Raximov Abror Adxamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Marketing yondashuvi asosida antidepressantlar bozorini rivojlantirish», 15.00.03 – Farmatsevtika ishini tashkil etish (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Far35.
Ilmiy rahbar: Saipova Dilfuza Tulkunovna, farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Qambarov Xusan Djaxangirovich, farmatsevtika fanlari doktori, professori; Ibragimova Muxabbat Yax’yaevna, farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: antidepressantlar bozori hamda uning xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlantirish bo‘yicha uslubiy va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekiston Respublikasida antidepressant dori vositalarining bozorini o‘rganish bo‘yicha tizimli marketing tadqiqotlari uslubi ishlab chiqilgan;
antidepressantlar bozori, shuningdek, anksiolitiklar va neyroleptiklar uchun bozor raqobat muhitining darajasini o‘rganish uslubi ishlab chiqilgan va aniqlangan;
davolash amaliyotida qo‘llaniladigan antidepressantlar nomenklaturasini o‘rganish maqsadida mutaxassis – psixiatrlar orasida ekspert baholash tadqiqoti o‘tkazilgan va perspektiv pozisiyalar aniqlangan;
assortiment siyosatini shakllantirish jarayoniga bevosita integratsiya qilish maqsadida, assortimentni graduirovkalash uslubi ishlab chiqilgan va aniqlangan;
antidepressantlar bozori misolida farmatsevtika bozorini prognozlashning yangi uslubi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Marketing yondashuvi asosida antidepressantlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Opredelenie urovnya konkurensii na farmatsevticheskom rinke s ispol`zovaniem indeksa Xerfindalya-Xirshmana (na primere rinka antidepressantov Respubliki Uzbekistan)» (9.10.2020 y., №8n-p/433) uslubiy tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 1 iyundagi 08-15325-son ma’lumotnomasi). Natijada, farmatsevtika bozori segmentlarida raqobat muhitini o‘rganish va darajasini o‘lchash imkonini bergan;
«Metodologiya graduirovki assortimenta lekarstvennix sredstv, s pomoshh`yu ekspertnix otsenok (na primere rinka antidepressantov Respubliki Uzbekistan)» (21.05.2021 y., №8n-p/397) uslubiy tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan va amaliyotga joriy etilgan (Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining 2021 yil 20 sentyabrdagi dalolatnomasi; Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 1 iyundagi 08-15325-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu farmakoterapevtik guruh doirasida alohida olingan assortiment pozisiyasini farmatsevtik bozorga marketing jihatidan joriy etish va olib borilishi havfi darajasini baholash, hamda xar bir pozisiyaning raqobatbardoshlik ko‘rsatkichini solishtirish imkonini bergan;
«Metodologiya prognozirovaniya pokazateley farmatsevticheskogo rinka, s ispol`zovaniem indeksa sezonnosti (na primere rinka antidepressantov Respubliki Uzbekistan)» (21.05.2021 y., №8n-p/399) uslubiy tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan va amaliyotga joriy etilgan (Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining 2021 yil 24 sentyabrdagi dalolatnomasi; Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 1 iyundagi 08-15325-son ma’lumotnomasi). Natijada, mavsumiylikni hisobga olgan holda kelajakdagi bozor hajmlarini prognoz qilish imkonini bergan.