Sultanbaeva Nargiza Muxamed Umarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yurak ishemik kasalligida qo‘llaniladigan davolash texnologiyalarini farmakoiqtisodiy baholash», 15.00.03 – Farmatsevtika ishini tashkil etish (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Far.71.
Ilmiy rahbar: Umarova Shaxnoz Ziyatovna, farmatsevtika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Ganieva Xilola Gayratovna, farmatsevtika fanlari doktori, dotsent; Zaynutdinov Xikmatilla Sunnatovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ilmiy adabiyotlarni tizimli va meta-tahlil qilish, farmatsevtika bozorining marketing tadqiqotlari asosida yurak ishemik kasalligi va uning asoratlarini davolash usullarini farmakoiqtisodiy baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yurak ishemik kasalligi bilan kasallanishni prognoz qilish bo‘yicha kompyuter dasturi ishlab chiqilgan;
integrasiyalashtirilgan marketing ABC-XYZ-FMR-VEN tahlili natijalariga asosan yurak ishemik kasalligi holatida dori vositalariga bo‘lgan talab va ehtiyoj aniqlangan;
farmakoiqtisodiy modellashtirish natijasida rivaroksaban va varfarin preparatlarining iqtisodiy samaradorligi aniqlangan;
varfarin preparatining iqtisodiy samaradorligi rivaroksaban iqtisodiy samaradorligidan ustun ekanligi aniqlangan;
yurak ishemik kasalligida bosqichli jarrohlikka nisbatan simul`tan jarrohlikning klinik va iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yurak ishemik kasalligida qo‘llaniladigan davolash texnologiyalarini farmakoiqtisodiy baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Metodika analiza i prognoz zabolevaemosti serdechno-sosudistoy sistemi» (21.05.2021 y., №8n-r/402 uslubiy tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasining Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 5 iyundagi 08-15787-son ma’lumotnomasi). Natijada, yurak ishemik kasalligini tarqalishini oldindan prognoz qilish va shu asosida dori vositalarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash imkonini bergan;
«Osenka ekonomicheskoy effektivnosti preparatov, ispol`zuemix pri narushenii ritma serdsa» (28.07.2021 y., №8n-r/691 uslubiy tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasining Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 5 iyundagi 08-15787-son ma’lumotnomasi). Natijada, asosiy dori vositalar ro‘yxatini shakllantirishni takomillashtirishga imkon bergan;
«Osenka ekonomicheskoy effektivnosti terapii pri stenozax koronarnix i karotidnix arteriy» (28.07.2021 y., №8n-r/692 uslubiy tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasining Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 5 iyundagi 08-15787-son ma’lumotnomasi). Natijada, yurak ishemik kasalligida qo‘llaniladigan davolash standartlarini takomillashtirishni imkonini bergan.