Akramov Sherzod Xalmirzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Istiqlol davri o‘zbek qissalarida milliy ozodlik kurashchilari obrazi talqini”, 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1564.
Ilmiy rahbar: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: G‘aniev Ilhom Muzafarovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi istiqlol davri o‘zbek qissalarida milliy ozodlik kurashchilari obrazining poetik takomili muammosini ilmiy-nazariy asosda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy ozodlik kurashchilari obrazi badiiy tasvirining genezisi qadimgi toshbitiklardagi To‘nyuquq, Kultegin, Bilga qoon va Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi Iskandar obrazlariga bog‘lanishi, milliy uyg‘onish davri namoyandalari asarlaridagi Sohibqiron Amir Temur hamda mustaqillik davri qissalaridagi istiqlolchilik harakati rahnamolari Madaminbek va Shermuhammadbek obrazlari tasvirida takomilga erishgani asoslangan;
istiqlol davri o‘zbek qissalarida milliy ozodlik kurashchilari obrazi tadriji asarning milliy istiqlol mafkurasiga muvofiqligi va unda millat ruhiyatining aks etishi, badiiy obraz tasvirida milliy axloq mezonlariga (vatanparvarlik, insonparvarlik, taraqqiyparvarlik, adolatparvarlik) tayanilganlik darajasi, millat adabiy-estetik tafakkuri rivojidagi o‘rnini belgilash singari tamoyillar asosida baholangan;
zamonaviy qissalarda milliy ozodlik kurashchilari obrazini yaratishda nutqni individuallashtirish, badiiy tafsil, peyzaj, saj’, o‘xshatish, dialog va monolog singari badiiy tasvir vositalarining o‘rni asoslangan hamda individual badiiy uslub obraz tasvirining asosi ekanini isbotlangan;
muallif ijodiy niyatini ifodalashda personajlar portreti va xarakteri tasvirining o‘rni hamda badiiy konseptual funksiyasi ilmiy-nazariy dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Istiqlol davri o‘zbek qissalarida milliy ozodlik kurashchilari obrazi badiiy talqini bo‘yicha olib borilgan tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
milliy ozodlik kurashchilari obrazi genezisi qadimgi toshbitiklardagi To‘nyuquq, Kultegin, Bilga hoqon va Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi Iskandar obrazlariga bog‘lanishi, jadid adabiyotida Amir Temur hamda mustaqillik davri qissalarida Madaminbek va Shermuhammadbek obrazlari tasvirida takomilga erishganiga oid qarashlardan hamda milliy ozodlik kurashchilari obrazi tadriji, milliy istiqlol mafkurasiga muvofiqligi va unda millat ruhiyatining aks etishi; badiiy obraz tasvirida milliy axloq mezonlariga (vatanparvarlik, insonparvarlik, taraqqiyparvarlik, adolatparvarlik) tayanilganlik darajasi, millat adabiy-estetik tafakkuri rivojidagi o‘rnini belgilash singari ishda aniqlangan tamoyillarga doir tahliliy fikr va xulosalardan OT-F1-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7-jild) chop etish” (2017-2020) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 30 maydagi 04/1-1042-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha muallif ijodiy niyatini ifodalashda personajlar portreti va xarakteri tasvirining o‘rni hamda badiiy konseptual funksiyasiga doir nazariy qarashlar bilan boyitilgan.
mustaqillik davri qissalarida ko‘zga tashlanadigan milliy ozodlik kurashchilari obrazi konsepsiyasi, ijtimoiy-falsafiy, badiiy-psixologik, nazariy-poetik tamoyillarning belgilanishi qayta baholash prinsiplarini aniqlab olishda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” (2012-2016 yy.) hamda FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” (2017-2020 y.y.) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda (asosan, e’lon qilingan maqola va tezislardan) foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 24 maydagi 17.01/101-son ma’lumotnomasi). Natijada individual badiiy uslub obraz tasvirining asosi ekanini nazariy baholash masalasini yoritib berish qanday namoyon bo‘lgani haqidagi mulohazalarni boyitish imkonini bergan.