Qurbonalieva Maxfirat Sa’dulloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Qurbonalieva Maxfirat Sa’dulloevnaning “Mutribiy Samarqandiyning “Tazkirat ush-shuaro” asari va uning adabiy ahamiyati”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (tojik tili va adabiyoti) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2019.4.PhD/Fil1054.
Ilmiy rahbar: Abdulloev Ramazon Jumaqulovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Erkinov Aftondil Sadirxanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xodjaeva Matluba Mirzoyunusovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Movarounnahr fors-tojik adabiyotiga oid tazkiranavislik an’anasini hamda “Tazkirat ush-shuaro” asarining qiyosiy-tarixiy va g‘oyaviy-semantik, adabiy-ilmiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Tazkirat ush-shuaro” asaridagi qismlarning joylashuvi, lirik chekinish, xotima kabi kompozision an’analar va bayon etish uslubidagi xalqchillik, ijtimoiylashuv, etnografik tasvir kabi novatorlik xususiyatlari ochib berilgan;
Mutribiy Samarqandiy tazkiralaridagi avtobiografik qaydlar, ijodiy merosining tarixiy, badiiy va memuar mavzulari ko‘lamining originalligi hamda zamondoshlarining xotira asarlaridagi xolisona baho berish, tizimlilik, davr ruhiyatining aks etishi kabi jihatlar dalillangan;
“Tazkirat ush-shuaro” asarining XVI-XVII asrlar tazkirachiligi rivojida muhim o‘rin tutganligi, Samarqand adabiy muhiti haqidagi faktik ma’lumotlar, muallifning boburiy hukmdor Jahongirshoh bilan o‘zaro munosabati, o‘zbek-tojik adabiy aloqalari rivojiga qo‘shgan badiiy-estetik ta’siri asoslangan;
“Tazkirat ush-shuaro”, “Nusxai zeboi Jahongir” tazkiralaridagi badiiy va ilmiy asarlari muallifining, ilmi qofiya, ilmi aruz va ilmi bade’ singari she’rshunoslikka doir mahorati, shoirlarning taxallus va nisba tanlash tamoyillari, adabiy jarayondagi shoirlik maqomi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Mutribiy Samarqandiy “Tazkirat ush-shuaro” asarining adabiy ahamiyati” masalasini tadqiq etishda olingan ilmiy natijalar asosida:
Mutribiy Samarqandiy tazkiralaridagi avtobiografik qaydlar, ijodiy merosining tarixiy, badiiy va memuar mavzulari ko‘lamining originalligi hamda zamondoshlarining xotira asarlaridagi xolisona baho berish, tizimlilik, davr ruhiyatining aks etishi kabi jihatlardan foydalanganligi bilan bog‘liq tahliliy materiallar 2012-2016 yillarda bajarilgan F1-FA-0-43429, FA-F1-G002 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihaning adabiy janrlar qismini bajarishda foydalanilgan (O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2020 yil 19 avgustdagi 17.01/150- son ma’lumotnomasi). Natijada “Tazkirat ush-shuaro”ning o‘ziga xosligini ta’minlagan xalqonalik, muallifning nasriy saj’ uslubidan foydalanish mahorati, asar tilining o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan;
“Tazkirat ush-shuaro” asarining XVI-XVII asrlar tazkirachiligi rivojida muhim o‘rin tutganligi, Samarqand adabiy muhiti haqidagi faktik ma’lumotlar, muallifning boburiy hukmdor Jahongirshoh bilan o‘zaro munosabati, o‘zbek-tojik adabiy aloqalari rivojiga qo‘shgan badiiy-estetik ta’siri hamda “Tazkirat ush-shuaro” asaridagi qismlarning joylashuvi, lirik chekinish, xotima kabi kompozision an’analar va bayon etish uslubidagi xalqchillik, ijtimoiylashuv, etnografik tasvir kabi novatorlik xususiyatlaridan OT- F1-77- “O‘zbek adabiyoti durdonalari” 100 jildligini nashrga tayyorlash” nomli fundamental loyihaning shoirlar va adabiy maktablar qismida foydalanilgan (O‘ZR FA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutining 2021 yil 28 maydagi 88-son ma’lumotnomasi). Natijada nomlari unchalik mashhur bo‘lmagan, shuningdek, Hind va Markaziy Osiyo adabiyotini bog‘lab turuvchi, Hindistonda yashab ijod qilgan adiblar haqidagi yangi ma’lumotlar ilmiy muomalaga kiritilgan;
“Tazkirat ush-shuaro”, “Nusxai zeboi Jahongir” tazkiralaridagi badiiy va ilmiy asarlari muallifining, ilmi qofiya, ilmi aruz va ilmi bade’ singari she’rshunoslikka doir mahorati, shoirlarning taxallus va nisba tanlash tamoyillari, adabiy jarayondagi shoirlik maqomi xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali “Bedorlik”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” kabi eshittirishlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 28 maydagi 01-13-854-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv va radioeshittirishlarni ma’naviy-ma’rifiy jihatdan boyitishga erishilgan.