Dushaboev Olimjon Nazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sinergetik yondashuv asosida talabalarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish», 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2 PhD /Ped3347.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Sodiqov Ulug‘bek, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sinergetik yondashuv asosida talabalarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish tamoyillari tarmoqlanuvchi muhit barqarorligini va uzluksizligini ta’minlash, tasodifiylik, bifurkatsiya va fluktuatsiya jarayonlarida o‘rganilayotgan hodisani o‘zaro funksional aloqadorligida bo‘lgan qismlari tadrijiy rivojlanish pog‘onadorligini belgilash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish modeli ta’limning maqsadli-mazmunli komponentlari shakllanish bosqichlarini o‘zaro integratsiyalash hamda rivojlanishning didaktik omillari uzviyligini differensial ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning fazoviy shakllar haqidagi bilimlarini loyihalash texnologiyalari, tarmoqlanuvchi pedagogik sharoitni yaratish, bilimlarni raqamli ta’lim muhitida transformatsiyalash, ichki va tashqi mantiqiy fikrlash komponentlarini o‘zaro didaktik aloqadorlikda uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning fazoviy tasavvurlari differensiallashgan darajalarni ob’ektiv baholovchi natijaviy tahlilning miqdor va sifat aspektlari adekvatligi, ijodiy fikrlashga oid mantiqiy rivojlantiruvchi hamda milliy qadriyatlar mazmuniga mos refleksiv didaktik topshiriqlarni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogik sinergetika tamoyillari asosida fazoviy tasavvurni rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish tamoyillari tarmoqlanuvchi muhit barqarorligini va uzluksizligi barqrorliligni ta’minlash, tasodifiylik, bifurkatsiya va fluktuatsiya jarayonlarida o‘rganilayotgan hodisani o‘zaro funksional aloqadorligida bo‘lgan qismlari tadrijiy rivojlanish pog‘onadorligini uzluksiz ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Stereometriya masalalarini echish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-son buyrug‘i asosida berilgan 285-011-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning o‘quv faolligini rivojlantirishga doir masalalar echishni tashkil etish imkoniyati yaratilgan;
talabalarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish modeli ta’limning maqsadli-mazmunli komponentlari shakllanish bosqichlarini o‘zaro integratsiyalash hamda rivojlanishning didaktik omillari uzviyligini differensial ta’minlash asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Stereometriya masalalarini echish” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-son buyrug‘i asosida berilgan 285-011-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning fazoviy shakllar haqidagi bilimlarini rivojlantirishga oid masalalar echishni tashkil etish imkoniyati boyitilgan;
talabalarning fazoviy shakllar haqidagi bilimlarini loyihalash texnologiyalari, tarmoqlanuvchi pedagogik sharoitni yaratish, bilimlarni raqamli ta’lim muhitida transformatsiyalash, ichki va tashqi mantiqiy fikrlash komponentlarini o‘zaro didaktik aloqadorlikda uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Algebra” darsligi mamuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘i asosida berilgan 500/4-026-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning fazoviy tasavvurlari hamda o‘quv faoliyatini rivojlantirishga doir masala va misollar echishni tashkil etish imkoniyati yaratilgan;
talabalarning fazoviy tasavvurlari differensiallashgan darajalarni ob’ektiv baholovchi natijaviy tahlilning miqdor va sifat aspektlari adekvatligi, ijodiy fikrlashga oid mantiqiy rivojlantiruvchi hamda milliy qadriyatlar mazmuniga mos refleksiv didaktik topshiriqlarni kiritish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Algebra” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘i asosida berilgan 500/4-026-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning fazoviy tasavvurlari hamda o‘quv faoliyatini rivojlantirishga doir masala va misollar echishni tashkil etish imkoniyati yaratilgan.