Boltaev Olmos Najmidinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mis ishlab chiqarishdagi texnologik eritmalardan qimmatli komponentlarni kompleks ajratib olish texnologiyasi», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T719.
Ilmiy rahbar: Xoliqulov Doniyor Baxtiyorovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Sharafutdinov Ulugbek Ziyatovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Berdiyarov Baxriddin Tilovkabulovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mis ishlab chiqarish texnologik eritmalaridan qimmatli komponentlarni kompleks ajratib olishning samarali texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarkibida metallar bo‘lgan texnologik eritmalardan misni eritmaning pH ko‘rsatkichiga (pH=6,0-6,5) bog‘liq holda kimyoviy cho‘ktirish hamda nikelni eritma tarkibida qoldirish jarayonining qonuniyati aniqlangan;
cho‘ktirishdan so‘ng hosil bo‘lgan mis tarkibli cho‘kmani sul`fat kislotasi bilan tanlab eritish va eritmadan misni temir bo‘lagi bilan optimal haroratda (90℃) sementatsiyalash yo‘li bilan mayda dispersli mis kukunini olish jarayonining samaradorligi aniqlangan;
ozonlash tarkibida nikel` bo‘lgan eritmani temirdan tozalashning samarali usuli ekanligi, soda esa nikelning barqaror cho‘kmasini olish uchun maqbul cho‘ktiruvchi reagent ekanligi aniqlangan;
«Olmaliq KMK» AJ sharoitida misni qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulot (mis kukuni) ajratib olishni oshirishga va nikel` oksidi olishga yordam beruvchi mis ishlab chiqarish texnologik eritmalarini qayta ishlashning takomillashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mis ishlab chiqarish texnologik eritmalaridan qimmatli komponentlarni kompleks ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
texnologik eritmalar tarkibidan metallarni kimyoviy cho‘ktirish usuli asosida ishlab chiqilgan texnologiya «Olmaliq KMK» AJ mis eritish zavodida joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 1 iyundagi AA-003997-son ma’lumotnomasi). Natijada, misni (gidroksid ko‘rinishida) ajratib olish 98,67-99,11 %, nikelning cho‘kishi 6,79-9,87 % bo‘lish imkonini bergan;
cho‘ktirishdan keyin hosil bo‘lgan mis tarkibli cho‘kmani sul`fat kislotasi bilan tanlab eritish va eritmadan temir bo‘lagi bilan misni sementatsiyalash asosida ishlab chiqilgan texnologiya «Olmaliq KMK» AJ mis eritish zavodida joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 1 iyundagi AA-003997-son ma’lumotnomasi). Natijada, mayda dispersli mis kukuni olish imkonini bergan;
misdan tozalangan eritmadan nikelni barqaror cho‘kmasini olish asosida ishlab chiqilgan texnologiya «Olmaliq KMK» AJ mis eritish zavodida joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 1 iyundagi AA-003997-son ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘shimcha ravishda nikel` oksidini olish (ajratib olish darajasi 87 %) imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish