Oqilov Saidmuxtor Saydakbarovichning
tarix fanlari doktori (DSs) ilmiy darajasi dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “IX-XII asrlarda Movarounnahrda Moturidiya ta’limotining paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi”, 24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Tar38.
Ilmiy maslahatchi: Uvatov Ubaydulla Murodovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.IsI/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Ashirbek Kurbanovich, tarix fanlari doktori, professor; Buriev Amanilla, tarix fanlari doktori; Turaev Baxtiyor Omonovich falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: IX-XII asrlarda Movarounnahrda Moturidiya ta’limotining vujudga kelishi va rivojlanish tarixini, bugungi kundagi ahamiyatini ochib berish hamda uning Movarounnahrda aqidaviy qarashlarning bir tizimga solinishidagi o‘rnini isbotlab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
X asr birinchi yarmida Movarounnahrda Abu Mansur al-Moturidiy “Kitob at-tavhid” asarida aqidaviy masalalar echimida naqldan (الآية والحديث) ko‘ra aqlni (العقل) qat’iy dalil (الدليل القطعي) sifatida e’tirof etgani sababidan Hanafiya aqidasining kalom ilmi bilan differensiatsiyalashuvi sodir bo‘lgani va buning natijasida o‘lkada ortodoksal kalom ilmi rivojlangani ochib berilgan;
Abu Said ar-Rustug‘foniy Imom Moturidiyning ayrim shogirdlari hashamdor kiyim hamda viqor bilan yurishga odatlanganiga nisbatan ba’zi olimlar tomonidan bildirilgan tanqidlar sababli o‘zining “Favoid” asarida: “Agar Alloh o‘z bandasiga ne’mat (boylik) bergan bo‘lsa, o‘sha ne’mat alomatini (go‘zal kiyim) uning ustida ko‘rishni yaxshi ko‘radi” (إن الله إذا أنعم على عبده نعمة يحب أن يرى أثرَ نعمته عليه), mazmunidagi hadis orqali musulmonning go‘zal kiyim bilan ziynatlanib yurishi kerakligini targ‘ib qilgani ochib berilgan;
Abul Muin an-Nasafiy “Bahr al-kalom” (بحر الكلام) asarida aqidaviy masalalar bilan bir qatorda, sabr-qanoat, halol kasb egallash, odob-axloq fazilatlari hamda boqimandalik, ziqnalik kabi illatlarni yomonlash orqali moturidiylikka oid asarlar silsilasiga ilk bora didaktik uslubni olib kirgani isbotlangan;
XI asr boshi hamda XII asr oxirida Abul Muin an-Nasafiyning “Tabsirat al-adilla” asarini yozishidan asosiy maqsadi, avvalo Moturidiya ta’limotini Movarounnahrga kirib kelgan ash’ariya olimlaridan himoya qilish, Abu Mansur al-Moturidiyning “Kitob at-tavhid” asaridagi murakkab jumlalarni ommabop va tushunarli uslubda sharhlashdan iborat bo‘lgani, natijada Moturidiya ta’limotining mustaqil ta’limot sifatida tan olinishida asosiy hissani qo‘shgani dalillangan;
Abbosiy Xalifa ar-Roziy davrida Bag‘dodda hech bir olim echa olmagan va aynan Abu Mansur al-Moturidiy aniq javob bilan ochib bergan noma’lum shar’iy masala din va siyosat (الديانة والإمامة) mavzusiga oid bo‘lgani “Tabsirat al-adilla” asarida kelgan Imom Moturidiyning o‘z davrida Abbosiylar saltanatida “imomat” (rahbarlik) masalasida yuzaga kelgan ixtiloflarni: “Din payg‘ambarlar qo‘lida, siyosat esa amir va podshohlar qo‘lida” (الديانة في ايدي الأنبياء والسياسة في ايدي الملوك), deb echim topgan so‘zlari orqali isbotlangan;
XI asr oxirida Movarounnahrda Moturidiya ta’limotining birmuncha zaiflashganiga asosiy sabablardan birinchisi: mintaqadagi moturidiy allomalarining asl manbalari sanalgan Imom Moturidiy asarlarini tushunish va talqin qilishdagi murakkabliklar bo‘lsa, ikkinchisi: hukmronlik doirasi ta’siri ortib borayotgan Saljuqiylar homiyligida bo‘lgan ash’ariylarning mintaqaga kirib kela boshlashi ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘rta asrlarda Movarounnahrda Moturidiya ta’limotining shakllanish tarixi va ushbu ta’limotga oid nodir manbalarni tadqiq etish natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
X asr birinchi yarmida Movarounnahrda Abu Mansur al-Moturidiy “Kitob at-tavhid” asarida ilk bor aqidaviy masalalar echimida aqldan (العقل) naqlga (الآية والحديث) nisbatan qat’iy dalil (الدليل القطعي) sifatida foydalangani sababidan Hanafiya aqidasining kalom ilmi bilan differensiatsiyalashuvi sodir bulgani va buning natijasida o‘lkada ortodoksal kalom ilmi rivojlangani ochib berilgani xususidagi ilmiy xulosalar Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan buyurtma asosida yozilgan “Imom Moturidiy” nomli kitob mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi qoshidagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 22.05.2021 yildagi 01/187-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ilmiy xulosalarning qo‘llanilishi talabalarda Moturidiya ta’limotining mazmun-mohiyati, rivojlanish tarixi hamda bugungi kundagi ahamiyati haqida tasavvur hosil qilishga xizmat qilgan;
Abu Said ar-Rustug‘foniy Imom Moturidiyning ayrim shogirdlari hashamdor kiyim hamda viqor bilan yurishga odatlanganiga nisbatan ba’zi olimlar tomonidan bildirilgan tanqidlar sababli o‘zining “Favoid” asarida: “Agar Alloh o‘z bandasiga ne’mat (boylik) bergan bo‘lsa, o‘sha ne’mat alomatini (go‘zal kiyim) uning ustida ko‘rishni yaxshi ko‘radi” (إن الله إذا أنعم على عبده نعمة يحب أن يرى أثرَ نعمته عليه), mazmunidagi hadis orqali musulmonning go‘zal kiyim bilan ziynatlanib yurishi kerakligini targ‘ib qilgani ochib berilgani xususidagi ilmiy xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita buyurtmasi asosida tayyorlangan “Kalom” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2022 yil 20 apreldagi yildagi 02-03/3027-sonli dalolatnomasi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-sonli buyrug‘i). Natijada, ushbu ilmiy xulosalarning qo‘llanilishi kalom ilmi tarixi, uning asl mazmun-mohiyati, kalom ilmida ahli sunna val jamoaning ahamiyatini terang anglash uchun xizmat qilgan;
Abul Muin an-Nasafiy “Bahr al-kalom” (بحر الكلام) asarida aqidaviy masalalar bilan bir qatorda, sabr-qanoat, halol kasb egallash, odob-axloq fazilatlari hamda boqimandalik, ziqnalik kabi illatlarni yomonlash orqali moturidiylikka oid asarlar silsilasiga ilk bora didaktik uslubni olib kirgani isbotlangani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar buyurtma asosida nashr etilgan “Moturidiya ta’limoti tarixi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 06 oktyabrdagi 522-sonli buyrug‘i). Natijada talabalarning kalom ilmi tarixi, manbalari va Moturidiya ta’limoti mutakallimlari ilmiy meroslariga oid yangi ma’lumotlarni o‘zlashtirishlariga xizmat qilgan;
XI asr boshi hamda XII asr oxirida Abul Muin an-Nasafiyning “Tabsirat al-adilla” asarini yozishidan asosiy maqsadi, avvalo Moturidiya ta’limotini Movarounnahrga kirib kelgan ash’ariya olimlaridan himoya qilish, Abu Mansur al-Moturidiyning “Kitob at-tavhid” asaridagi murakkab jumlalarni ommabop va tushunarli uslubda sharhlashdan iborat bo‘lgani, natijada Moturidiya ta’limotining mustaqil ta’limot sifatida tan olinishida asosiy hissani qo‘shgani dalillangani xususidagi ilmiy xulosalardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan buyurtma asosida chop etilgan “Samarqandlik allomalar”, “Movarounnahrda Moturidiya kalom ilmi maktabi” kitoblari mazmuniga singdirilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 04.05.2021 yildagi 02/148-sonli dalolatnomasi). Natijada keng jamoatchilik hamda ilmiy tadqiqotchilarning Abul Muin Nasafiyning Moturidiya ta’limoti rivojidagi o‘rni haqidagi bilimlarini boyitishga xizmat qilgan;
Abbosiy Xalifa ar-Roziy davrida Bag‘dodda hech bir olim echa olmagan va aynan Abu Mansur al-Moturidiy aniq javob bilan ochib bergan noma’lum shar’iy masala din va siyosat (الديانة والإمامة) mavzusiga oid bo‘lgani “Tabsirat al-adilla” asarida kelgan Imom Moturidiyning o‘z davrida Abbosiylar saltanatida “imomat” (rahbarlik) masalasida yuzaga kelgan ixtiloflarni: “Din payg‘ambarlar qo‘lida, siyosat esa amir va podshohlar qo‘lida” (الديانة في ايدي الأنبياء والسياسة في ايدي الملوك), deb echim topgan so‘zlari orqali isbotlangani xususidagi ilmiy xulosalardan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan buyurtma asosida chop etilgan “Moturidiya ta’limoti va Abul Muin Nasafiy ilmiy merosi” nomli kitob mazmuniga singdirilgan (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 04.05.2021 yildagi 01-07/83-sonli dalolatnomasi). Natijada ilmiy jamoatchilik va tadqiqotchilarning Imom Moturidiy qarashlarining yoyilishi va uning e’tirof etilishi borasidagi tasavvurlari kengayishiga xizmat qilgan;
XI asr oxirida Movarounnahrda Moturidiya ta’limotining birmuncha zaiflashganiga asosiy sabablardan birinchisi: mintaqadagi moturidiy allomalarining asl manbalari sanalgan Imom Moturidiy asarlarini tushunish va talqin qilishdagi murakkabliklar bo‘lsa, ikkinchisi: hukmronlik doirasi ta’siri ortib borayotgan Saljuqiylar homiyligida bo‘lgan ash’ariylarning mintaqaga kirib kela boshlashi ekanligi aniqlangani xususidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” telekanalining “Hidoyat sari”, “O‘zbekiston – buyuk allomalar yurti”, “Mahalla” telekanalida “Ajdodlar ibrati” tizimli ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 10.05.2021 yildagi 02-13-714-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tomoshabinlarning Abu Mansur al-Moturidiy ilmiy merosi, Moturidiya ta’limotining asl mazmun-mohiyati, globallashuv davrida Moturidiya mutakallimlari ilmiy merosini chuqur o‘rganishning ahamiyatini anglab etishlariga xizmat qilgan.