Mukumova Dilafruz Ziyodullaevaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Muqumova Dilafruz Ziyodullaevnaning “Kamol Xӯjandiyning XY-XYI asrlar g‘azalnavis shoirlariga ta’siri”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (tojik adabiyoti) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1055.
Ilmiy rahbar: Hamroev Jumaqul, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz  davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Yusupova Dilnavoz Rahmonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Nurov Nurali Norovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Kamol Xo‘jandiyning XV-XVI asrlarda Movarounnahr adabiy muhiti shoirlari, jumladan, Ismat Buxoriy, Xayoliy Buxoriy, Bisotiy, Riyoziy Samarqandiy, Mushfiqiy, Saqqo Buxoriy, Mutribiy, Vosifiy ijodiga ta’siri hamda ularning ushbu adabiy muhit rivojiga qo‘shgan badiiy-estetik hissasini qiyosiy-tarixiy, biografik-tahliliy ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XV-XVI asrlarda Movarounnahr adabiy muhitidagi g‘azal janri takomili, qofiya va radif, vazn, baytlar tuzilishi kabi shakliy, orifona, oshiqona, rindona g‘azallarining mazmuniy xususiyatlari ochib berilgan;
Kamol Xo‘jandiyning fors-tojik she’riyatidagi ijodiy maktabi, individual uslubining kitobiylikdan xalqonalikka o‘tishdagi ifoda tarzi, obraz yaratish mahorati, asarlarining arabcha so‘z va izofali birikmalardan xoliligi kabilarning Samarqand va Buxoro adabiy muhitida davom ettirilganligi aniqlangan;
Kamol Xo‘jandiyning g‘azal baytlarini tizimlashtirish orqali har bir baytda mustaqil ma’no berish, g‘oyaviy-badiiy jihatdan mukammal tashbeh, talmeh, tazod, tajohuli orifona kabi badiiy tasviriy vositalardan foydalanishdagi individualligi hamda sodda va murakkab radiflar yaratishda mahoratli ekanligi isbotlangan;
fors-tojik adabiyotidagi Xoja Ismat Buxoriy, Xayoliy Buxoriy, Barandaq Buxoriy, Rustam Xuriyoniy, Ali Astrobodiy  kabi  shoirlar ijodidagi nazira, tatabbu’ va javobiya yozish an’anasi hamda ularning g‘azal, ruboiy, qasida, qit’a va fard singari mumtoz janrlar poetikasiga badiiy-estetik jihatdan ta’sir ko‘rsatganligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kamol Xo‘jandiy ijodining XV-XVI asrlardagi Movarounnahr adabiy muhiti shoirlariga ta’siri masalasini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
XV-XVI asrlarda Movarounnahr adabiy muhitidagi g‘azal janri takomili, qofiya va radif, vazn, baytlar tuzilishi kabi shakliy, orifona, oshiqona, rindona g‘azallarining mazmuniy xususiyatlari hamda Kamol Xo‘jandiyning fors-tojik she’riyatidagi ijodiy maktabi, individual uslubining kitobiylikdan xalqonalikka o‘tishdagi ifoda tarzi, obraz yaratish mahorati, asarlarining arabcha so‘z va izofali birikmalardan xoliligi kabilarning Samarqand va Buxoro adabiy muhitida davom ettirilganligi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida  bajarilgan FA-F1-G002 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasining adabiy tur va janrlar qismida (asosan e’lon qilingan maqola va tezislaridan) foydalanilgan (O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2020 yil 17  avgustdagi 17.01/147-son ma’lumotnomasi). Natijada shu paytggacha bizga noma’lum shoirlar ijodi haqidagi ma’lumotlar ilk bor ilmiy muomalaga kiritildi, Kamol Xo‘jandiyning nafaqat fors-tojik shoirlariga, balki Sharq adabiyotidagi ko‘plab boshqa shoirlarga ustozligi borasidagi ilmiy nazariy qarashlar yanada mustahkamlandi;
fors-tojik adabiyotidagi Xoja Ismat Buxoriy, Xayoliy Buxoriy, Barandaq Buxoriy, Rustam Xuriyoniy, Ali Astrobodiy  kabi  shoirlar ijodidagi nazira, tatabbu’ va javobiya yozish an’anasi hamda ularning g‘azal, ruboiy, qasida, qit’a va fard singari mumtoz janrlar poetikasiga badiiy-estetik jihatdan ta’sir ko‘rsatganligi 2019 va 2020 yillarda e’lon qilingan maqola va tezislardan OT-F1-77-“O‘zbek adabiyoti durdonalari” 100 jildligini nashrga tayyorlash” fundamental loyihasining an’ana va novatorlik qismida foydalanilgan (O‘zRFA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti 2021 yil 28 maydagi 87-son ma’lumotnomasi). Natijada, Sharq adabiyotining badiiy uslubga aloqador masalalari, Kamol Xo‘jandiydan ta’sirlangan Movarounnahrlik shoirlar, fors-tojik va o‘zbek adabiy aloqalari haqidagi ilmiy-nazariy qarashlar yanada to‘laqonli bo‘lishiga erishilgan;
Kamol Xo‘jandiyning g‘azal baytlarini tizimlashtirish orqali har bir baytda mustaqil ma’no berish, g‘oyaviy-badiiy jihatdan mukammal tashbeh, talmeh, tazod, tajohuli orifona kabi badiiy tasviriy vositalardan foydalanishdagi individualligi hamda sodda va murakkab  radiflar yaratishda mahoratli ekanligi asosida chiqarilgan xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali “Bedorlik”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” kabi eshittirishlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan  (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 28 maydagi 01-13-854-son ma’lumotnoma). Natijada, ko‘rsatuv va radioeshittirishlarni ma’naviy-ma’rifiy jihatdan boyitishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish