Saidova Nargiza Maxmudovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: “Saudiya realistik hikoyasining shakllanishi va rivojlanishi”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil.560.
Ilmiy rahbar: Shomusarov Shorustam Giyasovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.2019.Fil/Tar.21.01.
Rasmiy opponentlar: Muxibova Ul`fatxon Uchkunovna, filologiya fanlari doktori, professor; Rashidova Nargiza Baxtiyarovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Saudiya realistik hikoyasining shakllanish va rivojlanish bosqichlarini ochib berish, shuningdek, Saudiya adiblarining realistik ijodida aks etgan ijodiy konsepsiyasining o‘ziga xosligini asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neft` qazib olinishi, milliy matbuotning rivojlanishi, ma’rifiy harakat va ma’rifiy g‘oyalarning keng tarqalishi, arab davlatlaridan kelgan adabiyot va muhojirlarning ta’siri, ilk bosma nashrlarning paydo bo‘lishi Saudiya adabiyotida yangi turdagi hikoyaning rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar bo‘lganligi dalillangan;
XX asrning ikkinchi yarmidagi Saudiya hikoyalarining aksariyati saudiyalik voqelik realiyalari, milliy mentalitet va jamiyat ongini o‘zida aks ettirishi aniqlanib, jamiyatning dolzarb muammolarini ochib berishga qaratilganligi asoslangan;
o‘z hikoyalarida nafaqat mazlum va huquqlari poymol qilingan ayollarning ahvolini tasvirlashga, balki o‘z huquqlari va jamiyatdagi o‘rni uchun kurashishga da’vat qilishga chorlaydigan yozuvchi ayollar Saudiya realistik hikoyachiligi janrining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shganligi isbotlangan;
Saudiya hikoyasida realizmning transformatsiyasi tasviriy imkoniyatlarning kengayishi va yozish texnologiyasining modernizatsiyasi, shuningdek, badiiy matnni anglab tushunish funksiyasining kuchayishi tufayli yuzaga kelgani aniqlangan;
XX asrning oxirgi choragi va XX asr boshlaridagi realistik hikoya qahramonlarning psixologik kechinmalarida chuqur ongini ochib berish, ijodiy ziyolilar vakillarining chuqur yolg‘izlik manzarasini tasvirlash, odamning oshib borayotgan dramatizmi va fojeali begonalashuvining kuchayishi ong oqimi, “eksperimental yozish”, sahna elementlarini kiritish, fragmentarlik va fleshbek kabi modernizmning badiiy uslublaridan foydalangan holda o‘z ifodasini topganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Saudiya realistik hikoyasining shakllanishi va rivojlanish masalasini o‘rganish yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
zamonaviy Saudiya adabiyotining shakllanishi va rivojlanishi xususiyatlariga oid tadqiqotning nazariy va amaliy materiallari adabiy jarayon va turli janrlar rivoji, bu davrda ijod qilgan mashhur shoir, yozuvchilar hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlar va ularning asarlaridan parchalar “Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uchun hozirlangan “Literatura Saudii” (“Saudiya adabiyoti”) darsligini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘i, 500-270-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarga zamonaviy Saudiya adabiyotining shakllanishi va rivojlanishiga oid keng ko‘lamdagi ma’lumotlar etkazilib, bakalavr talabalarining bilim darajalarini oshirishga nazariy va amaliy yordam bergan;
yangi turdagi badiiy adabiyot rivojlanishining shart-sharoitlari va omillari, Saudiya nasrida zamonaviy hikoya janri shakllanishining dastlabki bosqichlari, publisistikaning rivojlanishi va XX asrning ikkinchi yarmi Saudiya hikoyasida realizm xususiyatlariga oid nazariy va amaliy materiallar Saudiya Arabistoni tadqiqot va ta’lim aloqalari markazida keng qo‘llanilgan (Saudiya Arabistoni Podshohligining Ar-Riyoddagi tadqiqot va ta’lim aloqalari markazining 2021 yil 22 dekabrdagi 1443/4/229/S-son ma’lumotnomasi). Natijada, joriy qilingan materiallar ilmiy seminarlar va konferensiyalarda, ilmiy maqolalar yozishda hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish maqsadida foydalanilgan;
Saudiya Arabistoni atoqli adiblarining ijodi va ularning hikoya janri rivojiga qo‘shgan hissasini o‘rganish, shuningdek, badiiy mahorat, obrazlar tizimi, badiiy til va uslub uslublari masalalariga bag‘ishlangan tahliliy mulohazalar va nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Bedorlik” («Bessonnisa»), “Adabiy jarayon” («Literaturniy protsess»), “Jahon adabiyoti” («Mirovaya literatura») eshittirishlarini tayyorlashda manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali DUKning 2021 yil 20 apreldagi 04-25-260-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar tatbiqi adabiyot ixlosmandlari, o‘zbek kitobxonlari, radio tinglovchilariga axborot etkazish, kitobxonlarni chet el adabiyoti namunalari bilan tanishtirishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.