Atqamova Sumanbar Asqarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Frazeologizm mediamatnda ifodalash va baholashning uslubiy vositasi sifatida (turli tizimli tillar gazeta matnlari asosida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (ingliz tili) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1977.
Ilmiy rahbar: Teshabaeva Dilfuza Mo‘minovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov G‘anisher Xudoyqulovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz, o‘zbek va rus mediamatnlarining ekspressivlik va baholash xususiyatlarini frazeologizmlar orqali qiyosiy-chog‘ishtirma aspektda o‘xshash va farqli jihatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz, o‘zbek va rus gazeta mediamatnmatnlarida frazeologizmlarning muqobillik va muqobilsizlik darajasini aniqlash orqali ularning ijobiy va salbiy baholashga oid xususiyatlarining semantik maydonlarda namoyon bo‘lishi axborot oqimi va jurnalistning individual kasbiy kompetensiyasi bilan bog‘liqliligi dalillangan;
ingliz, o‘zbek va rus gazeta mediamatnlarida obrazlilikka ega frazeologizmlarning troplardan hosil bo‘lish ikoniyatlarini ochish orqali metafora, metonimiya, giperbola, litota, ironiya kabi troplarning olamning lisoniy tasvirini shakllantiruvchi lingvomadaniy xususiyatlari ochib berilgan;
ekvivalentsiz (muqobilsiz) frazeologizmlarning bir vaqtning o‘zida bir necha tillarga xos bo‘lgan mazmun tizimida semantik muvofiqliklarga ega emasligi turli tizimli tillardagi gazeta matnlarida qo‘llaniladigan frazeologizmlarning o‘zlashish manbalarini aniqlash orqali (ingliz tilida – Injil, antik mifologiya, lotin, fransuz, nemis, ispan tillari; o‘zbek tilida – Qur’on, tojik tili, rus tili, ingliz tili; rus tilida - Injil, eski slavyan tili, antik mifologiya, ingliz tili, fransuz tili, nemis tili) isbotlangan;
ingliz, o‘zbek va rus tili gazeta mediamatnlarining milliy-madaniy xususiyatlari ekspressiv va baholash frazeologizmlarining mamnuniyat, muhabbat, quvonch, omad, umid, hayrat va do‘stlik kabi ijobiy, g‘azab, achchig‘lanish, o‘kinch, bezovtalik, is’yon, umidsizlik, haqorat, qayg‘u, qo‘rquv, nafrat va omadsizlik kabi salbiy konseptual maydonlarni aniqlash orqali isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz, o‘zbek va rus mediamatnlarining ekspressivlik va baholash xususiyatlarini frazeologizmlar orqali chog‘ishtirma tadqiq etish asosida:
ingliz, o‘zbek va rus gazeta mediamatnlarida obrazlilikka ega frazeologizmlarning troplardan hosil bo‘lish ikoniyatlarini ochish orqali metafora, metonimiya, giperbola, litota, ironiya kabi troplarning olamning lisoniy tasvirini shakllantiruvchi lingvomadaniy xususiyatlariga oid natijalaridan O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasining OAVning lisoniy xususiyatlarini frazeologizmlar orqali ifodalash va ular yordamida turli tizimli tillar mediamatnlarini ularning milliy-madaniy xususiyatlarini saqlagan holda tarjima qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasining 2021 yil 07 iyundagi 01-03/760-son ma’lumotnomasi). Natijada tatbiq etilgan materiallar turli tizimli tillardagi gazeta mediamatnlarida frazeologizmlarning milliy-madaniy xususiyatlarini ochib berishga xizmat qilgan;
ekvivalentsiz (muqobilsiz) frazeologizmlarning bir vaqtning o‘zida bir necha tillarga xos bo‘lgan mazmun tizimida semantik muvofiqliklarga ega emasligi turli tizimli tillardagi gazeta matnlarida qo‘llaniladigan frazeologizmlarning o‘zlashish manbalariga oid xulosalardan 2014-2015 yillarda amalga oshirilgan I-204-4-5-raqamli «Ingliz tili mutaxassislik predmetlardan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish» nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida kommunikativ qobiliyatni oshirish va ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlashga qaratilgan uslubiy tavsiyalarni ishlab chiquvchi yangi yondashuv sifatida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 21 iyundagi 1332/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot materiallari ushbu loyihaning virtual onlayn lug‘atlarini boyitishga xizmat qilgan;
ingliz, o‘zbek va rus tili gazeta mediamatnlarining milliy-madaniy xususiyatlarini frazeologizmlar muqobilligi, muqobilsizligi va analoglar yordamida tarjima qilishda hosil bo‘lgan semantik, pragmatik, lingvomadaniy jihatlariga oid xulosalardan OT-A1-53-raqamli Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida «Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakul`teti uchun «Translation in Use» darsligini yaratish va nashr qilish» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida yaratilgan «Written Translation» va «Consecutive Translation» darsliklarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2021 yil 09 iyuldagi 04/1540-son ma’lumotnomasi). Natijada tadbiq etilgan tadqiqot materiallari turli tizimli tillar gazeta mediamatnlarida qo‘llaniladigan muqobillikka ega frazeologizmlarning lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishga xizmat qilgan.