Najmiddinov Muxammadjon G‘ayratjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik atamalarning elektron platformasini yaratishning lingvistik asoslari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fi11363.
Ilmiy rahbar: Rustamov Dilshodbek Abduvaxidovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Mirzaxidova Muyassar Inamjanovna, filologiya fanlari doktori, professor; Egamnazarova Durdona Shuxratillaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik atamalarning elektron platformasini yaratish, uning lingvistik bazasini tuzish tamoyillarini hamda dasturiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek-ingliz-rus tillari terminologik lug‘atlarni qiyoslashda terminlarning aktualligi hamda lug‘atning foydaliligini ta’minlash uchun ularni terminologiya doirasi, lug‘atning makrokompozision parametrlari, terminologiyani taqdim etish va tartibga solish tamoyillari, ilovalarning mavjudligi, mikrokompozision xususiyatlar kabi parametrlar asosida baholash zarurligi dalillangan;
terminologik lug‘at birliklari - so‘zlik, bosh so‘z, birikma-atamaning o‘zbek-ingliz-rus tillari lingvistik terminlarining elektron platformasidagi o‘rni, lug‘atdagi bosh so‘zning turkumiy belgilari aniqlanib, ko‘p tilli elektron lug‘at yaratish metodikasi, atamalarni izohlashning leksikografik usul va vositalari ishlab chiqilgan;
o‘quv terminologik lug‘atini tuzishda atamani terminologik minimumga kiritish mezonlari sifatida mutaxassislik bo‘yicha matnlarda ushbu atamaning ishlatilish chastotasi, davriy tizim uchun uning qiymati hamda tilning ma’lum kontekstlarida atamaning dolzarbligi belgilanishi lozimligi asoslangan;
o‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik atamalar lug‘atida atamalar so‘zligini shakllantirishning mul`timedia axborot-qidiruvli usullari kompyuter lingvistikasini kiritish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik atamalarning elektron platformasini yaratishning lingvistik asoslarini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘zbek-ingliz-rus tillari terminologik lug‘atlarni qiyoslashda terminlarning aktualligi hamda lug‘atning foydaliligini ta’minlash uchun ularni terminologiya doirasi, lug‘atning makrokompozision parametrlari, terminologiyani taqdim etish va tartibga solish tamoyillari, ilovalarning mavjudligi, mikrokompozision xususiyatlar kabi parametrlar asosida baholash zarurligiga oid ilmiy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining Erazmus+ dasturi 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational Linguistics at Central Asian universities” mavzusidagi ilmiy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 26 apreldagi 1048/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy korpusni yaratish va tabiiy tilga ishlov beruvchi dastur (NLP tool)im ishlab chiqishda fonetik, morfologik, leksik, sintaktik vositalarning allomorf va izomorf xususiyatlarini ma’lumotlar bazasiga kiritish imkoniyati yaratilgan;
aniqlangan terminologik lug‘at birliklari: so‘zlik, bosh so‘z, birikma-atamaning o‘zbek-ingliz-rus tillari lingvistik terminlarining elektron platformasidagi o‘rni, lug‘atdagi bosh so‘zning turkumiy belgilari, ishlab chiqilgan ko‘p tilli elektron lug‘at yaratish metodikasi hamda tavsiflangan terminologik lug‘at maqolasining strukturasi; atamalarni izohlashning leksikografik usul va vositalaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Badiiy tarjima kengashi hisobot yig‘ilishlarida, to‘garaklar faoliyatlarida, mahorat darslarida yosh ijodkorlar bilan uchrashuvlarda foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining 2022 yil 25 fevraldagi 01-03/325-son ma’lumotnomasi). Natijada atamalar lug‘atida tavsiflashning leksikografik asoslarini adabiyot terminlari izohli lug‘atlarini yaratish uchun qo‘llash imkoniyati yaratilgan;
o‘quv terminologik lug‘atini tuzishda atamani terminologik minimumga kiritish mezonlari sifatida mutaxassislik bo‘yicha matnlarda ushbu atamaning ishlatilish chastotasi, davriy tizim uchun uning qiymati hamda tilning ma’lum kontekstlarida atamaning dolzarbligi belgilanishi lozimligi xususidagi ilmiy xulosalardan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi 574253-ERR-1-2016-DEPPKA2-CBHE-JP raqamli CLASS: “Computational Linguistics at Central Asian universities” xalqaro grant loyihasida foydalanilgan (Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining 2022 yil 1 martdagi 01-21-05/235-son ma’lumotnomasi). Natijada kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika, sotsiolingvistika, pragmalingvistikaga oid terminlarni to‘g‘ri interpretatsiya qilish imkoniyati yaratilgan.
o‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik atamalar lug‘atida atamalar so‘zligini shakllantirishning mul`timedia axborot-qidiruvli usullariga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi "O‘zbekiston" teleradiokanali DM "Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar" muharririyati tomonidan tayyorlangan "Ta’lim va taraqqiyot", "Adabiy jarayon" nomli radioeshittirishlarini tayyorlashda (2021-2022 yy.) material sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2022 yil 14 martdagi 04-36-589-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek lug‘atchiligi tarixi, va zamonaviy holati xususidagi ma’lumotlar berilib, radioeshittirishlar ssenariysi mazmunan boyitilgan.