Raxmatova Marhabo Rasulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Moddalar almashinuvi uchun javobgar genlar polimorfizmini hisobga olgan holda yunior va kadet sportchilarda tananing kompozision tarkibi va neyrofiziologik xarakteristikasi», 14.00.38– Sport tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1314.
Ilmiy rahbar: Mavlyanov Zafar Iskandarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, PhD.10/30.12.2019.Tib.69.01.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Roza Talanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Agzamova Shoira Abdusalamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi: Moddalar almashinuvi uchun javobgar genlar polimorfizmini hisobga olgan holda yunior va kadet sportchilarda tananing kompozision tarkibi va neyrofiziologik jihatdan tavsiflash va baholash, ularning ADRB2, ADRB3 genlari allel-genotipik variantlari bilan aloqadorligini aniqlash iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor velosport va engil atletika sport turlari bilan shug‘ullanuvchi yunior va kadet sportchilarda ADRB2, ADRB3 genining allel-genotipik variantlarining tarqalganlik darajasi asoslangan;
sportning engil atletika va velosport turlari bilan shug‘ullanuvchi yunior va kadet sportchilarda ADRB2, ADRB3 sport genlari allel va genotip variantlari bilan tananing kompozision ko‘rsatkichlari hamda neyrofiziologik xususiyatlari orasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
ADRB2 genining A allel` A/A genotip variantiga, ADRB3 genining T allel` T/T genotip variantiga ega velosport va engil atletika sport turlari bilan shug‘ullanuvchi yunior va kadet sportchilarning mashg‘ulotlar mobaynida uzoq muddat jismoniy faollikni saqlay olishlari, bu esa ularda yuqori natijadorlikka sabab bo‘lishi isbotlangan;
ADRB2 genining A allel` A/A, ADRB3 genining T allel` T/T genotip variantlarini uchrashi velosport bilan shug‘ullanuvchi sportchilarda ko‘proq, engil atletika bilan shug‘ullanuvchi yunior va kadet sportchilarda esa kam uchrashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Moddalar almashinuvi uchun javobgar genlar polimorfizmini hisobga olgan holda yunior va kadet sportchilarda tananing kompozision tarkibi va neyrofiziologik xarakteristikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sportning engil atletika va velosport turlari bilan shug‘ullanuvchi yunior va kadet sportchilarda ADRB2, ADRB3 sport genlari allel va genotip variantlari bilan tananing kompozision ko‘rsatkichlari hamda neyrofiziologik xususiyatlari orasidagi bog‘liqlik aniqlash natijalari asosida ishlab chiqilgan «Yunior va kadet sportchilarining tananing kompozision tuzilishi va neyrofiziologik xususiyatlarini aniqlovchi dasturini qo‘llanilishini baholash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 sentyabrdagi 8n-r/801 son xulosasi) Mazkur uslubiy tavsiyanoma engil atletika va velosport bilan shug‘ullanuvchilar orasidan istiqbolli sportchilarni tanlash imkonini bergan;
ADRB2 genining A allel` A/A genotip variantiga, ADRB3 genining T allel` T/T genotip variantiga ega engil atletika va velosport sport turlari bilan shug‘ullanuvchi yunior va kadet sportchilarning mashg‘ulotlar samaradorligi va ularning musobaqalarda natijadorligini oshirishga yordam berishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Moddalar almashinuvi uchun javobgar genlar polimorfizmini hisobga olgan holda yunior va kadet sportchilarda tananing kompozision tarkibi va neyrofiziologik xarakteristikasini baholash metodi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 22 oktyabrdagi 8n-z/378-son xulosasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma sport musobaqalarida samaradorlik va yutuqlar sonini oshirish imkoniyatlarini o‘rganish va tahlil qilish metodologiyasini takomillashtirishning muqobil variantini tanlash imkonini bergan;
moddalar almashinuvi uchun javobgar genlar polimorfizmini hisobga olgan holda yunior va kadet sportchilarda tananing kompozision tarkibi va neyrofiziologik xarakteristikasini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning sport tibbiyoti amaliyotiga, jumladan Buxoro shahar 1-son bolalar va o‘smirlar sport maktabi hamda sportning o‘yin turlari va engil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan Buxoro bolalar va o‘smirlar sport maktablarining amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2022 yil 24 maydagi 8-14022-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi engil atletika va velosport bilan shug‘ullanadigan yunior va kadet sportchilarning mashg‘ulotlarda samaradorligi, sifatini va o‘yin natijadorligi oshirishda tananing kompozision tuzilishi ko‘rsatkichlari va neyrofiziologik xususiyatlari hamda Arg/Arg geni genotip variantlari orasida aniq bog‘liqlik mavjudligi, eng zo‘r chidamlilik ko‘rsatkichini baholash uchun tanlangan ADRB2 genining Arg/Arg genotipiga va ADRB3 geni Trp/Trp genotipiga ega sportchilar orasida uzoq muddat davomida mashg‘ulotlarda chidamlilikni ta’minlab berish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish