‘yindan foydalanish jarayonlari va uni rivojlantirish istiqbollariga oid ishlab chiqilgan ilmiy natijalar va takliflar asosida:
o‘tmishda rivojlangan an’anaviy o‘zbek xalq tomosha san’atining o‘zagini tashkil qilgan qiziqchi-masxarabozlar, qo‘g‘irchoqbozlar san’ati, baxshichilik, askiya, «Beshqarsaq», «Cho‘pon o‘yin», «Xush-xush», «Lakka-lak» va boshqa turli xalq raqs va o‘yinlari elementlaridan hozirda ham ommaviy bayramlarni sahnalashtirishda asosiy o‘yin elementlari sifatida qo‘llanilayotgani borasidagi xulosalardan 2019 yil 21 martda «Humo Arena» da o‘tkazilgan respublika miqyosidagi “Navro‘z” umumxalq bayrami tadbiriga tayyorgarlik jarayonida, shuningdek, O‘zbekistonning turli maydonlarida o‘tkazilgan “Vatan himoyachilari kuni”, “Xalqaro xotin-qizlar kuni” va Konstitusiya kuniga bag‘ishlangan ommaviy tadbirlarni sahnalashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 19 martdagi 01-12-01-1508-son ma’lumotnomasi). Natijalar milliy qadriyatlar kesimidagi obrazlar, Vatanparvarlik ruhidagi sahnalarda mujassam bo‘lgan, mazkur teatrlashtirilgan tomoshalarning rejissurasi, sahna harakatlari, aktyorlar ijrosi, voqealar dinamikasi – barchasi yaxlit holda ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarimizni ulug‘lash, tinchlik-farovonligimizning qadriga etish g‘oyalarini targ‘ib etishga xizmat qilgan;
ommaviy bayramlarni sahnalashtirish jarayonida o‘yin ijodiy usul sifatida tomoshalarning badiiy-ifodaviy ta’sirchanligini oshirishi sababli kishilar ongida vatanparvarlik, bag‘rikenglik, milliy va umumbashariy fazilatlarning kuchayishiga xizmat qilishiga oid ilmiy asoslangan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirlar, ommaviy bayramlar va konsertlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining 2021 yil 22 apreldagi 30/10-6087-son ma’lumotnomasi). Natijalar Chegara qo‘shinlari ixtisoslashgan harbiy xizmatchilarida katta qiziqish uyg‘otib, ularni dunyo hamjamiyati rivojlanishining zamonaviy talablari hamda unda O‘zbekistonning o‘rni, chin insoniy qadriyatlar haqida fikrlashga undagan;
ommaviy bayram tomoshalarida o‘yin intellektual – ijodiy aqliy faoliyat mahsuli bo‘lganligi sababli insonlar o‘rtasida o‘zaro muloqot va ijtimoiy munosablarning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi borasidagi xulosalardan “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘RQ-694-son qonun loyihasini tayyorlashdi foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Senatining 2021 yil 24 noyabrdagi 8-son ma’lumotnomasi). Natijada aholi, xususan, yoshlarning madaniy saviyasini oshirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda ma’naviy etuk, barkamol shaxslarni tarbiyalashga xizmat qiluvchi madaniy muhit yaratish uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish