Juzbaev Abatbay Otebaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik biznes sub’ektlari faoliyatini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit, 08.00.15 - Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Iqt834.
Ilmiy rahbar: Gafurov Ubaydullo Vaxabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Axror Jaxbarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik biznes sub’ektlari faoliyatini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik biznes sub’ektlari faoliyatini moliyalashtirish tarkibiy qismlari, asosiy dastak va vositalarining o‘ziga xos mexanizm sifatida barqaror ishlashiga to‘sqinlik qiluvchi “ichki ziddiyat” tavsifi aniqlanib, uning ta’sirini har bir muayyan holatdagi yetakchi moliyaviy dastakning amal qilishiga ustuvorlik berish orqali kamaytirish taklif etilgan;
kichik biznes sub’ektlari faoliyatini kreditlash samaradorligini kredit ajratish triadasi jihatidan har bir jarayonga maxsus miqdoriy tavsif berish orqali baholash taklifi asoslangan;
hududdagi tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi organlar tomonidan moliyalashtirish jarayonlari ishtirokchilarining manfaatlarini “iqtisodiy manfaatdorlik prizmasi”dan o‘tkazish hamda ularni o‘zaro muvofiqlashtirish asosida moliyalashtirish hajmini oshirish taklifi asoslangan;
hududiy moliyaviy tashkilotlar tomonidan kichik biznes sub’ektlari faoliyatini moliyalashtirishdagi iqtisodiy va ma’muriy dastaklarning davriy monitoringi asosida o‘zaro muvofiqligini ta’minlash orqali moliyalashtirish mexanizmining samaradorligini oshirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik biznes sub’ektlari faoliyatini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
kichik biznes sub’ektlari faoliyatini moliyalashtirish tarkibiy qismlari, asosiy dastak va vositalarining o‘ziga xos mexanizm sifatida barqaror ishlashiga to‘sqinlik qiluvchi “ichki ziddiyat” tavsifi aniqlanib, uning ta’sirini har bir muayyan holatdagi yetakchi moliyaviy dastakning amal qilishiga ustuvorlik berish orqali kamaytirish taklifidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashining Moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha kotibiyati tomonidan 2021 yilda yangi tadbirkorlik subektlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida yo‘l xaritasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashining Moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha kotibiyatining 2022 yil 18 apreldagi 232-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijaning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlardagi kichik biznes sub’ektlari faoliyatini moliyalashtirish hajmi kengaydi, tadbirkorlar tomonidan moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligi oshgan;
kichik biznes sub’ektlari faoliyatini kreditlash samaradorligini kredit ajratish triadasi jihatidan har bir jarayonga maxsus miqdoriy tavsif berish orqali baholash taklifidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashining Moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha kotibiyati tomonidan 2021 yilda yangi tadbirkorlik subektlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida yo‘l xaritasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashining Moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha kotibiyatining 2022 yil 18 apreldagi 232-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijaning amaliyotga joriy etilishi natijasida respublikada etarli darajada moliyalashtirilmayotgan shahar va tumanlar hamda iqtisodiy faoliyat turlari aniqlanib, ularga qo‘shimcha mablag‘lar ajratish bo‘yicha choralar belgilangan;
hududdagi tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi organlar tomonidan moliyalashtirish jarayonlari ishtirokchilarining manfaatlarini “iqtisodiy manfaatdorlik prizmasi”dan o‘tkazish hamda ularni o‘zaro muvofiqlashtirish asosida moliyalashtirish hajmini oshirish taklifidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashining Moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha kotibiyati tomonidan 2021 yilda yangi tadbirkorlik subektlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida yo‘l xaritasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashining Moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha kotibiyatining 2022 yil 18 apreldagi 232-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijaning amaliyotga joriy etilishi natijasida respublikadagi kichik biznes sub’ektlari faoliyatini moliyalashtirishdan manfaatdor tomonlarning faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirish orqali moliyalashtirish hajmini kengaytirish hamda tadbirkorlar tomonidan moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligi oshirish imkoniga erishilgan;
hududiy moliyaviy tashkilotlar tomonidan kichik biznes sub’ektlari faoliyatini moliyalashtirishdagi iqtisodiy va ma’muriy dastaklarning davriy monitoringi asosida o‘zaro muvofiqligini ta’minlash orqali moliyalashtirish mexanizmining samaradorligini oshirish taklifidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashining Moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha kotibiyati tomonidan 2021 yilda yangi tadbirkorlik subektlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida yo‘l xaritasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashining Moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha kotibiyatining 2022 yil 18 apreldagi 232-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijaning amaliyotga joriy etilishi natijasida iqtisodiy va ma’muriy dastaklarning o‘zaro muvofiqligini ta’minlash orqali moliyalashtirish hajmi kengayib, tadbirkorlar tomonidan moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligi oshishi, moliyalashtirish mexanizmining takomillashishiga imkon yaratilgan.