Qarshieva Zulfiya Shukurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarda refleksiv pozisiyani rivojlantirish”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped1168.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Ilmiy rahbar: Maxmudova Muyassar Mahmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarda refleksiv pozisiyani rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarda refleksiv pozisiyani rivojlantirish tuzilmasi motivatsion-qadriyatli, bilish va faoliyatga doir tarkibiy asoslarning yo‘naltiruvchi, axborot, amaliy funksiyalar hamda mazkur jarayonni baholashning rivojlanmagan, qisman rivojlangan va rivojlangan tarzdagi darajalari kasbiy yo‘naltirilgan o‘quv faoliyatini nazorat qilish va baholashni ta’minlashga doir produktiv faoliyat bilan qayta aloqaga kirishuvi intensivligini hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda refleksiv pozisiyani rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan o‘quv faoliyatining ichki motiv, ijobiy emotsional ohang bilan tavsiflanadigan bilishga bo‘lgan ehtiyoj, shuningdek tashqi motivlar (burch, o‘z-o‘zini tasdiqlash, nufuzlilik va boshqalar), o‘quv jarayonini mustaqil ravishda tashkil qilish, o‘quvchilar bilan shaxslararo aloqalarni o‘rnatish bilan bog‘liq  shaxsiy, kommunikativ, intellektual va pedagogik refleksiyaning namoyon bo‘lish darajasi barqarorligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
tizimli yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda refleksiv pozisiyani rivojlantirish modelini loyihalash jarayoni modellashtirilayotgan tizim doirasini aniqlash, modelni loyihalashtirish maqsadini belgilash, jarayonning maqsad va vazifalari bilan uyg‘unligini ta’minlash, jarayon sub’ektlarini belgilash, faoliyatni tashkil etish va amalga oshirish tamoyillarini asoslash kabi harakatlar ketma-ketligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda refleksiv pozisiyani rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari mashg‘ulotlarni muammoli-variativ tarzda tashkil etish orqali bo‘lajak o‘qituvchisining refleksiv hayotiy tajribasini tarkib toptirish, bo‘lajak o‘qituvchini refleksiv topshiriqlarni hal qilish jarayonida pedagogik faoliyatga jalb qilish, refleksiv algoritmni ishlab chiqishda interfaol metodlardan foydalanishga yo‘naltirilgan vitagen ta’limning didaktogen imkoniyatlarini kengaytirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda refleksiv pozisiyani rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarda refleksiv pozisiyani rivojlantirish tuzilmasini motivatsion-qadriyatli, bilish va faoliyatga doir tarkibiy asoslarning yo‘naltiruvchi, axborot, amaliy funksiyalar hamda mazkur jarayonni baholashning rivojlanmagan, qisman rivojlangan va rivojlangan tarzdagi darajalari kasbiy yo‘naltirilgan o‘quv faoliyatini nazorat qilish va baholashni ta’minlashga doir produktiv faoliyat bilan qayta aloqaga kirishuvi intensivligini hisobga olish orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan PZ-20170930223 raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 19 fevraldagi 02-07-451/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda refleksiv pozisiyani rivojlantirish tuzilmasi va komponentlarini aniqlash imkonini bergan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda refleksiv pozisiyani rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlashtirish, tizimli yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda refleksiv pozisiyani rivojlantirish modelini loyihalash jarayonini modellashtirilayotgan tizim doirasini aniqlash, modelni loyihalashtirish maqsadini belgilash, jarayonning maqsad va vazifalari bilan uyg‘unligini ta’minlash, jarayon sub’ektlarini belgilash, faoliyatni tashkil etish va amalga oshirish tamoyillarini asoslash kabi harakatlar ketma-ketligidan iborat algoritmga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 19 fevraldagi 02-07-451/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni refleksiv po zisiyani rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlashga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda refleksiv pozisiyani rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini mashg‘ulotlarni muammoli-variativ tarzda tashkil etish orqali bo‘lajak o‘qituvchisining refleksiv hayotiy tajribasini tarkib toptirish, bo‘lajak o‘qituvchini refleksiv topshiriqlarni hal qilish jarayonida pedagogik faoliyatga jalb qilish, refleksiv algoritmni ishlab chiqishda interfaol metodlardan foydalanishga yo‘naltirilgan vitagen ta’limning didaktogen imkoniyatlarini kengaytirish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2021  yil 22 oktyabrdagi 01/11-02/02-1504-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda refleksiv pozisiyani tayanch ma’naviy kompetensiyalar bilan uyg‘unlikda rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish