Majidova Dilfuza Zubaydullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Janubiy O‘zbekiston tuproqlarida uchraydigan sovutli kanalarning tur xilma-xilligi, tarqalishi va ekologiyasi», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/B322.
Ilmiy rahbar: Raximov Matnazar Shomurotovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.V.20.04.
Rasmiy opponentlar: Medetov Maxsetbay Japakovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Raxmatullaev Alimardan Yusupovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Janubiy O‘zbekistonning agrotsenozlari va tabiiy ekotizimlari tuproqlaridagi sovutli kanalar faunasini aniqlash, tarqalishi va ekologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Janubiy O‘zbekistonning agrotsenozlari hamda tabiiy ekotizim tuproqlarida sovutli kanalarning 31 oilaga mansub 54 turi aniqlangan, shulardan 22 turi O‘zbekiston faunasi uchun yangi tur sifatida qayd etilgan;
agrotsenozlar va tabiiy ekotizim tuproq qatlamlaridagi sovutli kanalarning dominant turlari aniqlangan;
Janubiy O‘zbekiston tuproq qatlamlarida tarqalgan sovutli kanalar 9 ta zoogeografik hudud elementlaridan tashkil topganligi tahlil qilingan va ularning 14.8 % kosmopolit turlar, 5.5 % transpalearktik turlar, 24 % golarktik turlar, 1.8% tropik turlar, 14.8 % palearktik turlar, 3.7 % turon turlar, 12.9 % qadimgi O‘rta er dengizi hududi turlari, 18.5% Markaziy Osiyo turlar va Sibir-mo‘g‘ul turlar guruhi esa 4 % ni tashkil qilishi ochib berilgan;
sovutli kanalarning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarining mavsumiy dinamikasi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Janubiy O‘zbekiston tuproqlarida tarqalgan sovutli kanalarning tur xilma-xilligi, tarqalishi va ekologiyasi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Janubiy O‘zbekiston tuproqlarida tarqalgan sovutli kanalarlar Sarcoptiformes turkumiga tegishli Brachychthoniidae oilasiga mansub - 4 tur, Lohmanniidae oilasiga mansub - 6 tur, Gymnodamaeidae oilasiga mansub - 2 tur, Belbidae oilasiga mansub - 1 tur, Damaeidae oilasiga mansub - 1 tur, Cosmochthoniidae oilasiga mansub - 2 tur, Epilohmanniidae oilasiga mansub - 3 tur, Hermanniellidae oilasiga mansub - 3 tur, jami 1 turkum 8 ta oila 22 turga mansub 194 nusha kana namunalari Zoologiya institutining Zoologiya kolleksiyasi noyob ilmiy ob’ekti fondiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 19 iyuldagi 4/1255-2060-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu kolleksiya namunalari Respublikamiz tuproqlarida tarqalgan sovutli kanalarning tur tarkibini aniqlash uchun qiyosiy tahlil o‘tkazishda hamda ularning anatomo-morfologik belgilarini o‘rganishda va ma’lumotlar bazasini shakllantirishda foydalanish imkonini bergan;
sovutli kanalarning tur xilma-xilligi, tarqalishi va ekologiyasi bo‘yicha olingan natijalar Shahrisabz tumani “Majidov Sadullo”, “Xudoyqulova Nazira Bozorovna”, “Raxmonov Surxon”, “Safarov Maxmud” fermer xo‘jaliklari, Yakkabog‘ tumani “Hasanov Ortiq” fermer xo‘jaliklari tuproqlari holatini baholash amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 11 apreldagi 03-02/7-876-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu hududlarda bug‘doy va g‘o‘za agrotsenozlarida hamda tabiiy ekosistemalardagi tuproq sovutli kanalarning tur xilma-xilligini monitoring qilish, tuproq qatlamlarida tarqalishi va tuproqlar unumdorligini baholash imkoniyatini bergan.