Ganixanova Madina Baxretdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Texnik oliy ta’lim muassasasi talabalarida mediatexnologiyalar asosida ingliz tilini o‘qitish metodikasi”, 13.00.02- «Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi» (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2018.3.PhD/Ped605.
Ilmiy rahbar: Maxkamov Ulfat Ilhomovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdinazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Ikramxonova Feruza Ikramovna, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalarida mediatexnologiyalar asosida talabalarga ingliz tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak muhandislarga ingliz tilini o‘rgatishning madiatexnologik komponentlari til o‘rgatmalarining “in’eksiya” va “semiotik” yondashuvlarini talabalarning bilish darajasini intensiv rivojlantirishga yo‘naltirilgan axboriy-didaktik muhitga qayta aloqali munosabatda kiritish orqali takomillashtirilgan;
kasbiy faoliyatda o‘quv-media ma’lumotlarni qabul qilish va sintezlashga qaratilgan “engineering activity”, “technical resume” kabi interfaol ta’lim metodlari til o‘rganish tajribalarini jamoaviy harakatlar muvofiqligida rivojlantirishga yo‘naltirilgan ish turlari bilan optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
ingliz tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirish modeli til malakalari integratsiyasiga asoslangan axborotli kontekstni kasbiy leksikani qiyosiy o‘rganishga qaratilgan mediamuhitda adaptiv qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
kasbiy kommunikativlikni rivojlantirishda mediatexnologiyalardan foydalanishning didaktik ta’minoti illyustrativ, reproduktiv, ijodiy kabi til bilish darajalari va vaziyatboplik, qadriyatlilik, tushunarlilik kabi tamoyillarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Mediatexnologiyalar asosida bo‘lajak muhandislarni ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorlashda ingliz tilini bilish darajasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak muhandislarga ingliz tilini o‘rgatishning madiatexnologik komponentlari til o‘rgatmalarining “in’eksiya” va “semiotik” yondashuvlarini talabalarning bilish darajasini intensiv rivojlantirishga yo‘naltirilgan axboriy-didaktik muhitga qayta aloqali munosabatda kiritishga doir takliflardan FZ-2019-06172 - “Mahalliy xom-ashyo va sanoat chiqindilari asosida fenolformal`degid smolasini o‘rnini bosuvchi kompozision polimer bog‘lovchini olish texnologiyaimni ishlab chiqish va o‘zlashtirish” (2019–2021 yy.) mavzusidagi ilmiy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 11 noyabrdagi 89-09-17-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak muhandislarni ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorlashda ingliz tilini bilish imkoniyatlari kengaytirilgan.
kasbiy faoliyatda o‘quv-media ma’lumotlarni qabul qilish va sintezlashga qaratilgan “engineering activity”, “technical resume” kabi interfaol ta’lim metodlari til o‘rganish tajribalarini jamoaviy harkatlar muvofiqligida rivojlantirishga yo‘naltirilgan ish turlari bilan optimallashtirishga oid tavsiyalari “English teach” mobil dasturiy ta’minot mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 11 noyabrdagi 89-09-17-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak muhandislarning ingliz tilini o‘rganish jarayoni o‘quv-uslubiy jihatdan ta’minlanishiga erishilgan;
ingliz tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirish modelini amaliyotga tatbiq etishga oid tavsiyalari “English for technical directions” nomli o‘quv qo‘llanmaga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 11 noyabrdagi 89-09-17-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak muhandislarning mediatexnologiyalar muhitida ingliz tilini o‘rganish jarayonini metodik jihatdan tizimli tashkil etish imkoniyati yaratilgan.