Bobokalonov Odilshoh Ostonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Fransuz va o‘zbek tillari shifobaxsh o‘simliklar terminosistemasining lingvomadaniy va lingvokognitiv xususiyatlari», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1796.
Ilmiy rahbar: Jo‘raeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Shirinova Raima Hakimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Qodirova Fazilat Shukurovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fransuz va o‘zbek tillarida shifobaxsh o‘simliklar terminologiyasining pragmalingvistik, lingvomadaniy va lingvokognitiv xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fransuz va o‘zbek tillari shifobaxsh o‘simliklar terminosistemasining lingvokul`turologik, kommunikativ-kognitiv xususiyatlari, funksional-konseptual belgilarini chog‘ishtirish orqali tibbiy terminoleksik birliklarning til leksik tizimi va sohaviy terminosistemalarda namoyon bo‘ladigan uch xil – morfologik, sintaktik va semantik yo‘l bilan yasaluvchi universal hamda eksplisit va implisit ifoda shaklidagi differensial jihatlarini ko‘rsatuvchi chegaralari aniqlangan;
noqardosh tillar doirasida shifobaxsh o‘simliklar atamalari konseptosferasi terminoleksik, semasiologik, frazeologik birliklar doirasida ifodalanishining lug‘aviy, lingvomadaniy, lingvokognitiv jihatlarini qiyoslash natijasida ularning botanik komponentlariga nisbatan paydo bo‘luvchi motivemalarning struktur-semantik xususiyatlari dalillangan;
shifobaxsh o‘simliklar nomlari ikkala til diskursi jarayonida voqelanadigan terminologiyaning yondosh, polisemik, omonim lisoniy birliklar bilan ifodalanishi hamda shu yo‘sinda funksional-semantik kategoriya bilan uyg‘unlashuvi isbotlangan;  
fitonim, floronim qatorida lingvistik tizimga “farmakofitonim” va “shifonema” terminlarini ilmiy iste’molda shifobaxsh o‘simliklar olami majmuasini o‘zida aks ettiradigan tushuncha yo‘qligi va bu tushunchani ifodalovchi motivning mavjudlik darajasi, chastotasi aniqlanganligi sababli tibbiy-lug‘aviy atama sifatida ilmiy muomalaga kiritish zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fransuz va o‘zbek tillari shifobaxsh o‘simliklar terminosistemasining lingvomadaniy va lingvokognitiv xususiyatlarini tadqiq qilish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
noqardosh tillar doirasida shifobaxsh o‘simliklar atamalari konseptosferasi terminoleksik, semasiologik, frazeologik birliklar doirasida ifodalanishining lug‘aviy, lingvomadaniy, lingvokognitiv jihatlarini qiyoslash natijasida ularning botanik komponentlariga nisbatan paydo bo‘luvchi motivemalarning struktur-semantik xususiyatlari bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FAF1-OO5 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017-2020 yy.) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanoar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 3 dekabrdagi 17.01/294-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur lug‘atni yaratish jarayonida tabiatdagi shifobaxsh o‘simliklar terminologiyasining milliy-madaniy, pragmalingvistik va lingvokognitiv xususiyatlari, terminlarning fransuz va o‘zbek tillaridagi mushtaraklik va o‘ziga xosliklarini o‘rganish imkoniyatlari kengaygan;
shifobaxsh o‘simliklar nomlari ikkala til diskursi jarayonida voqelanadigan terminologiyaning yondosh, polisemik, omonim lisoniy birliklar bilan ifodalanishi hamda shu yo‘sinda funksional-semantik kategoriya bilan uyg‘unlashuviga daxldor xulosalar, taklif va tavsiyalaridan Buxoro davlat universitetida Evropa Komissiyasining Erasmus+dasturi doirasida amalga oshirilgan “BioEcUz – O‘zbekistonda barqaror bioiqtisodiyot bo‘yicha yangi magistratura dasturlari” loyihasi doirasida  8 ta maxsus kurs bo‘yicha xorijiy hamkorlar tomonidan taqdim etilgan ingliz va fransuz tilidagi materiallarning o‘zbek tiliga o‘girilishida, targ‘ibot materiallari ishlab chiqishda, biologik xilmaxillik, oziq-ovqat xavfsizligi, biologik ozuqa sifatida shifobaxsh o‘simlik mavusiga oid leksemalarda shifobaxsh o‘simlik terminologiyasining shakllanishida foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2021 yil 10 noyabrdagi 05-1462-son ma’lumotnomasi). Natijada soha terminlarining tizimlashtirilishi, leksikografik izohlarining takomili, o‘zlashma va baynalminal terminlarning milliy tillarda barqarorlashuv mexanizmlarini ta’minlashga erishilgan;
fitonim, floronim qatorida lingvistik tizimga “farmakofitonim” va “shifonema” terminlarini ilmiy iste’molda shifobaxsh o‘simliklar olami majmuasini o‘zida aks ettiradigan tushuncha yo‘qligi va bu tushunchani ifodalovchi motivning mavjudlik darajasi, chastotasi aniqlanganligi sababli tibbiy-lug‘aviy atama sifatida ilmiy muomalaga kiritish zarurligiga doir xulosalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘’jiza”, “Adabiy muhit”, “Jahon tamadduni durdonalari”, “Asrlarning asraganlari” teledasturlarida efirga uzatilgan ko‘rsatuvlar, shuningdek, “Muloqot va munozara”, “Qadriyatlar qadim beshigi” radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 15 fevraldagi 1/324-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukamallashtirilib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligini ta’minlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish