Zinatullaev Ziyodilla Izzatilla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “VIII–XII asrlarda islomning Markaziy Osiyoga yoyilishi va boshqaruv tizimining o‘zgarishi”, 24.00.01 – “Islom tarixi va manbashunosligi” (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tar443.
Ilmiy rahbar: Munavvarov Zohidullo Inomxodjaevich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.IsI/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Abduhalimov Bahrom Abdurahimovich, tarix fanlari doktori, professor; Umarov Shukurillo Xursandmurodovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi islom dinining Markaziy Osiyoga kirib kelishi natijasida mintaqada yangicha boshqaruv tizimining shakllanish jarayonlari evolyusiyasining o‘ziga xos jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Islomning Markaziy Osiyoga yoyilishi uzoq davom etgani sababli uni 2 bosqichga bo‘lishdan ko‘ra, quyidagi 5 bosqichga (644-705 yy. ‒ hududning harbiy holatini o‘rganish, 705-715 yy. ‒ Movarounnahrning fath (الفتوحات) etilishi, 715-750 yy. ‒ dindan qaytgan hududlarga harbiy yurishlar, 750-820 yy. ‒ qo‘zg‘olonlarni bostirish va faol targ‘ibot davri, 820-960 yy. ‒ somoniylarning g‘ayridin qabilalarga qarshi g‘azavotlari) bo‘lib davrlashtirish tarixiy jihatdan to‘g‘ri ekani isbotlangan;
Abbosiylar davlatidagi mamluk (مملوك)lar tizimi (qullardan tashkil topgan qo‘shin) aslida janglarda mohir va xojalariga sadoqatli bo‘lgan turk va sug‘d chokarlaridan iborat qo‘shin turidan o‘zlashtirilganligi aniqlangan;
Qoraxoniylar islom boshqaruvini (الادارة الاسلامية) o‘zlashtirgan bo‘lsa-da, uni milliylashtirish maqsadida mahalliy ko‘chmanchilik an’ana va qadriyatlari asosida tashkil etgani ularga xos “biruk” (بيروك), “ag‘ichi” (أغيجي), “qushchi” (قوشجي), “chovush” (جاوش), “xaylboshi” (خيلباشي) singari rasmiy lavozimlarni ta’sis etilishi misolida dalillangan;
VIII-xiI asrlarda davlat manfaatlaridan kelib chiqqan holda masjid (مسجد), madrasa (مدرسة) va ilmiy markaz (الأكاديمية)lar shariatga muvofiq savobni to‘liq qilish maqsadida faqatgina shaxsiy mablag‘lardan bunyod etilgani Ibrohim ibn Nasrning Tamg‘ach Bug‘roxon madrasasi va Shams Mulkning Namozgoh masjidi hamda saljuqiy Sulton Sanjar tomonidan qurdirilgan Qusamiya madrasalari misolida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. VIII–XII asrlarda islomning Markaziy Osiyoga yoyilishi va boshqaruv tizimining o‘zgarishi mavzusidagi ilmiy tadqiqot natijasi asosida:
Qoraxoniylar islom boshqaruvini o‘zlashtirgan bo‘lsa-da, uni milliylashtirish maqsadida mahalliy ko‘chmanchilik an’ana va qadriyatlari asosida tashkil etgani ularga xos “biruk” (martabali mehmonlarni qabul qiluvchi), “ag‘ichi” (xazinachi), “qushchi” (hukmdor uchun ov tashkil etuvchi), “chovush” (kichik ofiser), “xaylboshi” (otliqlar boshlig‘i) singari rasmiy lavozimlarni ta’sis etilishi misolida dalillangani haqidagi ma’lumotlar Din ishlari bo‘yicha qo‘mita buyurtmasi asosida tayyorlangan “Yordamchi tarixiy fanlar” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 06 oktyabrdagi 522-son buyrug‘i). Natijada akademiya talabalarining o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy tarixiga oid bilimlarini mukammallashtirishga xizmat qilgan;
VIII-xiI asrlarda masjid, madrasa va ilmiy markazlar shariatga muvofiq savobni to‘liq qilish maqsadida faqatgina shaxsiy mablag‘lardan bunyod etilgani Ibrohim ibn Nasrning Tamg‘ach Bug‘roxon madrasasi va Shams Mulkning Namozgoh masjidi hamda saljuqiy Sulton Sanjar tomonidan qurdirilgan Qusamiya madrasalari misolidaisbotlangani haqidagi xulosalardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi buyurtmasi asosida tayyorlangan “O‘rta asr sharq allomalari” ensiklopediyasini shakllantirishda foydalanilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022 yil 22 iyuldagi 02/353-son ma’lumotnomasi). Natijada Uchinchi Renessans poydevori yaratilayotgan bugungi sharoitda yosh tadqiqotchilarning ajdodlar ilmiy merosini yanada chuqurroq o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarining ortishiga xizmat qilgan;
Islomning Markaziy Osiyoga yoyilish jarayonlari, mintaqa arab xalifaligi tarkibiga kiritilishi natijasida uning hududida yangicha boshqaruv tizimining qaror topishi, X asrdan boshlab formal jihatdan arab xalifaligi tarkibidagi, lekin amalda mustaqil bo‘lgan Markaziy Osiyodagi milliy davlatlar boshqaruv tizimining shakllanishi, uning Birinchi Renessansdagi roli haqidagi xulosalardan Islom sivilizatsiyasi markazi buyurtmasi asosida chop etilgan 24/8-2020, 24.08.2020 y. “Islomning Markaziy Osiyoga yoyilishi: Movarounnahrda diniy-ma’naviy va ilmiy-madaniy markazlarning shakllanishi va rivojlanishi” loyihasi doirasida tayyorlangan “Movarounnahr ilmiy markazlari” al`bom-kitobda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazining 2022 yil 8 avgustdagi 589-son ma’lumotnomasi). Natijada Markaziy Osiyodagi ilm-fan markazlarining tashkil etilishi va taraqqiyoti haqidagi bilimlarning boyishiga xizmat qilgan;
Abbosiylar davlatidagi mamluklar tizimi (qullardan tashkil topgan qo‘shin) aslida janglarda mohir va xojalariga sadoqatli bo‘lgan turk va sug‘d chokarlaridan iborat qo‘shin turidan o‘zlashtirilganligi haqidagi ma’lumotlar Din ishlari bo‘yicha qo‘mita buyurtmasi asosida tayyorlangan “Vspomogatel`nie istoricheskie dissiplini” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-son buyrug‘i). Natijada akademiya talabalarining Markaziy Osiyoda islom dinining yoyilishi va uning boshqaruv tizimiga ta’siri haqidagi bilimlarini ortishiga xizmat qilgan;
Islomning Markaziy Osiyoga yoyilish jarayonlari, mintaqa arab xalifaligi tarkibiga kiritilishi natijasida uning hududida yangicha boshqaruv tizimining qaror topishi, X asrdan boshlab formal jihatdan arab xalifaligi tarkibidagi, lekin amalda mustaqil bo‘lgan Markaziy Osiyodagi milliy davlatlar boshqaruv tizimining shakllanishi, uning Birinchi Renessansdagi roli haqidagi xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanali orqali efirga uzatiladigan “Tarixiy savol” tizimli ko‘rsatuvlar ssennariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 04 martdagi 02-40-315-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv mavzulari ilmiy asoslangan va milliy davlatchilik shakllanish jarayonlari hamda ilm-fan taraqqiyotining yuzaga chiqish bosqichlari haqida tomoshabinlarning tarixiy bilimlari ortishiga xizmat qilgan.