Nazarova Gulbahor Azimjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asr oxiri XXI asr boshlari misolidagi o‘zlashma so‘zlarning lingvomadaniy jihatlari”, 10.00.11  – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil666.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Rasulova Maxfuza Inamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2021.Fil.132.01.
Rasmiy opponentlar: Qurbonova Muhabbat Matyoqubovna, filologiya fanlari doktori, professor; Rahimov G‘anisher Xudoyqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilida ingliz tilidan o‘zlashgan so‘zlarni ochib berish hamda ularning XX asr oxiri -  XXI  asr boshlarida o‘zbek adabiy tilida tutgan o‘rni va rolini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zlashgan so‘zlar taraqqiyotining hozirgi bosqichida sodir bo‘layotgan muayyan bir o‘zlashmaning nutq jarayonida yondosh ma’noga ega bo‘lishi kabi polisemantik jarayonlar leksik aspektda ochib berilgan;
tilimizga o‘zlashgan inglizcha o‘zlashma so‘zlarning ijtimoiy-siyosiy, ilm-fan, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va sport sohalarining semantik maydoni aniqlanib, mazkur sohalar doirasiga kiruvchi turli so‘zlashuv sohalarida to‘liq kalka, yarim kal`ka hamda og‘zaki, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va grafik kabi so‘z o‘zlashtirish shakllari dalillangan;
XX asr oxiri - XXI asr boshlarida til adabiy me’yorlariga ta’sir qiluvchi fan-texnika taraqqiyotidagi tildan tashqarida bo‘lgan nolisoniy omillar ijtimoiy-psixologik, ekvivalent birlik orqali aniqlangan;
tillarning hozirgi holati va o‘zlashma so‘zlar ta’sirida unda sodir bo‘layotgan o‘zlashgan so‘zlarning lingvomadaniy jihatlar og‘zaki va yozma nutq shakllari orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zlashma so‘zlar va ularning ma’no taraqqiyotini tahlili nutqdagi vazifalarini tadqiq qilish jarayonida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
o‘zlashgan so‘zlar  rivojlanishining hozirgi bosqichida sodir bo‘layotgan polisemantik jarayonlar leksik aspektda  ochib berish va tilimizga o‘zlashgan inglizcha o‘zlashma so‘zlarni ijtimoiy-siyosiy, ilm-fan, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va sport sohalari kabi mavzuiy guruhlariga ajratib o‘rganish hamda besh soha doirasiga kiruvchi turli  so‘zlashuv sohalarida so‘z o‘zlashtirish turlari va shakllari bo‘yicha chiqarilgan xulosalardan FA-F1-GOOZ raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” fundamental loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti 2021 yil 19 dekabrdagi 17.01/32-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
XX asr oxiri va XXI  asr boshlarida til adabiy me’yorlariga ta’sir qiluvchi nolisoniy omillardan hamda o‘zlashgan so‘zlar  rivojlanishining hozirgi bosqichida sodir bo‘layotgan semantik jarayonlar leksik aspektda  ochib berish va tillarning hozirgi holati va o‘zlashma so‘zlar ta’sirida unda sodir bo‘layotgan  lingvomadaniy jihatlar og‘zaki va yozma nutq turlari bo‘yicha chiqarilgan xulosalardan FA-F1-GOO2 raqamli “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” fundamental va ilmiy-amaliy loyihalarida foydalanilgan (O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti 2021 yil 19 dekabrdagi 17.01/33-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
o‘zlashgan so‘zlar  rivojlanishining hozirgi bosqichida sodir bo‘layotgan polisemantik jarayonlar leksik aspektda ochib berish va tillarning hozirgi holati va o‘zlashma so‘zlar ta’sirida unda sodir bo‘layotgan  lingvomadaniy jihatlar og‘zaki va yozma nutq turlari bo‘yicha chiqarilgan xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK "Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Bedorlik”, “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot”  radioeshittirishlarining 2020-21 yillardagi sonlarda ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 20 maydagi 04-25-768-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu radioeshittirishlar mazmuni til birliklaridagi ma’no nozikliklarining ifodalanishiga doir  ilmiy qarashlar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish