Nuriddinov Shohobiddin Babayarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Komil Xorazmiy devoni manbalari genealogiyasi va matn tanqidi muammosi”, 10.00.10 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Fil235.
Ilmiy maslahatchi: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01 (bir martalik Ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Sulaymonov Isroiljon Isomiddinovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; To‘xliev Boqijon, filologiya fanlari doktori, professor; G‘ayipov Dilshod Qadambaevich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zFA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Komil Xorazmiy she’riy asarlari qo‘lyozma va toshbosma manbalari hamda nashr nusxalarini qiyosiy-matniy tahlil qilish, ijodkor lirik asarlarida matn tarixi, tanqidi va tahriri muammolarini ochib berish, shoirning o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixida tutgan o‘rnini qayta baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy o‘zbek matnshunosligida ilmiy-tanqidiy matn nazariyasi va amaliyoti Alisher Navoiy asarlari misolida takomilga erishgani dalillanib, buyuk shoir xalaflari, jumladan Komil Xorazmiy devoni qo‘lyozmalari genealogiyasini tekshirishda ana shu tajribadan foydalanish zarurati hamda matn tarixi muammosining matnshunoslikdagi tadriji ko‘rsatib berilgan;
Komil Xorazmiy devonining qo‘lyozma va toshbosma nusxalari, arxiv hujjatlari asosida shoir adabiy merosi manbalarining mufassal ilmiy tasnifi va tavsifi amalga oshirilgan hamda shu paytga qadar ilm ahliga ma’lum bo‘lmagan 58 g‘azal, 1 murabba’, 16 muxammas, 8 musaddas, 1 musamman, 6 qasida, 7 masnaviy, 16 ta’rix va 12 ruboiy – jami 3842 misradan iborat she’rlari aniqlanib, ilmiy istifodaga olib kirilgan;
shoir asarlari qo‘lyozmalari va nashr nusxalari qiyosiy tekshirilishi natijasida matnni qisqartirish, noto‘g‘ri tabdil qilish bilan bog‘liq kamchiliklar aniqlanib, birlamchi manbalar asosida g‘azal, muxammas, musaddas, qasida kabi janrlardagi she’rlarning joriy imlodagi nashrlardan tushirib qoldirilgan 142 misra matnlari asliyatga muvofiq tarzda qayta tiklangan;
matn tarixi negizida lirik she’rlarida shoir badiiy niyatining, asarni yaratishdan ko‘zlangan maqsad va rejalarining yuzaga chiqishiga ta’sir etgan ijodkor dunyoqarashi va e’tiqodi, irfoniy ishqqa doir tutumi, sayohat taassurotlari, haqiqat va adolatga doir qarashlari, zamondoshlari obrazini yaratish niyati kabi omillar belgilanib, Komil asarlari matnlarining tadrijiy takomili dalillangan;
Komil devoni qo‘lyozmalarida matn tahririning ikki turi - muallif va kotib tahriri kuzatilishi, so‘z, jumla, misra, bayt va bandlar o‘ziga xos uslubda ma’lum tamoyillar bilan tahrir etilgani, kotiblar ba’zan matn ichida ma’lum belgilardan foydalangan bo‘lsa, ayrim hollarda hech qanday belgisiz hoshiyada yoki matnning ichida qo‘shimchalar kiritgani, shoir asarlarida matn tahriri: birinchidan, “nusxa” (نسخه)  izohi orqali, ikkinchidan, “qanotcha” belgisi (۷) vositasida, uchinchidan, خ   va م harflari bilan, to‘rtinchidan, misralar tartibining o‘zgartirilishi, beshinchidan, hech bir belgisiz amalga oshirilgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Komil Xorazmiy she’riy asarlari matni tarixi va manbalarining qiyosiy-matniy tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Komil Xorazmiy devonining qo‘lyozma va toshbosma nusxalari, arxiv hujjatlari asosida shoir adabiy merosi manbalarining mufassal ilmiy tasnifi va tavsifi amalga oshirilgan hamda shu paytga qadar ilm ahliga ma’lum bo‘lmagan 58 g‘azal, 1 murabba’, 16 muxammas, 8 musaddas, 1 musamman, 6 qasida, 7 masnaviy, 16 ta’rix va 12 ruboiy – jami 3842 misradan iborat she’rlari aniqlanib, ilmiy istifodaga olib kirilganligiga oid ilmiy xulosalardan  OT-F1-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7-jild) chop etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Alisher nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 06 iyundagi 04/1-1088-son ma’lumotnomasi). Natijada Komil Xorazmiyning qo‘lyozma va toshbosma manbalardan yangi topilgan she’riy asarlari yurtimiz milliy-ma’naviy va adabiy merosining ajralmas qismi ekani isbotlangan hamda ushbu asarlarning ma’naviyatimiz va adabiyotimiz tarixida tutgan o‘rnini ochib berish imkonini bergan;
shoir asarlari qo‘lyozmalari va nashr nusxalari qiyosiy tekshirilishi natijasida matnni qisqartirish, noto‘g‘ri tabdil qilish bilan bog‘liq kamchiliklar aniqlanib, birlamchi manbalar asosida g‘azal, muxammas, musaddas, qasida kabi janrlardagi she’rlarining joriy imlodagi nashrlardan tushirib qoldirilgan 142 misra matnlari asliyatga muvofiq tarzda qayta tiklanganiga oid ilmiy xulosalardan  OT-F1-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7-jild) chop etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 06 iyundagi 04/1-1088-son ma’lumotnomasi). Natijada Komil Xorazmiy devonining qo‘lyozma va toshbosma manbalardan yangi topilgan she’riy misralar shoir adabiy merosi nashrlaridagi bo‘shliqni to‘ldirish imkonini bergan;
matn tarixi negizida lirik she’rlarida shoir badiiy niyatining, asarni yaratishdan ko‘zlangan maqsad va rejalarining yuzaga chiqishiga ta’sir etgan: 1) ijodkor dunyoqarashi va e’tiqodi; 2) irfoniy ishqqa doir tutumi; 3) sayohat taassurotlari; 4) haqiqat va adolatga doir qarashlari; 5) zamondoshlari obrazini yaratish niyati kabi omillar belgilanib, Komil asarlari matnlarining tadrijiy takomili dalillanganiga doir xulosalaridan PZ-20170926459 – “Navoiyshunoslik tarixi” (XX-XXI asrlar)” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 06 iyundagi 04/1-1087-son ma’lumotnomasi). Natijada Komil Xorazmiy adabiy merosining yangicha talqini, shoir lirikasining o‘zbek mumtoz o‘zbek adabiyotidagi mavzular va janrlar takomilida tutgan o‘rnini belgilash imkonini bergan;   
matn tanqidi va ilmiy-tanqidiy matnga doir nazariy qarashlar evolyusiyasi yoritilib, zamonaviy o‘zbek matnshunosligida ilmiy-tanqidiy matn nazariyasi va amaliyoti Alisher Navoiy asarlari misolida takomilga erishgani dalillangan, buyuk shoir xalaflari, jumladan Komil Xorazmiy devoni qo‘lyozmalari genealogiyasini tekshirishda ana shu tajribadan foydalanish zarurati hamda matn tarixi muammosining matnshunoslikdagi tadriji ko‘rsatib berilganligiga doir ilmiy xulosalaridan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Mavzu”, “Tarixiy savol”, “Javohir” va “Taqdimot” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat davlat muassasasining 2022 yil 06 iyundagi 06-28-540-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlar ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilib, ularning ilmiy-ma’rifiy saviyasi oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish