Karaev Voxid Shirinbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslarini takomillashtirish”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped218.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Qurbonova Go‘zal Mamatkarimovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Boltaev Zayniddin Boltaevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor;
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmlari samaradorligini ta’minlovchi motivatsion, kognitiv, metakognitiv pedagogik-psixologik xususiyatlar va motivatsion-maqsadli, tashkiliy-metodik, sub’ektiv-shaxsiy, tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlar andragogik ta’limning intensiv ta’sirchanlik xususiyatlarini hisobga olish asosida ochib berilgan;
malaka oshirish jarayonida jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining reproduktiv, adaptiv, mahalliy-modellashtiruvchi, tizimli-modellashtiruvchi va shaxsiy-modellashtiruvchi kasbiy kompetentlik darajalarini baholashning quyi, o‘rta va yuqori mezonlari hamda nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va innovatsiyalarni qo‘llay olish malakasi borasidagi ko‘rsatkichlari kreativ tafakkur tarzi, o‘quv muammoli vaziyatlar va psixologik ko‘nikmalarni ta’lim amaliyotiga adaptiv qo‘llashga doir ergonomik talablar asosida ishlab chiqilgan;
jismoniy tarbiya o‘qituvchilari kasbiy kompetentligini rivojlantirishning funksional modeli ta’limning maqsadli-mazmunli komponentlarini shakllantirishning yo‘naltirish, faoliyat, jarayon va nazorat bosqichlarini o‘zaro umumiy maqsad tamoyiliga ko‘ra integratsiyalash hamda ta’lim rivojlanishining funksional-faoliyatli, shaxsiy, innovatsion va uslubiy omillari uzviyligini differensial ta’minlash asosida ishlab chiqilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini uzluksiz rivojlantirish tizimi bo‘yicha individual ta’lim dasturlari malaka oshirishning bevosita (offlayn tizimli) va bilvosita (onlayn tizimli, tarmoq dasturli) shakllari bilan uyg‘unlashtirilgan ta’limning universallik, muqobillik va variativlik shakllariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
andragogik ta’limning intensiv ta’sirchanlik xususiyatlarini hisobga olish asosida yoritilgan va umumiy o‘rta ta’lim jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmlari samaradorligini ta’minlovchi motivatsion, kognitiv, metakognitiv pedagogik-psixologik xususiyatlar va motivatsion-maqsadli, tashkiliy-metodik, sub’ektiv-shaxsiy, tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlar bo‘yicha nazariy xulosa va amaliy tavsiyalar “Suzish va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 28 avgustdagi 375-sonli buyrug‘i asosida 375-020-raqamli guvohnoma). Natijada, suzish va uni o‘qitish metodikasi fanining didaktik ta’minoti kasbiy kompetensiya elementlari hisobiga boyitilgan;  
malaka oshirish jarayonida jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentlik darajasini baholash mezonlari hamda ko‘rsatkichlari kreativ tafakkur tarzi, o‘quv muammoli vaziyatlar va psixologik ko‘nikmalarni ta’lim amaliyotiga adaptiv qo‘llashga doir tavsiyalardan YoA-1-012 “Uzluksiz ta’lim yangi avlod o‘quv adabiyotlari va uning elektron darsligini yaratishning metodikasi (“O‘qitish texnologiyalari va loyixalashtirish” fani misolida)” (2016-2017 yy.) amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2022 yil 10 maydagi 02/01-01-09-son ma’lumotnomasi). Natijada, andragogik ta’lim mexanizmlarining intellektual va motivatsion didaktik imkoniyatlarini samarali tatbiq etishga hamda malaka oshirish jarayonlarini tashxis etish samaradorligini oshirishga erishilgan;
ta’limning maqsadli-mazmunli komponentlarini shakllanishning yo‘naltirish, faoliyat, jarayon va nazorat bosqichlarini o‘zaro umumiy maqsad tamoyiliga ko‘ra integratsiyalash hamda ta’lim rivojlanishining funksional-faoliyatli, shaxsiy, innovatsion va uslubiy omillari uzviyligini differensial ta’minlash asosida ishlab chiqilgan jismoniy tarbiya o‘qituvchilari kasbiy kompetentligini rivojlantirishning funksional modeli bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalardan Yo0-A1-009 raqamli “Oliy ta’lim muassasalaridagi fanlarni o‘qitishning metodik sistemasini ishlab chiqish va shu asosida innovatsion elektron o‘quv-uslubiy majmuasini yaratish” (2017-2018 yy.) mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2022 yil 10 maydagi 02/01-01-09-son ma’lumotnomasi). Natijada, jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni rivojlantirish taym-menejmentining innovatsion faoliyat bilan o‘zaro integratsiyasi ta’minlangan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini uzluksiz rivojlantirish tizimi bo‘yicha individual ta’lim dasturlarini malaka oshirishning bevosita va bilvosita shakllari bilan uyg‘unlashtirish asosida ishlab chiqilgan ta’limning universallik, muqobillik va variativlik shakllariga doir taklif va tavsiyalar asosida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Jizzax viloyati teleradiokompaniyasining “Diyor yangiliklari” informatsion dasturida foydalanilgangan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Jizzax viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 28 martdagi 10-12/207-son ma’lumotnomasi). Natijada, jismoniy tarbiya o‘qituvchisining individual ta’lim traektoriyasini belgilash asosida malaka oshirish jarayonlarida kasbiy kompetentlikni rivojlantirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha tadqiqotning ilmiy yangiligini ommalashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish