Umarova Nilufar Turapovnaning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi o‘zbek she’riyatida lirik tafakkur va milliy etikaning badiiy uyg‘unligi (Nazar Shukur, A’zam O‘ktamlar she’riyati misolida)”, 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1424.  
Ilmiy rahbar: Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Hasanov Shavkat Ahadovich, filologiya fanlari doktori, professor; Davlatova Adiba Raxmatovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi o‘zbek she’riyatida milliylik va milliyatga xos xususiyatlarni lirik sathda aks ettirish masalasini ochib berish, Nazar Shukur va A’zam O‘ktamlar ijodida lirik tafakkurning milliy etika bilan badiiy uyg‘unligi muammosini nazariy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
lirik tafakkur va milliy etika uyg‘unligining oila, oilaviy tarbiya haqidagi badiiy-tarixiy, milliy qadriyatlarni ma’naviy kamolot omili ekanligining ilmiy-nazariy omillari belgilanib, shu asosda shoir individual tafakkuri, estetik ideali takomilida mazkur uyg‘un kategoriyalar ahamiyati ochib berilgan;
70-80-yillardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit, yangi o‘zbek she’riyatiga xos xalqona etiket, ijtimoiy dard, milliy axloq normalarini ifodalashda mazmun-shakl o‘zgarishlari, ma’naviy, falsafiy axloqiy-estetik qarashlar takomili va uning lirik tafakkur bilan uyg‘unligi asoslangan;
Nazar Shukur she’riyatida xalqona etiket, ijtimoiy dard, milliy axloq normalarining o‘rni va ularning lirik ifoda etish usullari hamda vositalari shoir biografiyasi va ijodida milliy etikaning individual lirik shaxsiyatga o‘zlashishdagi fenomenal xossalarini muqoyasa qilish orqali belgilangan;
A’zam O‘ktam she’riyatiga asos bo‘lgan diniy-ma’rifiy etiketlar, ularning shoir ijtimoiy dardini poetik ifodalashdagi ahamiyati ko‘rsatilib, milliy etikaning individual lirik shaxsiyatga o‘zlashish jarayonidagi fol`klor hamda mumtoz lirika an’analarining o‘rni va badiiy funksiyasi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Yangi o‘zbek she’riyatida lirik tafakkur va milliy etikaning badiiy uyg‘unligi (Nazar Shukur, A’zam O‘ktamlar she’riyati misolida)” mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot  natijalari asosida:
A’zam O‘ktam she’riyatiga asos bo‘lgan diniy-ma’rifiy etiketlar, ularning shoir ijtimoiy dardini poetik ifodalashdagi ahamiyati ko‘rsatilib, milliy etikaning individual lirik shaxsiyatga o‘zlashish jarayonidagi fol`klor hamda mumtoz lirika an’analarining o‘rni va badiiy funksiyasi aniqlanganligiga doir nazariy xulosalar va amaliy  tavsiyalardan F1-FA-0-43429, FA-F1, G002 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish”(2012-2016yy)hamda FA-F1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” (2017-2020 yy.) mavzusidagi fundamental loyihalarda belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022 yil 27 maydagi 17-01-122-son ma’lumotnomasi). Natijada birlamchi manbalar va ularning talqinlari sintezi kabi tushunchalar haqida batafsil ma’lumot olish imkoniyati vujudga kelgan;
70-80-yillardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit, yangi o‘zbek she’riyatiga xos xalqona etiket, ijtimoiy dard, milliy axloq normalarini ifodalashda mazmun-shakl o‘zgarishlari, ma’naviy, falsafiy axloqiy-estetik qarashlar takomili va uning  lirik tafakkur bilan uyg‘unligi asoslanganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo‘limi tomonidan bajarilgan “Mitti yulduz” jilolari yoxud Abdulla Oripov izdoshlari huzurida” mavzusidagi 54-10/104 (2018-2019yy) raqamli loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo‘limining 2021 yil 15 yanvardagi 3-son ma’lumotnomasi) Natijada o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan axloqiy-estetik, diniy-ma’rifiy  qarashlar, milliy qadriyatlar, urf-odatlarning poetik yo‘sinda ifoda etilishi  milliy adabiyotimizga o‘ziga xos tarzda yondashish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish