Xolmirzaev Xurshid Naqibillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Inson salohiyatining tuzilishi va ijtimoiy mohiyati”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fa1.647.
Ilmiy rahbar: Yuldasheva Farida Xujamkulovna, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03.30.06.2020.Fal.60.04.
Rasmiy opponentlar: Madumarov Talant Tolibjonovich, yuridik fanlari doktori, professor; Xo‘jaev Mo‘minjon Isoxonovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan modernizatsiya jarayonida inson salohiyatining o‘rni, ijtimoiy mohiyati, mazkur salohiyatni insonning ehtiyojlari va manfaatlari asosida taraqqiy etishi hamda yuksalib borishi, uning faoliyati orqali realizatsiya bo‘lish va yuksalib borish omillarini ijtimoiy-falsafiy ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moddiy va ma’naviy resurslar insonga ijtimoiy-antropologik va praksiologik ta’sir ko‘rsatishi natijasida jamiyat va inson salohiyatining dinamik aloqadorligini keltirib chiqarishi falsafiy jihatdan ochib berilgan;
inson salohiyatining strukturasini tashkil etuvchi komponentlari – tug‘ma fazilatlari, inson salomatligi, bilimi, kasbiy mahorati hamda ijodiy va intellektual qobiliyatlarining uyg‘unligi natijasida inson salohiyati ijtimoiy realizatsiya bo‘lib borishi aniqlangan;
inson salohiyati ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning natijasida shakllanib borishi hamda ma’lum bir takomil bosqichiga etganidan so‘ng jamiyat taraqqiyotini ta`minlovchi asosiy sub’ektiv omilga aylanishi ijtimoiy-falsafiy jihatdan isbotlangan;
inson salohiyati praksiologik jihatdan ijtimoiy faoliyat turi ekanligi hamda insoniy maqsad va manfaatlar, ehtiyojlar yuzaga kelishining shakli sifatida namoyon bo‘lishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Inson salohiyatining tuzilishi va ijtimoiy mohiyati mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
moddiy va ma’naviy resurslar insonga ijtimoiy-antropologik va praksiologik ta’sir ko‘rsatishi, bu esa o‘z navbatida jamiyat va inson salohiyatining dinamik aloqadorligini keltirib chiqarishi ochib berilganiga oid ilmiy yangilik, nazariy xulosalar, metodologik tavsiyalar hamda amaliy takliflardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish buyicha chora-tadbirlar dasturi III. Oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlashga doir chora-tadbirlar 11- bandi “Baxtli bo‘lishning 10 sharti” rukni ostida o‘quvchi-yoshlarda Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik tayanch fazilatlari mazmun-mohiyatini yoshlar ongi va qalbiga singdirish hamda ushbu fazilatlarni shakllantirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazining 2022 yil 20 iyundagi 157-son ma’lumotnomasi). Natijada jamiyatda inson salohiyati tushunchasini realizatsiya qilish takomillashtirilgan;
inson salohiyatining strukturasini tashkil etuvchi komponentlari – tug‘ma fazilatlari, inson salomatligi, bilimi, kasbiy mahorati hamda ijodiy va intellektual qobiliyatlari tizimli yondashuv asosida falsafiy tavsiflangan, ularning uyg‘unligi natijasida inson salohiyati ijtimoiy realizatsiya bo‘lib borishi aniqlanganligi asosidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida tashkil etilgan ilmiy, ilmiy-amaliy davra suhbatlari, seminarlar, konferensiyalarda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2022 yil 13 iyundagi 6-son dalolatnomasi). Natijasida inson salohiyati, strukturasi va faoliyat haqidagi davra suhbatlari, seminarlar va konferensiyalarni mazmunan boyitishga xizmat qilgan.