Ibragimov Farrux Adambaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik biznes sub’ektlarining eksport faoliyatini takomillashtirish», 08.00.15 - Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt788.
Ilmiy rahbar: Gafurov Ubaydullo Vaxabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Umarov Ilxomjon Yuldashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik biznes sub’ektlari eksport faoliyatini kengaytirish va takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik biznes sub’ektlarining eksport faoliyatiga potensial ta’sir darajasini baholash uslubi tarmoqdagi bandlik, xom-ashyo va material tejamkorligi hamda innovatsiyalarni joriy etish orqali eksport hajmini oshirish jihatidan takomillashtirilgan;
kichik biznes sub’ektlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha umumiy iqtisodiy salohiyat hamda eksport salohiyatidan foydalanish darajalarini o‘zaro taqqoslash orqali hududlardagi eksportni rivojlantirish yo‘nalish va imkoniyatlarini aniqlash taklifi asoslangan;
kichik biznes korxonalari eksport faoliyati jarayonlari asosiy bosqichlaridagi xarajatlarning tarmoq bo‘yicha belgilangan namunaviy-tavsiyaviy me’yorlari orqali samaradorligi aniqlash hamda uni me’yoriy darajaga etkazish asosida eksport faoliyatini takomillashtirish taklifi asoslangan;
kichik biznesning eksport salohiyatidan samarali foydalanish uchun tolling operatsiyalarini qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirish, sertifikatlash hamda eksport faoliyatini infratuzilmaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik biznes sub’ektlari eksport faoliyatini kengaytirish va takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy taklif va tavsiyalar asosida:
kichik biznes sub’ektlarining eksport faoliyatiga potensial ta’sir darajasini baholashning tarmoqdagi bandlik, xom-ashyo va material tejamkorligi hamda innovatsiyalarni joriy etish orqali eksport hajmini oshirish jihatidan takomillashtirilgan uslubidan “Kimyo sanoatida eksport faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2022 yil 5 apreldagi 16-2024-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida kimyo sanoatida faoliyat yuritayotgan kichik sanoat korxonalarining eksport faoliyatidagi ishtirokini faollashtirish va kengaytirishning imkoniyatlarini baholashda uslubiy asos yaratilgan;
kichik biznes sub’ektlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha umumiy iqtisodiy salohiyat hamda eksport salohiyatidan foydalanish darajalarini o‘zaro taqqoslash orqali hududlardagi eksportni rivojlantirish yo‘nalish va imkoniyatlarini aniqlash taklifidan “Kimyo sanoatida eksport faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2022 yil 5 apreldagi 16-2024-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida mamlakatimiz hududlari bo‘yicha kimyo sanoatida faoliyat yuritayotgan kichik sanoat korxonalarining eksport faoliyatidagi ishtirokini yanada oshirish imkoniyatlari va yo‘nalishlarini aniqlash imkoni yaratilgan;
kichik biznes korxonalari eksport faoliyati jarayonlari asosiy bosqichlaridagi xarajatlarning tarmoq bo‘yicha belgilangan namunaviy-tavsiyaviy me’yorlari orqali samaradorligi aniqlash hamda uni me’yoriy darajaga etkazish asosida eksport faoliyatini takomillashtirish taklifidan “Kimyo sanoatida eksport faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2022 yil 5 apreldagi 16-2024-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida kimyo sanoati tarkibidagi kichik korxonalarning eksport faoliyati samaradorligini ta’minlashda asosiy jarayonlari kesimidagi holatni alohida baholash hamda bu boradagi yuqori ko‘rsatkichlarga erishilgan korxonalar tajribasini umumlashtirish asosida eksport faoliyatini yanada takomillashtirish yo‘llarini aniqlash imkoni yaratilgan;
kichik biznesning eksport salohiyatidan samarali foydalanish uchun tolling operatsiyalarini qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirish, sertifikatlash hamda eksport faoliyatini infratuzilmaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish taklifidan “Kimyo sanoatida eksport faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2022 yil 5 apreldagi 16-2024-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida kimyo sanoati tarkibidagi kichik biznes korxonalarining tolling operatsiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, eksport faoliyatining rivojlanishida qulay shart-sharoitlar yaratish, jumladan, sertifikatlash jarayonlarining soddalashtirish, infratuzilma jihatidan qo‘llab-quvvatlash samaradorligining oshirish imkoni yaratilgan.