Parmonov Sarvar Toshpo‘latovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ruda maydalovchi drobilka detallarini tayyorlash uchun qattiq qotishmaning eyilishga bardosh tarkibini ishlab chiqish va uni tadqiq qilish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T1588.
Ilmiy rahbar: Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Turaxodjaev Nodir Djaxongirovich, texnika fanlari doktori, professor; Risqulov Alimjon Axmadjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ruda maydalovchi drobilka detallarini tayyorlash uchun qattiq qotishmaning eyilishga bardoshli tarkibini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
abraziv materiallar oqimi ta’sirida drobilka barmoqlari zarbli abraziv eyilishining abraziv zarrachalar zarba tezligi, hujum burchagi, o‘lchami, konsentratsiyasi, namligi, qattiq qo‘shimchalar tarkibi va miqdoriga bog‘liqlik qonuniyatlari zarbli abraziv muhitdagi eyilish dinamikasi asosida ishlab chiqilgan;
rotorli drobilkalarning VK6 markali barmoqlari uchun zarbli abraziv eyilishga bardoshli vol`fram karbid asosli qattiq qotishmaning yangi kimyoviy tarkibi kobal`t bog‘lovchini ul`tradispers titan karbid bilan modifikatsiyalash asosida ishlab chiqilgan;
zarbli abraziv eyilishga bardoshli VK6UDT5 markali qattiq qotishmadan tayyorlangan drobilka barmoqlarini vakuum va inert muhitda ishlab chiqish texnologiyasi nisbatan past haroratlarda va ikki bosqichli qizdirib pishirish rejimi asosida yaratilgan;
ul`tradispers titan karbid bilan modifikatsiyalangan eyilishga bardoshli qattiq qotishmalarni presslash va qizdirib pishirish texnologik reglamenti: presslash bosimiga, qizdirib pishirish haroratiga, qizdirib pishirish davomiyligiga va ul`tradispers titan karbid miqdoriga bog‘liqlik grafigi asosida ishlab chiqilgan;
VK6 markali drobilka barmoqlariga nisbatan rudalarni maydalashdagi zarbli abraziv eyilishga bardoshliligi 20-25% yuqori bo‘lgan yangi tarkibli barmoqlar ul`tradispers titan karbid zarrachalarining bog‘lovchi kobal`tda erimasdan, uning yuqori egilishga mustahkamlik chegarasi, qattiqligi va abraziv eyilishga bardoshliligini ta’minlagan qizdirib pishirish haroratining optimal qiymatlari asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ruda maydalovchi drobilka barmoqlarini tayyorlash uchun qattiq qotishmaning eyilishga bardoshli tarkibini ishlab chiqish va abraziv eyilishga bardoshlilik bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ul`tradispers titan karbid bilan modifikatsiyalangan eyilishga bardoshli vol`fram karbid kobal`tli qattiq qotishma tarkibi “Navoiy KMK” AJ Markaziy kon boshqarmasining “Oltinni uyumda eritmaga o‘tkazish sexi”da amaliyotga joriy etilgan (“Navoiy KMK” AJning 2022 yil 3 fevraldagi №23.01-01-07/204-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, VK6UDT5 barmoqning eyilishga bardoshliligini 1,2-1,25 marta oshirish imkonini bergan;
VK6UDT5 modifikatsiyalangan qattiq qotishma asosida drobilka barmoqlarini ishlab chiqarish texnologiyasi “Navoiy KMK” AJ Markaziy kon boshqarmasining “Oltinni uyumda eritmaga o‘tkazish sexi”da amaliyotga joriy etilgan (“Navoiy KMK” AJning 2022 yil 3 fevraldagi №23.01-01-07/204-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “CEMCO” va “BARMAK” drobilka barmoqlari ishlash muddatini 10-12% ga oshirish imkonini bergan;
ul`tradispers titan karbid bilan modifikatsiyalangan eyilishga bardoshli qattiq qotishma presslash va qizdirib pishirish texnologik reglamenti “Navoiy KMK” AJ Markaziy kon boshqarmasining “Oltinni uyumda eritmaga o‘tkazish sexi”da amaliyotga joriy etilgan (“Navoiy KMK”AJning 2022 yil 3 fevraldagi №23.01-01-07/204-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “CEMCO” va “BARMAK” drobilkalarining joriy ta’mirlashga sarflanadigan to‘xtash vaqtini 14-16% ga qisqartirish imkonini bergan.