Ganiev Baxodirjon Sodiqjonovich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi rivojlanish bosqichida tadbirkorlik faoliyatining ijtimoiy-falsafiy jihatlari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/Fal53.
Ilmiy rahbar: Hakimov Nazar Hakimovich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.06.2020.Fal.60.04 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Muxtarov Azamat, falsafa fanlari doktori, professor; Davronov Ziyot, falsafa fanlari doktori, professor; Mo‘ftaydinov Qiyomiddin Hamdamovich, iqtisod fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.-
II. Tadqiqotning maqsadi yangi taraqqiyot bosqichida jamiyatimiz ijtimoiy-madaniy yuksalish jarayoni tarkibida tadbirkorlik faoliyatini ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inson manfaatlarini ta’minlash kontekstida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining ma’naviy-axloqiy jihatlari bo‘lgan – tadbirkorlarning kasb-kor fazilatlar, individual-ruhiy xislatlar, ijtimoiy-ma’naviy qadriyatlar asosidagi “qiyofasi-imidj” ijtimoiy rivojlantirish paradigmasi prizmasida ochib berilgan;
oilaviy biznesning yangi taraqqiyot bosqichdagi frilanserlik, franshizing va kasanachilik kabi zamonaviy shakllari rivojlanish xususiyatlari va unga ta’sir qilayotgan axborotlashuv va globalizatsiya omillarning pragmatik (amaliy) shakllari mantiqiy asoslangan;
tavakkalchilik jamiyati prizmasida tadbirkorlikni oilaviy sharoit va muhitdan kelib chiqqan holda keng yo‘nalishlarda rivojlantirish uchun tashabbuskorlik, erkin fikrlash va tavakkalchilik kompetensiyalarini rivojlantirish zarurligi aniqlangan;
shaxsning ijtimoiy faolligi, fuqarolik pozisiyasi, intellektual, jismoniy va moliyaviy imkoniyatlari uyg‘unlashuvi natijasida yuzaga keladigan insoniy resurslar tadbirkorlik faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi o‘rnini belgilab beruvchi muhim omil ekanligi isbotlangan;
tadbirkorlik fenomeni ijtimoiy taraqqiyotdagi asosiy harakatlantiruvchi kuch sifatida bunyodkor, moddiy va ma’naviy boyliklar yaratuvchi, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar katalizatori sifatida namoyon bo‘lishi hamda takrorlanmas va innovatsion shaklga ekanligi falsafiy jihatdan ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi rivojlanish bosqichida tadbirkorlik faoliyatinining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini tadqiq etish asosida:
inson manfaatlarini ta’minlashga kontekstida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining ma’naviy-axloqiy jihatlari bo‘lgan – tadbirkorlarning kasb-kor fazilatlar, individual-ruhiy xislatlar, ijtimoiy-ma’naviy qadriyatlar asosidagi “qiyofasi-imidji” ijtimoiy rivojlantirish paradigmasi prizmasida ochib berilganiga oid ilmiy yangilik, nazariy xulosalar, metodologik tavsiyalar hamda amaliy takliflardan  Ma’naviyat va ma’rifat markazining “Kelajakka sarmoya”  ijtimoiy harakatini rivojlantirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazining 2021 yil 1 iyundagi 02/07-06-son ma’lumotnomasi). Natijada, harakatning faoliyatini takomillashtirishga xizmat qildi hamda jamiyat ijtimoiy taraqqiyotida yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, dunyoqarashini o‘stirish va takomillashtirish, yoshlarning ma’naviy-axloqiy kamoloti bo‘yicha olib borilayotgan va erishilgan ulkan tarixiy natijalarning nazariy-falsafiy umumlashmasi sifatida ahamiyatlidir. Yoshlarning qalbidan joy olgan insonparvarlikka yo‘g‘rilgan bag‘rikenglik va vatanparvarlik kabi ma’naviy-axloqiy tamoyillar milliy-ijtimoiy taraqqiyotimizni yangi bosqichga ko‘tarishida xizmat qilgan;
