Boynazarova Nigora Ismoilovnaning
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek fol`klorshunosligi  terminologiyasi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2022.2.PhD/Fil778.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Ibrohim Jo‘raevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.03.
Rasmiy opponentlar: Karimov Suyun  Amirovich, filologiya fanlari doktori, professor; Sobirov Abdulxay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona  davlat  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy  ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek fol`klorshunosligi terminolo-giyasining til tizimida tutgan o‘rnini aniqlash, soha terminologiyasining shakllanish manbalari, taraqqiyot bosqichlari va yo‘llari, semantik hamda struktur xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
fol`klorshunoslik terminologiyasida terminlashuv, determinlashuv va transterminlashuv jarayonlaridagi umumxalq tilidagi so‘zlarning terminga aylanishi, terminning umumxalq leksikasiga o‘tishi kabi hodisalarning mohiyati ochib berilgan;
fol`klorshunoslik terminlari o‘rtasidagi paradigmatik munosabat turlarining sinonimik, antonimik, polisemik, omonimik, giponimik, partonimik turlari aniqlanib, ularning o‘zbek fol`korshunoslik terminologiyasi  tizimida  amal  qilish  qonuniyatlari  oydinlashtirilgan;
o‘zbek tilidagi fol`klorshunoslik terminlarining ichki va tashqi manbalar asosida hosil bo‘lishining semantik hamda sintaktik usullari dalillanib, terminlarning bir va bir nechta komponentli tuzilishi aniqlangan;  
fol`klorshunoslik terminologiyasida terminlashuv, determinlashuv va transterminlashuv jarayonlaridagi umumxalq tilidagi so‘zlarning terminga aylanishi, terminning umumxalq leksikasiga o‘tishi kabi hodisalarning mohiyati ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek fol`klorshunoslik terminlarining lingvistik xususiyatlarini tadqiq etishda olingan ilmiy-nazariy natijalar asosida:
fol`klorshunoslik terminologiyasida terminlashuv, determinlashuv va transterminlashuv jarayonlaridagi umumxalq tilidagi so‘zlarning terminga aylanishi, terminning umumxalq leksikasiga o‘tishi kabi hodisalarning mohiyati ochib berilganligiga oid ilmiy-nazariy qarashlardan O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi  tarixini tadqiq  etish” (2017-2020 yy.) mavzusidagi  fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 1 fevraldagi 17.01/39-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ishi fol`klorshunoslik terminlari bo‘yicha muayyan bilimlar bilan boyitilgan;
fol`klorshunoslik terminlari o‘rtasidagi paradigmatik munosabat turlarining sinonimik, antonimik, polisemik, omonimik, giponimik, partonimik turlari aniqlanib, ularning o‘zbek fol`korshunoslik terminologiyasi  tizimida  amal  qilish  qonuniyatlari  oydinlashtirilganligiga oid xulosalardan “Baxshilar bayoti”, “Adabiy jarayon” teleko‘rsatuvi va radioeshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan yoritilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 17 yanvardagi 04/36/90-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuv va radioeshittirish dasturlari yangi materiallar, ilmiy asoslangan dalillar bilan to‘ldirilgan;
o‘zbek tilidagi fol`klorshunoslik terminlarining ichki va tashqi manbalar asosida hosil bo‘lishining semantik hamda sintaktik usullari dalillanib, terminlarning bir va bir nechta komponentli tuzilishi aniqlangan natijalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi “She’riyat hamda adabiy tanqid” kengashi  yig‘ilishlarida,  shuningdek,  “Onajonim-she’riyat” to‘garagida, adabiy kechalar hamda ijodkor yoshlar bilan uchrashuvlarda foydalanilgan (O‘zbekiston  Yozuvchilar  uyushmasining  2022 yil 15 yanvardagi 01/03/48-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu yig‘inlar, kechalar va adabiy to‘garaklar faoliyati mazmunan boyitilgan.
o‘zbek fol`klorshunosligi terminlarining qo‘llanish xususiyatlari hamda terminlarning affiksatsiya, kompozisiya, semantik va sintaktik usullarda hosil bo‘lishi hamda ularning terminlashuv  va determinlashuvi haqidagi nazariy qarashlar va amaliy tavsiyalaridan  2018-2020  yillarga  mo‘ljallangan  BV-Atex-2018 (143) raqamli “UzNutq   Sintezator”   mavzuidagi amaliy grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 14 martdagi 04/1-463-son ma’lumotnomasi).  Natijada  loyihaning nutqiy birliklarni dasturlashga oid ilmiy-nazariy tahlili bilan bog‘liq qismi yanada mukammallashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish