Karimova Madina Saydulla qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paremiologik birliklarning lingvokul`turologik aspekti”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1062.
Ilmiy rahbar: Shaxabitdinova Shoxida Hoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor; Tursunova Nodirabegim Fayzullo qizi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tilaridagi paremiyalarning dunyoni aks ettirishdagi o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paremiyalar o‘zbek va inglizlarning lisoniy dunyoqarashlarida fol`klor g‘oyalarini, tabiat va jamiyatning shakllanishi, tartibi va yashashiga doir qoidalar bo‘lgan madaniyat me’yorlarini lisoniy kodlar orqali aks ettirishi, lingvomadaniy kompetensiyaga ega bo‘lishi ushbu kodlarni to‘g‘ri interpretatsiya qilishi imkonini berishi dalillangan;
paremiyaning ingliz va o‘zbek tillarida maqol, matal, aforizm, frazema, sarlavha, shior, simvol, maksim, dastur bayoni, ramziy ibora, indeksli ibora, qanotli so‘zlar, chaqiriqlar, ijtimoiy-ilmiy formulalar va tabiiy fanlar qaydlari kabi turlarining olamning lisoniy manzarasini shakllantirish va bayon qilishdagi lingvokul`turologik jihatlari ochib berilgan;
o‘zbek va ingliz tillari tashuvchilarining paremiologik olam manzarasida gorizontal va vertikal kesimlar deyarli bir xilligi, zamonaviy manzarada uy tuzumi, oila qadriyati, mehnat shakllari hamda genderga munosabat kabi mentalital farqlar yuzaga kela boshlagani dalillangan;
aforizmlarning jamiyat tafakkurini teranlashtirishdagi ahamiyati, aforizmlarning turdosh lisoniy vositalardan uslubiy jihatdan badiiylik va mumtozlik, mental jihatdan ijtimoiy xoslanganlik, leksik jihatdan chegaralangan verbal ifodalarning mavjudligi kabi farqlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paremiologik birliklarning lingvokulturologik aspekti tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paremiyalar o‘zbek va inglizlarning lisoniy dunyoqarashlarida fol`klor g‘oyalarini, tabiat va jamiyatning shakllanishi, tartibi va yashashiga doir qoidalar bo‘lgan madaniyat me’yorlarini lisoniy kodlar orqali aks ettirishi, lingvomadaniy kompetensiyaga ega bo‘lish ushbu kodlarni to‘g‘ri interpretatsiya qilishi imkonini berishi xususidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2014-2016 yillarda olib borilgan “FA-F1-G003 Hozirgi qoraqalpoq tilida funsional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 17 sentyabrdagi 10-01/225-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq maqol va matallarining til va madaniyatning o‘ziga hos jihatlarini lingvistik tadqiqi nazariy jihatdan boyitilgan;
paremiyaning ingliz va o‘zbek tillarida maqol, matal, aforizm, frazema, sarlavha, shior, simvol, maksim, dastur bayoni, ramziy ibora, indeksli ibora, qanotli so‘zlar, chaqiriqlar, ijtimoiy-ilmiy formulalar va tabiiy fanlar qaydlari kabi turlarining olamning lisoniy manzarasini shakllantirish va bayon qilishdagi lingvokul`turologik jihatlari xususidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan “FA-F1-G0037 Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzusidagi amaliy-ilmiy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 16 avgustdagi 17-01/182-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va ingliz tilidagi naql-maqollarning jamiyat tafakkurini teranlashtirishdagi ahamiyati chog‘ishtirish yo‘li bilan ochib berishga erishilgan;
o‘zbek va ingliz tillari tashuvchilarining paremiologik olam manzarasida gorizontal va vertikal kesimlar deyarli bir xilligi, zamonaviy manzarada uy tuzumi, oila qadriyati, mehnat shakllari hamda genderga munosabat kabi mentalital farqlarga doir xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanalining “Vatan madhi”, “Diydor shirin”, “Umr so‘qmoqlari” kabi ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanalining 2021 yil 25 fevraldagi 02-10/411-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarni paremiyalar xalq milliy madaniyati, dunyoqarashining shakllanishi bilan chambarchas bog‘liqligi, mazkur millatning mentaliteti, tafakkuri, etik va estetik ongi haqida tasavvur hosil qilishi va uning qadriyatlari, urf-odatlarini avloddan-avlodga etkazishi bilan millat tafakkurining ajralmas bo‘lagi ekanligi bilan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etgan;
aforizmlarning jamiyat tafakkurini teranlashtirishdagi ahamiyati, aforizmlarning turdosh lisoniy vositalardan uslubiy jihatdan badiiylik va mumtozlik, mental jihatdan ijtimoiy xoslanganlik, leksik jihatdan chegaralangan verbal ifodalarning mavjudligi kabi farqlari to‘g‘risidagi ilmiy xulosalaridan Germaniya Federativ Respublikasi Bremen shahridagi ilmiy markazning tilshunoslikning paremiya masalasiga bag‘ishlangan yillik hisobotlarini tegishli ilmiy ma’lumotlar bilan to‘ldirishda hamda uni qayta shakllantirishda atroflicha foydalanilgan (A&Ausbildung und Arbeit Plus GmbH ilmiy tashkilotining 2021 yil 20 iyuldagi 175/25-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan xulosalar aynan hisobotning paremiya hususiyatlari hamda uning yozma va og‘zaki savodxonlikni rivojlantirish bo‘limlarini ilmiy jihatdan ochib berishga xizmat qilgan.