oilaviy biznesning yangi taraqqiyot bosqichidagi zamonaviy shakllari, rivojlanish xususiyatlari va unga ta’sir qilayotgan destruktiv omillarning  pragmatik (amaliy) shakllari mantiqiy asoslanganganiga oid amaliy takliflaridan  O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkor ayol” ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasining xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalari doirasida tadbirkorlik bilimlarini oshirish, ularning professional kasbiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkor ayol” ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasining 2021 yil 24 martdagi 127-son dalolatnomasi). Tadqiqot natijasi amaliy loyihani takomillashtirishga xizmat qildi hamda ayollarning qalbidan joy olgan insonparvarlikka yo‘g‘rilgan bag‘rikenglik va vatanparvarlik kabi ma’naviy-pedagogik tamoyillari jamiyatimiz ijtimoiy taraqqiyotini mustahkamlashga xizmat qilgan;
shaxsning ijtimoiy faolligi, fuqarolik pozisiyasi, intellektual, jismoniy va moliyaviy imkoniyatlari uyg‘unlashuvi natijasida yuzaga keladigan insoniy resurslar tadbirkorlik faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi o‘rnini belgilab beruvchi muhim omil ekanligi isbotlanganiga oid tavsiyalar hamda amaliy takliflardan Farg‘ona davlat universitetida 2017-2020 yillarda bajarilgan OT-F1-100 raqamli “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy faoliyatining badiiy ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuv” mavzuidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2021 yil 06 maydagi 01-1458-son ma’lumotnomasi). Natijalar amaliy loyihani takomillashtirishga va oilalarda tarbiyaviy faoliyat izchilligi hamda tizimli monitoring davomiyligiga bog‘liqligini aniqlashga xizmat qilgan;
shaxsning ijtimoiy faolligi, sofdilligi, islohotlardagi ishtiroki, tadbirkorlikni oilaviy sharoit va muhitdan kelib chiqqan holda keng yo‘nalishlarda rivojlantirish uchun tashabbuskorlik, erkin fikrlash va tavakkalchilik kompetensiyalarini rivojlantirish zarurligi aniqlanganiga oid  ilmiy yangilik, nazariy xulosalari, metodologik tavsiyalari hamda amaliy takliflaridan O‘zbekiston Tadbirkorlar va fermerlarni qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan tadbirkorlar va fermerlar o‘rtasida o‘tkazilgan seminar-treninglarda unumli foydalanilgan(O‘zbekiston O‘zbekiston tadbirkorlar va fermerlarlarni qo‘lllab-quvvatlash markazining 2021 yil 24 martdagi 07/55-son dalolatnomasi). Natijada, markaz tadbirlarining saviyasini yanada boyitishga, ishbilarmonlarda milliy o‘zlikni anglash, uzluksiz milliy tarbiya tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
tadbirkorlik fenomeni ijtimoiy taraqqiyotdagi asosiy harakatlantiruvchi kuch sifatida bunyodkor, moddiy va ma’naviy boyliklar yaratuvchi, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar katalizatori sifatida namoyon bo‘lishi hamda takrorlanmas va innovatsion shaklga ekanligi falsafiy jihatdan ochib berilganiga doir ilmiy yangilik, nazariy xulosalari, metodologik tavsiya hamda amaliy takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining “Yangi O‘zbekiston - Yangicha dunyoqarash” ommaviy yoshlar tadbirlarida foydalanilgan (Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 07 yanvardagi 4-17-23-20-son dalolatnomasi). Natijada, eshittirish va ko‘rsatuvning ssenariysini mazmunan boyitishga,  yoshlarni kasbga yo‘naltirish, tadbirkorlik madaniyatini shakllantirish, innovatsiyalarga intiluvchan shaxsni shakllantirish hamda barkamol avlodning ijtimoiy-falsafiy dunyoqarashini rivojlantirishga doir masalalarini  keng jamoatchilikka etkazishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish