Mirzaev Ozod Furkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korxonalar debitor qarzdorligi muammolari va bartaraf etish yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt718.
Ilmiy rahbar: Omonov Akrom Abdinazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, 03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xodjabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Niyazmetov Islambek Masharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korxonalar debitor qarzdorligini bartaraf etishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning muddati o‘tgan debitor qarzlarni tijorat maqomiga ega faktoring kompaniyalariga o‘tkazish asosida bartaraf etish taklif etilgan;
surunkali ravishda muddati o‘tgan debitorlik qarzlari mavjud korxonalar tarkibida «Debitorlik qarzdorliklarni nazorat qiluvchi» bo‘linma tashkil etish va bo‘lim xodimlarning ish haqini muayyan davrda undirilgan muddati o‘tgan debitorlik qarziga nisbatan belgilash taklif qilingan;
davlat ulushi 50 foizdan ortiq korxona va tashkilotlar o‘rtasida etkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar muddatini uzayrtirish orqali muddati o‘tgan debitorlik qarzdorlikni qisqartirish taklif etilgan;
tijorat banklari faktoring xizmatlari va operatsiyalarini rivojlantirish orqali xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning debitor qarzlari hamjini kamaytirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korxonalar debitorlik qarzdorligi muammolarining echimlari va ularni bartaraf etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning muddati o‘tgan debitor qarzlarni tijorat maqomiga ega faktoring kompaniyalariga o‘tkazish asosida bartaraf etish haqidagi taklifi «Toshkent issiqlik elektr stansiyasi» AJ tomonidan amaliyotga qo‘llanilgan (AJ «Toshkent issiqlik elektr stansiyasi»ning 2022 yil 7 maydagi 04-1483-son ma’lumotnoma). Natijada, korxonaning muddati o‘tgan debitor qarzlari hajmini 2022 yil 1 aprelda o‘tgan hisobot davriga nisbatan 10 foizga kamaytirish imkoniyatini bergan;
surunkali ravishda muddati o‘tgan debitorlik qarzlari muammo bo‘lib kelayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning buxgalteriya bo‘limi tarkibidagi mas’ul xodimlarning oylik ish haqini ma’lum davr davomida undirilgan muddati o‘tgan debitorlik qarziga nisbatan oshirib borish haqidagi taklifi «Toshkent issiqlik elektr stansiyasi» AJ tomonidan amaliyotga qo‘llanilgan (AJ «Toshkent issiqlik elektr stansiyasi»ning 2022 yil 7 maydagi 04-1483-son ma’lumotnoma). Natijada, korxonada muddati o‘tgan debitor qarzlarni undirish darajasi 2022 yil 1 aprelda o‘tgan hisobot davriga nisbatan 25 foizga oshirish imkonini berdi, shu bilan birga mas’ul xodimlarning bu boradagi qiziqishi va mas’uliyatini yanada oshishiga zamin yaratgan;
davlat ulushi 50 foizdan ortiq korxona va tashkilotlar o‘rtasida etkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar muddatini uzayrtirish orqali muddati o‘tgan debitorlik qarzdorlikni qisqartirish taklifi «Toshkent issiqlik elektr stansiyasi» AJ tomonidan amaliyotga qo‘llanilgan (AJ «Toshkent issiqlik elektr stansiyasi»ning 2022 yil 7 maydagi 04-1483-son ma’lumotnoma). Natijada, korxonada muddati o‘tgan debitor qarzlar hajmi 2022 yil 1 aprelda o‘tgan hisobot davriga nisbatan 10 foizga pasaytirish imkonini bergan;
tijorat banklarida faktoring xizmatlari va operatsiyalarni hajmini oshirish hisobiga xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning debitor qarzlari hajmini kamaytirish xususidagi taklifi ChEKI «Savdogar» aksiyadorlik tijorat bankining depozit siyosati ishlab chiqishda qo‘llanilgan (ChEKI «Savdogar» AT bankning 2022 yil 15 iyuldagi 02/2429-son ma’lumotnoma). Natijada, bankning debitor qarzdorligi hajmi 2022 yil 1 mayda o‘tgan hisobot davriga nisbatan 10 foizga kamaytirishga erishilgan.