Qulmatova Sayyora Safarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq xo‘jaligida mashina-traktor parklaridan samarali foydalanishni modellashtirish», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Iqt105.
Ilmiy rahbar: Xatamov Ochildi Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Salimov Baxtiyor Tadjievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xudoyorov Laziz Niyozovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligida mashina-traktor parklaridan samarali foydalanishni modellashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiya hamda takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mavjud mashina-traktor parklari yangilanish koeffisientining maqbul darajasi (Kya= 0,15)da texnik vositalar bo‘yicha tarkibiy tuzilmasini qishloq xo‘jaligi ishlari ehtiyojiga muvofiqlashtirish orqali qishloq xo‘jaligi texnika ta’minotini baholash va mashina-traktor parkidan foydalanishni optimallashtirishning integrallashgan modellari takomillashtirilgan;
ishlov traktor-mashinalarini er maydonlari bo‘yicha taqsimlashda turli fermer xo‘jaliklarning joylashuvi jihatdan o‘zaro yaqin bo‘lgan er maydonlariga yo‘naltirish asosida texnika ekspluatatsiya xarajatlarini (ChEXK ≈ 20-30%) kamaytirish orqali foydalanish samaradorligini oshirish kompleks mexanizatsiya ishlaridagi solishtirma ekspluatatsiya xarajatlari modeli yordamida asoslangan;
qishloq xo‘jaligidagi turli traktor-transport ishlari bilan bog‘liq xarajatlarni shartli yoqilg‘i xarajatlariga transformatsiyalash hamda har bir mashina-traktor turi bo‘yicha yoqilg‘i sarfi xarajatlarini minimallashtirish asosida fermer xo‘jaliklaridagi barcha traktor-transport ishlari uchun yoqilg‘i sarfi modellari taklif etilgan;
qishloq xo‘jalik mahsulotlariini ishlab chiqarish hajmiga texnikalar soni va tarkibi o‘zgarishining ta’sirini ekonometrik baholash modellari asosida Surxondaryo viloyat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining 2025 yilga qadar mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jalik mashina-traktor parklaridan samarali foydalanishni modellashtirish va statistik baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mavjud mashina-traktor parklari yangilanish koeffisientining maqbul darajasi (Kya= 0,15)da texnik vositalar bo‘yicha tarkibiy tuzilmasini qishloq xo‘jaligi ishlari ehtiyojiga muvofiqlashtirish orqali qishloq xo‘jaligi texnika ta’minotini baholash va mashina-traktor parkidan foydalanishni optimallashtirishning integrallashgan modellaridan Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining texnika ta’minotini takomillashtirish dasturi”ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 15 oktyabrdagi 02/034-4249-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mashina-traktor parkining tarkibiy tuzilmasini qishloq xo‘jaligi ishlari bo‘yicha texnik vositalar ehtiyojiga muvofiqlashtirish orqali samaradorlikni oshirish imkoniyati yaratilgan;
ishlov traktor-mashinalarini er maydonlari bo‘yicha taqsimlashda turli fermer xo‘jaliklarning joylashuvi jihatdan o‘zaro yaqin bo‘lgan er maydonlariga yo‘naltirish asosida texnika ekspluatatsiya xarajatlarini (ChEXK ≈ 20-30%) kamaytirish orqali foydalanish samaradorligini oshirish taklifidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining texnika ta’minotini takomillashtirish dasturi”ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 15 oktyabrdagi 02/034-4249-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida fermer xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish samaradorligini 15 foizga oshishiga olib kelgan;
qishloq xo‘jaligidagi turli traktor-transport ishlari bilan bog‘liq xarajatlarni shartli yoqilg‘i xarajatlariga transformatsiyalash hamda har bir mashina-traktor turi bo‘yicha yoqilg‘i sarfi xarajatlarini minimallashtirish asosida taklif etilgan fermer xo‘jaliklaridagi barcha traktor-transport ishlari uchun yoqilg‘i sarfi modellari Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining texnika ta’minotini takomillashtirish dasturi”ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 15 oktyabrdagi 02/034-4249-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida fermer xo‘jaliklaridagi barcha texnika vositalarining yoqilg‘i sarflarini 12 foizga qadar pasayishi hamda qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish samaradorligini 8 foizga oshishiga olib kelgan;
qishloq xo‘jalik mahsulotlariini ishlab chiqarish hajmiga texnikalar soni va tarkibi o‘zgarishining ta’sirini ekonometrik baholash modellari asosida Surxondaryo viloyat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining 2025 yilga qadar mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlaridan viloyat qishloq xo‘jaligining uzoq muddatli rivojlanish istiqbolini belgilashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 15 oktyabrdagi 02/034-4249-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulot etishtirishni oshirishda omillar ta’sirini baholash asosida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish hajmini prognozlash va rejalashtirish natijalarining ishonchlilik darajasini oshirishga erishilib, prognoz ko‘rsatkichlari asosida Surxondaryo viloyatida qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining istiqboldagi natijalarining asosliligi hamda o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.