Axunov Muqimjon Muxammadaminovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Olamning lisoniy manzarasida jinoyat konseptining o‘rni”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1196.
Ilmiy rahbar: Rustamov Dilshodbek Abduvaxidovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Xamroeva Shaxlo Mirdjanovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Ergashev Muhammadjon Rahmonovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillari olamining lisoniy manzarasida jinoyat konseptining o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«jinoyat» konsepti turli millatlarda sotsiologik, psixologik, milliy madaniy, shuningdek ichki va tashqi omillar doirasida tushunilishi, madaniyat me’yorlariga bog‘liq ravishda ularda milliy munosabat farq qilishi aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida jinoyat konseptologiyasi ishlab chiqilib, unda ikki shohli tushuncha (jinoyat-yuridik va gunoh-mental) paradigmaning analogik tarkibiy tuzilishga ega bo‘lgan o‘zaro munosabatdorligi aniqlangan;
o‘zbek tilida «gunoh», «ayb» konseptlari «jinoyat» konsepti, ingliz tilida esa «offence», «vice», «sin», «wrongdoing» mustaqil konseptlari «srime» konsepti bilan semantik universaliya sifatida «jinoyat»-«srime» konsepti ostida birlashishi aniqlangan;
ingliz tilida “jinoyat” konsepti uchun aniqlik, formallik xosligi, o‘zbek tilida esa ushbu konsept uchun esa gunoh konseptual tizimi bilan tez-tez kesishish xosligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillarida olamning lisoniy manzarasida «jinoyat» konseptining o‘rni tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«jinoyat» konsepti turli millatlarda sotsiologik, psixologik, milliy madaniy, shuningdek ichki va tashqi omillar doirasida tushunilishi, madaniyat me’yorlariga bog‘liq ravishda ularga milliy munosabat farq qilishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tamonidan olib borilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasash” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 17 sentyabrdagi 17.01/224-son ma’lumotnomasi). Natijada, funksional xoslangan atamalarning hosil bo‘lishining xususiy diskurslardagi jihatlari jinoyat diskursi misolida ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida jinoyat konseptologiyasi, unda ikki shohli tushuncha (jinoyat-yuridik va gunoh-mental) paradigmaning analogik tarkibiy tuzilishga egaliga doir natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tamonidan olib borilgan FA-F1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzusidagi amaliy ilmiy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 17 sentyabrdagi 17.01/229-son ma’lumotnomasi). Natijada, olamning lisoniy manzarasida jinoyat konseptining o‘rni va uning shakllanish jarayoni naql-matallar misolida aniqlangan;
o‘zbek tilida «gunoh», «ayb» konseptlari «jinoyat» konsepti, ingliz tilida esa «offence», «vice», «sin», «wrongdoing» mustaqil konseptlari «srime» konsepti bilan semantik universaliya sifatida «jinoyat»-«srime» konsepti ostida birlashishiga doir natijalardan O‘zbekiston Milliiy teleradiokompaniyasi “O`zbekiston” teleradiokanali DUK Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar muharririyatining “Adabiy jarayonlar”, “Jahon adabiyoti” nomli eshittirishlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2021 yil 12 iyuldagi 04-25-1163-son ma’lumotnomasi). Natijada radiotinglovchilarning jahon adabiyotida aks etgan muloqat madaniyati namunalardan bahramand bo‘lishda amaliy mezon ta’minlangan;
ingliz tilida “jinoyat” konsepti uchun aniqlik, formallik xosligi, o‘zbek tilida esa ushbu konsept uchun esa gunoh konseptual tizimi bilan tez-tez kesishish xosligiga oid materiallardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi O‘zbekiston Milliiy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar muharririyatining “Adabiy jarayonlar”, “Jahon adabiyoti” nomli eshittirishlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 27 avgustdagi 04-12-04-3930-son ma’lumotnomasi). Natijada radiotinglovchilarning jahon adabiyotida aks etgan muloqat madaniyati namunalardan bahramand bo‘lishda amaliy mezon ta’minlangan.