Urakov Nuriddin Abramatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yigiruv mashinasi diskretlash barabanchasi va ta’minlash silindri konstruksiyalarini takomillashtirish va parametrlarini hisoblash metodlari” 05.02.03 – Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.2.PhD/T2870.
Ilmiy rahbar: Djuraev Anvar Djuraevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Jumaniyozov Qadam Jumaniyozovi, texnika fanlari doktori, professor; Murodov Akromxon Abdusatorovich, texnika fanlari nomzodi dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pnevmomexanik yigiruv mashinasining ishchi organlarini yangi samarali konstruksiyasini yaratish, parametrlarni asoslash, tolali piltani bir tekisda uzatish hamda diskretlash jarayonini samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
ta’minlash va diskretizatsiya zonasida tolali piltani eni va bo‘yi bo‘yicha bir tekisda uzatish imkoniyatini yaratuvchi riflyali, qayishqoq elementlari bo‘lgan ta’minlash silindri hamda uch xil tishga ega bo‘lgan tishli garnituradan tashkil topgan diskretlovchi barabanchaning samarali konstruksiyasi ishlab chiqilgan;  
tarkibli diskretlovchi barabancha tishli garnituralarini qayishqoq amortizator bikrligini inobatga olgan holda vertikal tebranishlarini ifodalovchi matematik ifoda olingan, aylanma bikrlik koeffisenti, o‘rtadagi garnitura amortizatorining bikrlik koeffisentilarini hisobga olgan holda tishli garnituralarni tebranish qonuniyatlari aniqlangan;
diskretlovchi barabanchani o‘rtadagi tishli garniturasidagi tebranish ampletudasini kamaytirib, ikki chetdagi garnituralarga moslash orqali amortizator bikrligini oshirilgan;
tarkibli diskretlovchi barabancha tishli garnituralari burchak tezliklarining tebranish qamrovini o‘zgarishi natijasida tolali lentadagi tolalarni parallel harakati amalga oshishi aniqlangan;
tarkibli ta’minlovchi silindr bilan tolali lenta orasidagi ishqalanish kuchini aniqlash formulasi tavsiya etilgan va diskretlovchi zonaning silindr umumiy massasini tishli garnitura hamda tolali lenta bilan ishqalanish kuchi silindr buchak tezligini ko‘payishi hisobiga ortishi aniqlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Olinayotgan ipning sifat ko‘rsatkichlarini oshirish maqsadida yangi takomillashtirilgan konstruksiyadagi egri chiziqli tishli ta’minlovchi silindr va uch xil tishga ega bo‘lgan tishli garnituradan tashkil topgan diskretlovchi amortizatorli barabancha konstruksiyasini ishlab chiqarishga qo‘llash asosida:
pnevmomexanik yigiruv mashinasining diskretlash jarayoniga takomillashtirilgan yangi konstruksiyadagi ta’minlovchi silindr va diskretlash barabanchasini Toshkent shahridagi «AGRO TEKS ALLIANCE» MChJ, Xorazm viloyatidagi «SHOVOT TEKSTIL» MChJ va «XORAZM TEX» MChJ korxonalarida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 22 maydagi №03/25-1548-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ipdagi uzilishlar soni 20% ga kamayishiga erishilgan va yuqori sifatli pnevmomexanik ip olingan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish